Vertikal shaxta stvollarini


Download 237.39 Kb.
bet1/2
Sana06.10.2023
Hajmi237.39 Kb.
#1693971
  1   2
Bog'liq
yhrtytr (2)



Mavzu:Vertikal stvol

Vertikal shaxta stvollarini kovlab borish


Konni ochish, ko‘p holatlarda, vertikal stvollar bilan amalga oshiriladi. Ular qisqa yo‘llar bo‘ylab ishchi qatlamlarga, ular bo‘ylab yuklarni ko‘tarish va tushirishga yo‘l ochadi. Bu juda qulay hamda ushbu operatsiyalarga xarajatlar kam bo‘ladi. Qazish joyining juda chuqurligida vertikal stvollar bilan ochish yagona mumkin bo‘lgan usuldir. Qattiq jinslarda taxminan 95 % vertikal stvollar beton bilan mustahkamlangan va 3 m.dan 9 m.gacha diametrli dumaloq ko‘ndalang kesimga ega. Stvol chuqurligi bo‘ylab uning bir nechta qismlari belgilanadi (8.20-rasm). Og‘zi – er yuzasidan 10-30 m. chuqurlikdagi tub jinslargacha (ya’ni, emirilish uchun teginilmagan) stvolning yuqori qismi. Og‘iz mustahkamlagichi bir vaqtning o‘zida shaxta usti inshootlari uchun asos (fundament) bo‘lib xizmat qiladi. Keyin stvol har biri 10-40 m zvenolarga bo‘linadi, ular o‘rtasidagi chegaralarda zveno mustahkamlagichini saqlab turish uchun tayanch kashaklar o‘rnatiladi. Ishchi qatlamlar sathida gorizontal lahimli stvol tutashmasi quriladi. Stvolning pastki qismi zumpf deyiladi va stvolga kiradigan suvni to‘plashga, ko‘tarma idishlardan to‘kiladigan rudalarni ushlab qolishga xizmat qiladi. Stvolni kovlab borish bir necha bosqichda olib boriladi. Uni boshlashdan oldin hudud tayyorlanadi va kovlab boruvchi jihozlar bilan sanoat maydonchasi jihozlanadi. Ishlarni tezlashtirish uchun ko‘chma jihozlarni qo‘llash bilan stvol og‘zini kovlab borish va uni mustahkamlash bir vaqtda olib boriladi. Stvol og‘zi ustida vaqtinchalik kovlab borish koperi o‘rnatiladi, undan og‘iz o‘tadi va stvol 60-80 m yaqin chuqurlikka keyingi kovlab borishda kovlab borish komplekslarini stvolda osib qo‘yish uchun zarur bo‘lgan texnologik ketish deb ataluvchi o‘rnatiladi. Texnologik ketish yakunlangandan so‘ng vaqtinchalik koper yig‘ishtirib olinadi, uning o‘rniga esa oldindan jihozlangan asosiy kovlab borish koperi siljitiladi va o‘rnatiladi. SHu bilan 6 oydan 1,5 yilgacha davom etgan stvol kovlab borishning dastlabki bosqichi yakunlanadi.



8.20-rasm. Stvol sxemasi: I - og‘iz; 2 - o‘tirindilar; 3 tub jinslar; 4 tayanch kashak; 5 - stvol zvenosi (qo‘shni tayanch kashaklar o‘rtasidagi); 6 - gorizontal lahimlar bilan stvolning tutashuvi; 7 - zumpf.
Keyinchalik stvolda yuzadagi kovlab borish lebedkasiga (chig‘irga) osiladigan kovlab borish polkasi o‘rnatiladi. Bu murakkab qurilma ikki va undan ortiq qavatlardan iborat. YUqori qavat - saqlovchi, u stvol qazish joyini to‘satdan tushadigan narsalardan himoya qiladi va ko‘tarma idishlar harakatlanadigan yo‘naltiruvchi arqonlar cho‘zilishi uchun xizmat qiladi. Pastki qavatlarda stvol qazish joyini shamollatish uchun ventilyatorlar, qazish joyi jihozlari uchun lebedka (chig‘ir), suv chiqarib tashlash uchun oraliq sig‘imlar joylashtiriladi.



8.21-rasm. Vertikal stvolni kovlab borish uchun sxemali tasvir: a - betonli mustahkamlagichni tiklash; b - shpurlarni burg‘ilash; v – jinslarni yig‘ishtirib olish va mustahkamlagichni tiklashga tayyorlash; 1- kovlab borish kajavasi; - osam polka; 3 -betonli mustahkamlagich; 4 - betonovod; 5 - ko‘chma opalubka; 6
maydalangan jinslar; 7 – greyfeli yuklagich; 8 - perforator; 9 - shpurlar.
Pastki qavatlardan stvolning doimiy mustahkamlagichini tiklash mumkin. Kovlab borish polkasi ostida, qazish joyi ustida shpurlarni burg‘ilash va portlatilgan massani yuklash agregatlari (agar ulardan foydalanilsa), yoritgichlar
va b.lar osib qo‘yiladi. Kovlab borish polkasi uni stvolga to‘plash uchun gidrodomkratlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, unda, ko‘tarma idishlarni
– voronkasimon quvurlar bilan to‘silgan kajavalar, shuningdek, ventilyasiya va boshqa quvurlarni o‘tkazish uchun teshiklar, kabellar, avariyali holatlarda qazish joyidan kovlab boruvchilarni ko‘tarish uchun qutqaruv narvonlari mavjud. Kovlab borish polkasi o‘rnatilib jihozlangandan so‘ng stvolning asosiy qismini kovlash boshlanadi. Kovlab borish texnologiyasi burg‘ilab portlatish ishlaridan foydalanish bilan kon massasini maydalashdan, portlatilgan massani qazish joyidan yig‘ishtirib olib kajavalarda yuzaga berish va stvolning doimiy mustahkamlagichini tiklashdan iborat

Jinslarni davriy portlatish lozimligiga bog‘liq holda, kovlab borish ishlari davriy tashkil qilingan. Ishlarning har bir davrida ketma-ket maydalash, jinslarni yig‘ishtirib olish va stvolni mustahkamlash bajariladi. Bir davrda (ya’ni har bir portlatishdan so‘ng) stvol qazish joyi, odatda, 2-3,5 m. ga siljiydi. Davr davomiyligi 2-4 smena. Ishlarni kovlab borish bo‘yicha operatsiyalarning barcha turlarini bajaruvchi kompleksli brigadalar olib boradi.



Download 237.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling