Vertikal shaxta stvollarini


Burg‘ilab portlatish ishlari


Download 237.39 Kb.
bet2/2
Sana06.10.2023
Hajmi237.39 Kb.
#1693971
1   2
Bog'liq
yhrtytr (2)

Burg‘ilab portlatish ishlari. Qattiq jinslarda stvollarni kovlab borishda ular butun kovlab borish vaqtining 30-40 % tashkil etadi va mehnat xarajatlarining 50- 60% talab qiladi. Jinslarni maydalash 1,5 dan 3 m.gacha chuqurlikda shpurlar bilan amalga oshiriladi. Qazish joyiga shpurlarni joylashtirish loyihaviy hujjatga muvofiq – burg‘ilab portlatish ishlari pasporti (BPI) bilan belgilanadi. Stvollar dumaloq ko‘ndalang kesimga ega bo‘lganligi uchun shpurlar qazish joyiga bir nechta konsentrik aylana bo‘yicha joylashtiriladi. Qo‘shni aylanalar o‘rtasidagi masofa qancha kichik bo‘lsa, jinslar shuncha qattiq bo‘ladi, va 0,6- 0,9 m. tashkil etadi, bitta aylanadagi shpurlar o‘rtasidagi masofa ham shunday. Konturlovchi shpurlar stvol devoridan 10-20 sm da burg‘ilanadi, ular o‘rtasidagi masofa esa boshqa shpurlar o‘rtasidagiga qaraganda 20% kam qabul qilinadi. Stvolning ko‘ndalang kesim markazida eng kichik diametr aylanasiga (odatda 1,7-2,3 m) o‘yiqli shpurlar deb nomlanuvchi shpurlar joylashtiriladi. Qazish joyi tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan boshqa shpurlardan farqli ravishda o‘yiqli shpurlar tekislikka shunday burchakda burg‘ilaydiki, bunda chuqurlikda ular stvol kesimi markaziga yaqinlashadi (to‘planadi). Birinchi navbatda portlatiladigan o‘yiqli shpurlarning vazifasi boshqa shpurlar portlashida
emirilishni engillashtiruvchi massivda qo‘shimcha ochiq yuza hosil qilishdan iborat (8.22-rasm).


8.22-rasm. Stvolni kovlab borishda shpurlar joylashuvi sxemasi; a yuqoridan qazish joyi ko‘rinishi; b stvol o‘qi bo‘ylab kesim; I o‘yiqli shpur; 2 shpurlarni belgilash uchun aylana shablon.
SHpurlar 22-30 kg.massali dastaki perforatorlar bilan burg‘ilanadi. Qazish joyida shpurlarni belgilash stvol ko‘ndalang kesimi markazidagi shpurga qo‘yilgan o‘q atrofida aylanadigan shtanga ko‘rinishidagi maxsus aylana shablonlar yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda bir vaqtda bir nechta burg‘ilash mashinalaridan foydalanish bilan stvollarda shpurlarni mexanizatsiyalashgan burg‘ilaydigan qurilma keng qo‘llanilmoqda. Burg‘ilash qurilmalari kovlab borish polkasiga osiladi va jinslarni yuklovchi mashinalar bilan kompleksda qo‘llaniladi. SHpurlarni initsiirlash uchun ammonit turidagi patronlangan presslangan portlovchi modda (PM) yoki akvanit turidagi suyuq quyiladigan PM qo‘llaniladi. Oxirgilaridan foydalanishda shpurlar patronlangan PM shpurlarini dastaki zaryadlash bilan taqqoslaganda 2-2,5 marta zaryadlashga kovlab boruvchilar mehnat unumdorligini oshiruvchi maxsus qurilmalardan foydalanish bilan zaryadlanadi. Stvollarda zaryad portlashini qo‘zg‘atish uchun faqat tarmoqdan 220-380 v kuchlanishli elektrodetonatorlar vositasida elektrli initsiirlashdan foydalaniladi. Portlatishdan oldin barcha mexanizmlar qazish joyidan kovlab borish polkasiga ko‘tariladi.
Portlatishdan so‘ng stvol qazish joyiga quvurlar bo‘ylab toza havo haydovchi bitta ventilyator bilan shamollatiladi yoki shamollatishning aralash usuli qo‘llaniladi: ikkita ventilyator bilan, ulardan biri qazish joyiga stvol bo‘ylab kiradigan toza havoni haydaydi, ikkinchisi esa ifloslangan havoni so‘rib oladi, bu 1 m.gacha diametrli metall quvur orqali yuzaga chiqarib yuboriladi. CHuqur stvollarda ikkinchi usul ko‘p qo‘llaniladi, chunki shamollatish vaqtini 1 soatdan
20 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi. SHamollatish tugashida qoqilganlardan stvolning mahkamlanmagan devorlari yig‘ishtirib olinadi, shikastlangan vaqtinchalik mustahkamlagich ta’mirlanadi va b., so‘ngra jinslarni yig‘ishtirib olish boshlanadi
(https://www.geodrillinginternational.com/, 2000-2023)


https://assets.kreatio.net/geo_redesign/images/GeoDrilling_Website_Logo.png
Download 237.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling