Laboratoriya ishi Temirbeton ustunni (tayanch) nomarkaziy siqilishga sinash (2-soat). Tajribaning maqsad va vazifalari


Download 192.73 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi192.73 Kb.
#1452489
Bog'liq
Laboratoriya ishi 7


Laboratoriya ishi-7. Temirbeton ustunni (tayanch) nomarkaziy siqilishga sinash (2-soat).
Tajribaning maqsad va vazifalari
Ishning maqsadi birinchi holat bо‘yicha sindiriladigan ya’ni bо‘ylama kuchga nisbatan katta ekssentirsitet bilan ta’sir etgan holatda nomarkaziy siqiluvchi temirbeton ustunni kuchlanish-deformatsiya holatini tadqiq etishdir.
Tajribani о‘tkazish tartibi
1.Betonning siqiluvchi va chо‘ziluvchi sohalaridagi deformatsiyalarini о‘rganish, sinovdan sо‘ng betonning deformatsiya grafiklarini qurish;
2.Yoriqlarning (hisobiy) hosil bо‘lishini, rivojlanishini va sinash tavsifini о‘rganish, sinovdan sо‘ng sinash sxemasi kо‘rsatilgan yoriqlar xaritasini tuzish;
3.Ustunning hisobiy (nazariy) yuk kо‘taruvchanligini topish va uni tajribaviy qiymati bilan solishtirish;
4.Olingan tajribani natijalarni ehtimollik nuqtai - nazaridan baholash.
Ustunning geometrik о‘lchamlari va armaturalanishi
Ustunning geometrik о‘lchamlari va armaturalanishi chizmada kо‘rsatilgan:

Namunaning ko‘ndalang armaturalari

Yuklanishning dastlabki bosqichlardagi ustun kesimlarida hosil bo‘luvchi ichki zo‘riqishlar

Namunaning buzilishi
Sinash
Sinalayotgan ustunga yuk, kutilayotgan sindiruvchi zо‘riqishning 5-10% dan katta bо‘lmagan miqdorlarda, bir nechta bosqichlarda ta’sir ettiriladi.
Yuklashning har bir bosqichidan sо‘ng ustunga о‘rnatilgan asboblardan sanoq olinadi va jadvalga yoziladi.
Iskanja (press) kо‘rsatkichidan har bir bosqichdagi siquvchi kuchning miqdori aniqlanadi.
T-1 va T-2 tenzometrlar yordamida betondagi nisbiy chо‘zilish deformatsiyalarai о‘lchanadi va chо‘ziluvchi qism betonida yoriqlar hosil bо‘lish vaqti aniqlanadi.
T-3 tenzometri bо‘yicha siqiluvchi qism betonning deformatsiyasi topiladi.
Sо‘ngra о‘lchangan deformatsiyalar bо‘yicha siqiluvchi va chо‘ziluvchi beton deformatsiyalari grafiklari quriladi. Sinash jarayonida ustunning avvaldan oqlangan yon tomondan, hosil bо‘lgan yoriqlar ustidan qadam bilan chiziladi, uzunligi belgilanadi va yoriqqa tо‘g‘ri keluvchi bosqich tartib raqami yoziladi.
Sinashdan sо‘ng yoriqlar xaritasi tuziladi va shu xaritada ustunning sinash xarakteri kо‘rsatiladi.
Ish yuzasidan hisobot tuzish tartibi
Hisobotda:

  • tajribaning maqsad va vazifalari;

  • nazariy hisoblar;

  • ishni о‘tkazish tartibi;

  • namuna haqida ma’lumotlar;

  • sinash о‘tkazish tartibi va olingan natijalar;

Хulosa qismida: elementdagi yoriqlar xaritasi va buzilish xarakteri tahlili – keltirilishi kerak.
Download 192.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling