Laboratoriya ishi yaqindan navigatsiyaning radiotexnik tizimi
Download 68.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqlab 3
3-LABORATORIYA ISHI YAQINDAN NAVIGATSIYANING RADIOTEXNIK TIZIMI Ishdan maqsad: Yaqindan navigatsiya tizmilarini o’rganish, taxlil qilish va sxemalarini o’rganish. Nazariy qism: Bortda turuvchi yaqindan navigatsiya radiotexnik jixozlari yordamida uchish apparat turgan joyi aniqlanadi. Uchish apparatining turgan joyini aniqlash uchun burchakni va uzoqlikni o'lchash kerak bo'ladi. yaqindan naviga jixozi polyar koordinatalar tizimida uchish apparat azimuti va uzoqligini o'lchaydi. Buning uchun jixozda ikki trakt mavjud. Birinchi azimut o’lchovchi, ikkinchi uzoqlik o’lchovchi traktlardir. Har bir trakt uzining yerdagi radiomash'allariga ega. Polyar koordinata tizimi boshlanishi qilib (0 nuqta) radiostansiya joylashgan yerdagi ma'lum nuqta holati qabul qilinadi (rasm.1). 1-rasm. A - azimut. d - uzoqlik. N - meridianning shimoliy yo'nalishi Bortdagi yaqindan navigatsiya jixozi yerdagi radiomayakka nisbatan uchish apparat azimuti va uzoqligini uzluksiz o'lchab boradi. O'lchash vaqtida yerdagi radiotexnik tizim va qurilmalar ham ishtirok etadilar. yerdagi radiomayak ta'sir doirasida boshqa uchish apparatlari uchayotgan bo'lsa ulardagi RSBN tizimi ham shu mayakka nisbatan o'zlarining azimut burchagi va uzoqliklarini o'lchab boradilar. RSBN tizimida uzoqlikni o'lchash radiolokatsiyaning aktiv javobli aktiv radiolokatsiya usulidan foydalanishga asoslangan. Ya'ni samolyotdan «so'rovchi» radiosignal t1 vaqtda yer yuzasida turuvchi radiostansiyaga yuboriladi. yerdagi qabulqilgich uni qabul qilib olib samolyotga «javob» signali (ikkilamchi radiolokatsiya) qaytaradi. Ma'lum vaqtdan ∆t so'ng, ya’ni t2 vaqtda qaytgan nur bortdagi qabulqilgichda o'lchanadi. ∆t = t2- t1 Bu vaqt elektromagnit to’lqinlarning “bort-yer-bort” orasida o’tkan vaqti bilan t3 - ushlanib qolingan vaqt yig’indisiga teng bo'ladi ∆t = tД + t3 t3 ,- ushlanib qolingan vaqt navigatsion jixoz tuzilishiga bog’liq bo'ladi Boshqa tomondan d – og’ish bo'yicha uzoqlik. Bu formulalar RSBN yordamida uzoqlik o'lchash uchun asos bo'ladi. Formuladagi vaqtni o'lchash amplitudaviy, fazaviy yoki faza-impulsli usullar bo'lishi mumkin. Impuls usulida ishlovchi bortda turadigan RSBN tarkibidagi uzatkich 1-2 mksek davomida impuls ketma - ketligini ishlab chiqaradi va antenna yordamida atrofga tarqatadi. Bir vaqtning o'zida impulslar yerdagi radiomashal yo'nalishi bo'yicha ham tarqatiladi. Impulsning atrofga tarqalish vaqti t1 bortdagi o'lchagichda eslab qolinadi ya’ni uzoqlikni aniqlovchi vaqtning tД boshlanishi eslab qolinadi. Keyin impulsning yerdagi radiomashaldan qaytgan vaqti t2 aniqlanadi va eslab qolinadi. Eslab qolish uchun «so'rovchi» impuls tarqatilishi vaqtida (t1 - vaqtda) maxsus sanovchi qurilma impuls ketma-ketligi ishlab chiqara boshlaydi. Radiomashaldan qaytgan impuls kelgandan so'ng sanovchi qurilma generatori o'chadi. Sanovchi qurilma chiqishidagi impuls kengligi (uzokqligi) so'rovchi impuls tarqatilish vaqti bilan javob impulslari kelgan vaqt orasidagi vaqtni ya’ni yerdagi radiomashalgacha masofani aniqlaydi. Uzoqlikni aniqlashda impuls usulidan tashqari fazaviy usul ham ishlatiladi. Bu usulda t1va t2 vaqtlar maxsus sinusoidal signalning fazasi bilan sun'iy bog’liqlikda bo'ladi. Signal bort-radiomashal-bort oralig’ida borib kelishi davomida sinusoidal signalning fazasi faza aylantirgich yordamida davriy o'zgaradi. Fazaaylantirgich aylanish tezligini o'zgarmas qilib olsak, t1 va t2 vaqtlar oralig’ini tД vaqt, ya’ni uzoqlikni sinusoidal signalning fazalar farqi aniqlaydi. Uzoqlik o'lchashda ham impuls, ham fazaviy usullar ishlatilishi mumkin. Bunda faza-impulsli usul hosil bo'ladi. Bu usulda uzoqlik o'lchash aniqligi yuqori bo'lib bir necha yuz kilometr masofalarni ham o'lchaydi. yaqindan navigatsiya jixozining azimut o'lchash kanali ham bortda turuvchi, ham yerda turuvchi qurilmalardan tashkil topgan bo'lib,yerdagi jig’oz azimut burchagi to'g’risidagi signalni bortga uzatadi. Bortga uzatilgan ma'lumot yerdagi azimut ulchovchi radiomashalning harakatlanuvchi antenna o'qi meridian chizigining shimoliy yo'nalishi bilan mos tushgan vaqtdan boshlanadi. yerdagi antenna diagrammasi uchish apparatiga qaralgan yo'nalishga mos bo'lgan vaqtda bortdagi jixozda qabul qilinadi ya’ni bortdagi qabulqilgichga yerdagi azimut o'lchovchi radiomashal signali kelib tushadi. Antennaning aylanish tezligi o'zgarmas bo'lsa, uning nur yo'nalishi meridianning shimoliy yo'nalishiga mos tushgan vaqt bilan uchish apparati yo'nalishi orasidagi vaqt, azimut burchagiga proporsional bo'ladi. Yaqindan navigatsiya jixozining uchish apparatida turuvchilari uchun shartli belgilanishda ohiriga «S» harfi (samolyot) qo'shilib belgilanadi. Samolyotning joylashishini aniqlash uchun masofa o'lchagich, burchak va burchak masofa o’lchagich usullari mavjud. 1.Masofa o’lchagich 2.Burchak masofani o’lchagich 3.Burchak o’chovchi Bajarish uchun variantlar: Download 68.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling