4- mavzu. Simmetrik kriptografik algoritmlar Reja
A5/1 oqimli shifrlash algoritmi
Download 253.05 Kb.
|
4-mavzu
A5/1 oqimli shifrlash algoritmiUshbu oqimli shifrlash algoritmi GSM mobil aloqa tizimlarida ma’lumotni konfidensialligini ta’minlash uchun foydalaniladi. Mazkur algoritm algebraik tuzilishga ega bo’lsada, uni sodda diagramma bilan ham tasvirlash imkoniyati mavjud. A5/1 shifrlash algoritmi uchta chiziqli siljitish registrlaridan iborat bo’lib, ular mos holda 𝑋𝑋, 𝑌𝑌 va 𝑍𝑍 kabi belgilanadi. 𝑋𝑋 registr o’zida 19 bit (𝑥𝑥0, 𝑥𝑥1, … , 𝑥𝑥18 ), 𝑌𝑌 registr esa 22 bit (𝑦𝑦0, 𝑦𝑦1, … , 𝑦𝑦21) va 𝑍𝑍 registr esa 23 bit (𝑧𝑧0, 𝑧𝑧1, … , 𝑧𝑧22) ma’lumotni saqlaydi. Uchta registrlarning mazkur o’lchamdagi bitlarni saqlashi bejiz emas. Sababi, chiziqli siljitish registrlari o’zida jami bo’lib 64 bitni saqlaydi. Shu sababli, A5/1 shifrlash algoritmida foydalaniluvchi kalit 𝐾𝐾 ning uzunligi 64 bitga teng bo’ladi va ushbu kalit uchta registrni dastlabki to’ldirish uchun foydalaniladi. Shundan so’ng, oqimli shifrlash algoritmi talab etilgan uzunlikdagi (ochiq matn uzunligiga teng bo’lgan) ketma-ketliklarni generasiyalaydi. Ketma-ketliklarni generasiyalash tartibini o’rganishdan oldin, uchta registrlar haqida ba’zi ma’lumotlarni bilish talab etiladi. 𝑋𝑋 registr siljigan vaqtida, quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi: 𝑆𝑆 = 𝑥𝑥13⨁𝑥𝑥16⨁𝑥𝑥17⨁𝑥𝑥18 𝑆𝑆 = 18,17,16, … ,1 uchun 𝑥𝑥𝑖𝑖 = 𝑥𝑥𝑖𝑖−1 𝑥𝑥0 = 𝑆𝑆 Shunga o’xshash, 𝑌𝑌 va 𝑍𝑍 registrlar uchun ham quyidagilar bajariladi: 𝑆𝑆 = 𝑦𝑦20⨁𝑦𝑦21 𝑆𝑆 = 21,20,19, … ,1 uchun 𝑦𝑦𝑖𝑖 = 𝑦𝑦𝑖𝑖−1 𝑦𝑦0 = 𝑆𝑆 va 𝑆𝑆 = 𝑧𝑧7⨁𝑧𝑧20⨁𝑧𝑧21⨁𝑧𝑧22 𝑆𝑆 = 22,21,20, … ,1 uchun 𝑧𝑧𝑖𝑖 = 𝑧𝑧𝑖𝑖−1 𝑧𝑧0 = 𝑆𝑆 Berilgan uchta bit 𝑥𝑥, 𝑦𝑦 va 𝑧𝑧 uchun 𝑆𝑆𝑎𝑎𝑚𝑚(𝑥𝑥, 𝑦𝑦, 𝑧𝑧) funksiyasi eng ko’p bitni qaytaradi. Agar 𝑥𝑥, 𝑦𝑦 va 𝑧𝑧 bitlar 0 ga teng bo’lsa, u holda funksiya 0 ni qaytaradi, aks holda birni qaytaradi. Funksiyaga kiruvchi bitlar toq bo’lgani uchun, funksiya har doim 0 ni yoki 1 ni qaytaradi. Boshqa holatlar bo’lmaydi. A5/1 shifrida, ketma-ketlikning har bir bitini generasiyalash uchun quyidagilar bajariladi. Dastlab, 𝑆𝑆 = 𝑆𝑆𝑎𝑎𝑚𝑚(𝑥𝑥8, 𝑦𝑦10, 𝑧𝑧10) funksiya qiymati hisoblanadi. Shundan so’ng 𝑋𝑋, 𝑌𝑌 va 𝑍𝑍 registrlar quyidagicha sijitiladi (yoki siljitilmaydi): agar 𝑥𝑥8 = 𝑆𝑆 ga teng bo’lsa, 𝑋𝑋 siljitiladi; agar 𝑦𝑦10 = 𝑆𝑆 ga teng bo’lsa, 𝑌𝑌 siljitiladi; agar 𝑧𝑧10 = 𝑆𝑆 ga teng bo’lsa, 𝑍𝑍 siljitiladi. Shundan so’ng, ketma-ketlikning bir biti 𝑠𝑠 quyidagicha generasiyalanadi va ochiq matn biti bilan XOR amali bajariladi (agar shifrlansa) yoki shifrmatn biti bilan XOR amali bajariladi (agar deshifrlansa). 𝑠𝑠 = 𝑥𝑥18⨁𝑦𝑦21⨁𝑧𝑧22 Yuqorida keltirilgan ketma-ketlikdagi amallar talab etilgunga qadar takrorlanadi (ochiq matn yoki shifrmatn uzunligiga teng). Agar biror registr siljitilsa, uning to’liq holati siljish natijasida o’zgaradi. Ketma-ketlikning bir bitini hosil qilishda uchta registrdan kamida ikkitasi siljiydi va shuning uchun yuqoridagi ketma-ketlikni davom ettirgan holda yangi bitlar ketma- ketligini hosil qilish mumkin bo’ladi. A5/1 oqimli shifrlash algoritmi murakkab ko’rinsada, qurilmada amalga oshirilganida yuqori tezlik qayd etadi. Umumiy holda A5/1 oqimli shifrni 12 - rasmdagi kabi ifodalash mumkin. X Y
Z -rasm. A5/1 ketma-ketlik generatori Download 253.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling