4- mavzu. Simmetrik kriptografik algoritmlar Reja


Download 253.05 Kb.
bet1/3
Sana11.10.2023
Hajmi253.05 Kb.
#1698226
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu

4- mavzu. Simmetrik kriptografik algoritmlar


Reja:


  1. Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari

Blokli simmetrik shifrlash algoritmlari



Simmetrik shifrlash algoritmlarida ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlashda yagona kalitdan foydalaniladi. Ular ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash jarayonlarini amalga oshirish tartibi bilan farq qilib, foydalanilayotgan tizim xususiyatidan kelib chiqqan holda tanlanadi.


Simmetrik kriptotizimlarning ishlashi bilan tanishishda quyidagi belgilanishlarni aniqlab olamiz:

    • ochiq matn 𝑃𝑃 ni simmetrik kalit 𝐾𝐾 bilan shifrlash: 𝐶𝐶 = 𝐿𝐿(𝑃𝑃, 𝐾𝐾);

    • shifrmatn 𝐶𝐶 ni simmetrik kalit 𝐾𝐾 bilan deshifrlash: 𝑀𝑀 = 𝑀𝑀(𝐶𝐶, 𝐾𝐾).

Bu yerda, 𝐿𝐿() va 𝑀𝑀() lar mos ravishda simmetrik kriptotizimdagi shifrlash va deshifrlash funksiyalari.


Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari


Oqimli simmetrik shifrlash algoritmi bir martali bloknotga asoslangan bo’lib, undan farqli jihati – bardoshligi yetarlicha past va boshqariladigan kalitga asoslanishi. Ya’ni, kichik uzunlikdagi kalitdan ochiq matn uzunligiga teng bo’lgan ketma-ketlik hosil qilinadi va bir martali bloknot sifatida foydalaniladi.


Oqimli shifr 𝑛𝑛 bitli kalit 𝐾𝐾 ni qabul qiladi va ochiq matnni uzunligiga teng bo’lgan ketma − ketlik 𝑆𝑆 ga uzaytiradi. Ketma – ketlik 𝑆𝑆 esa ochiq matn 𝑃𝑃 bilan
𝑋𝑋𝑋𝑋𝑋𝑋 amalida bajariladi va shifrmatn 𝐶𝐶 hosil qilinadi. Bu o’rinda ketma-ketlikni qo’shish bir martali bloknotni qo’shish kabi bir xil bo’ladi.
Oqimli shifrni quyidagicha sodda ko’rinishda yozish mumkin:

𝑆𝑆𝑆𝑆𝑆𝑆𝑒𝑒𝑎𝑎𝑆𝑆𝐶𝐶𝑆𝑆𝑆𝑆ℎ𝑒𝑒𝑆𝑆(𝐾𝐾) = 𝑆𝑆


Bu yerda 𝐾𝐾 kalit, 𝑆𝑆 esa natijaviy ketma-ketlik. Shuni esda saqlash zarurki, bu yerda ketma-ketlik shifrmatn emas, balki bir martali bloknotga o’xshash oddiy qator. Agar berilgan ketma-ketlik 𝑆𝑆 = 𝑠𝑠0, 𝑠𝑠1, 𝑠𝑠2, …, va ochiq matn 𝑃𝑃 = 𝑆𝑆0, 𝑆𝑆1, 𝑆𝑆2, …,


berilgan bo’lsa, mos bitlarni XOR amali orqali shifrmatn bitlari 𝐶𝐶 = 𝑎𝑎0, 𝑎𝑎1, 𝑎𝑎2, …, ni
quyidagicha hosil qilish mumkin.

𝑎𝑎0 = 𝑆𝑆0⨁𝑠𝑠0, 𝑎𝑎1 = 𝑆𝑆1⨁𝑠𝑠1, 𝑎𝑎2 = 𝑆𝑆2⨁𝑠𝑠2 , …


Shifrmatn 𝐶𝐶 ni deshifrlash uchun, yana ketma-ketlik 𝑆𝑆 dan foydalaniladi:

𝑆𝑆0 = 𝑎𝑎0⨁𝑠𝑠0, 𝑆𝑆1 = 𝑎𝑎1⨁𝑠𝑠1, 𝑆𝑆2 = 𝑎𝑎2⨁𝑠𝑠2 , …


Yuboruvchi va qabul qiluvchini bir xil oqimli shifrlash algoritmi va kalit 𝐾𝐾 bilan ta’minlash orqali, ikkala tomonda bir xil ketma-ketliklarni hosil qilish mumkin. Biroq, natijaviy shifr kafolatli xavfsizlikka ega bo’lmaydi va bunda asosiy e’tibor amaliy tomondan qo’llashga qaratiladi.

Download 253.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling