Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
Amaliy qism
Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18-DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan. 2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish. 25 Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show mac-address-table buyrug`i qoʻllaniladi (2.3-rasm). 2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi. Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish. Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish – bu ko`pchilik administratorlar foydalanadigan, tarmoqni ruxsatsiz kirishdan himoya qilishda oddiy usullardan biri. Masalan, agar Catalyst 2960 kommutatori 24 ta portga ega va unda 3 ta FastEthernet portlari ishlatilayotgan bo`lsa, qolgan 21 ta ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun har bir ishlatilmayotgan portga alohida kiritiladi va o`chirib qo`yish buyrug`i beriladi: Cisco IOSda shutdown Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 Sw1(config-if-range)#shutdown Agar keyinchalik portlarni yana ishga tushurish kerak bo`lsa, no shutdown buyrug`idan foydalaniladi: Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 Sw1(config-if-range)#no shutdown Cisco kommutatorlarida Port-security Port-securityni sozlash. Port-security interfeysni sozlash kommutatorning port rejimlar orqali amalga oshiriladi. Ko`pchilik Cisco kommutatorlarida portlar odatda dynamic auto rejimida turadi, ushbu rejim port-security funksiyasiga to`g`ri kelmaydi. Shuning uchun interfeysni trunk yoki access rejimiga o`tkazish kerak: 26 switch(config-if)# switchport mode Interfeysda port securityni ishga tushurish: switch(config-if)# switchport port-security Xavfsiz MAC-manzillarni sozlash. Manzillarni dinamik saqlash (sticky) buyrug`i orqali ishga tushurish: switch(config-if)# switchport port-security mac-address sticky Agar manzillarni statik tarzda kiritish kerak bo`lsa sticky buyrug`i o`rniga manzillar yoziladi: switch (config) # interface ethernet 0/1 switch (config-if) # switchport port-security mac-адрес 0050.3e8d.6400 Xavfsiz MAC-manzillarning maksimal soni. switchport port- security maximum N – bu bir vaqtda N sonli MAC-manzillar interfeysda ishlashini anglatadi. Masalan: switch(config)# interface Fastethernet0/3 switch(config-if)# switchport mode access switch(config-if)# switchport port-security maximum 3 switch(config-if)# switchport port-security Xavfsizlik buzilishiga javob berish (реагирование) rejimini sozlash Xavfsizlik buzilishiga javob berishning uchta usuli mavjud: switch(config-if)# switchport port-security violation shutdown> switchport port-security violation restrict – buzilishga javob berish rjimini ko`rsatish. Bunda, agar interfeysda uchinchi notanish MAC-manzil paydo bo`lsa, undan keluvchi barcha paketlar qabul 27 qilinmaydi. Undan tashqari syslog, SNMP trap, violetion counter ka`bi jurnallashtiruvchilarga xabar jo`natiladi. switchport port-security violation shutdown - buzilish aniqlanganda interfeysni error-disabled holatiga o`tkazadi va o`chiradi. Undan tashqari syslog, SNMP trap, violetion counter ka`bi jurnallashtiruvchilarga xabar jo`natiladi. Ushbu holatdan chiqarish uchun shutdown va no shutdown buyruqlaridan foydalaniladi. Agar interfeysga switchport port-security violation protect buyrug`i kiritilgan bo`lsa, unda notanish MAC-manzil paketlari qabul qilinmaydi va xech qanday xabar yaratilmaydi, hamda port shutdown holatiga o`tmaydi. Ushbu usullardan switchport port-security violation restrict ko`pchilik hollarda tavsiya etiladi. MAC-manzillar jadvalini tozalash.Boshqa qurilmalar ulanishi uchun MAC-manzillar jadvalini tozalash: switch# clear port-security [all|configured|dynamic|sticky] [address switch #clear port-security all switch #clear port-security configured switch #clear port-security dynamic switch #clear port-security sticky Port-security sozlanishlari haqidagi ma’lumotlarni ko`rish switch# show port-security switch# show port-security interface fa0/3 switch# show port-security address Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling