Laboratoriya ishi
Download 289.23 Kb.
|
3 - laboratoriya ishi e4e13bd72d9cdf6b2957e3c1eddb41c8
laboratoriya ishiMavzu: DES simmetrik kriptotizimi dasturiy modulini ishlab chiqish Ishdan maqsad: DES simmetrik shifrlash algoritmining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish orqali xavfsizlik tahlilini amalga oshirish. DES standart shifrlash algoritmi Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) “Milliy Standartlar Byurosi” tomonidan 1977 yilda e’lon qilingan. 1980 yilda AQSHning “Standartlar va Texnologiyalar Milliy Instituti” bu algoritmni davlat va savdo-sotiq moliyasi sohasidagi maxfiy bo’lmagan, ammo muhim bo’lgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan jismoniy va yuridik shaxslardan muhofaza qilinishida shifrlash algoritmi sifatida qo’llash standarti deb qabul qildi. DES algoritmida: dastlabki 56 bitli kalitdan raund kalitlarini hosil qilishning murakkab emasligi, raund asosiy akslantirishlarining apparat-texnik va dasturiy ta’minot ko’rinishlarida qo’llanilishini ta’minlashning qulayligi hamda ular kriptografik xossalarining samaradorligi – kriptobardoshliligining yuqoriligi, bu algoritmning asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Shifrlash jarayoni 64 bitli ochiq ma’lumot bloklarini algoritmda berilgan IP –jadval bo’yicha o’rin almashtirish, uning natijasini dastlabki 56 bitli kalitdan algoritmda keltirilgan jadvallar bilan bitlarning o’rinlarini almashtirish, siklik surish va ba’zi bitlarni yo’qotish akslantirishlaridan foydalanib hosil qilinadigan 48 bitli raund kalitlari hamda asosiy akslantirishlari bilan 16 marta shifrlash, shifrlash natijasi bloki bitlarini berilgan IP-1 –jadval bo’yicha o’rinlarini almashtirishdan iborat (3.1- rasm). 3.1- rasm. DES algoritmining 1 - raundi DES shifrlash algoritmida foydalanilgan muhim xavfsizlik xususiyatlaridan biri bu S – jadvaldir. Bu jadvalda kiruvchi qiymat 6 bitni tashkil etib, chiqishda 4 bitga o’zgaradi. DES algoritmi sodda kriptografik o’zgartirishlardan iborat bo’lib, shifrlashda va deshifrlashda katta tezlikga ega. DES algoritmida foydalanilgan E kengaytirish jadvali Download 289.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling