1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algoritmlari yaratish usullari


Download 216.67 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi216.67 Kb.
#1048714
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori


Xolto’rayev D

Nosimmetrik shifrlash algoritmlari va ularning kriptografiya masalalarini yechishda qo'llanilishi.
Reja:
1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari
2. Assimetrik shifrlash algoritmlari yaratish usullari
3. Assimetrik shifrlash usullarini axborotni himoyalashda foydalanish


Nosimetrik shifrlash algoritmlari
Axborotning kriptografik himoyasi
Hozirgi kunda axborot hajmini, qiymatini ortishi natijasida, ularni himoyalash muammosi kengayib boradi. Axborotning ko‘plab himoya usullari mavjud bo‘lib, ular ichida kriptografiya o‘zining bardoshligi va ishonchligi bilan ajralib turadi.
Kriptologiya fani o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan, kriptografiya va kriptoanaliz sohalaridan iborat. Kriptografiya yangi algoritlarni yaratish ishlari bilan shug‘ullansa, kriptoanaliz ushbu yaratilgan algoritmni qanchalik darajaga bardoshli ekanligi tekshiradi [3].
Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi qismlardan iborat (1.1-rasm):

1.1-rasm. Kriptografiyaning qismlari


Simmetrik shifrlash tizimlari asosan ma’lumotni maxfiyligini ta’minlashda foydalanilib, ular ma’lumotni shifrlashda yuqori tezlikga ega. Simmetrik shifrlash usullari ochiq ma’lumotdan foydalanish tartibiga ko‘ra oqimli va blokli turlarga ajratiladi. Ushbu tizimlar ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash uchun aynan bir kalitdan foydalanganligi natijasida ularda kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud.
Assimetrik shirflash tizimlari o‘zida simmetrik shifrlash usullarida mavjud muammolarni bartaraf etgan (ma’lumotlarni shifrlashda va deshifrlashda alohida kalitlardan foydalanadi).
Elektron raqamli imzo tizimlari ma’lumotni butunligini va autentifikatsiyasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, assimetrik kriptotizimlar va xesh funksiyalardan foydalangan holda quriladi.
Kalitlarni boshqarish tizimlari qolgan barcha kriptografik tizimlar uchun kerakli bo‘lgan kalitlarni generatsiyalash, ularni saqlash va taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, axborotning kriptografik himoyasi uni maxfiylik, butunlik va autentifikatsiyalash jarayonlarida foydalanalishini ko‘rish mumkin (1.2 - rasm).

1.2-rasm. Axborotning kriptografik himoyasi
Simmetrik shifrlash usullari ma’lumotlarni shifrlashda qanchalik yuqori tezlik va bardoshlilikga ega bo‘lmasin, ularda kalitni almashinish muammosi mavjud. Quyida ushbu muammo keltirilgan (1.3 – rasm) [9].





Download 216.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling