Laboratoriya ishi Zanjirli uzatmalarning konstruksiyasini o‘rganish
-rasm. Vtulka rolikli zanjirning tuzilishi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya 9
9.2-rasm. Vtulka rolikli zanjirning tuzilishi.
1-valik, 2- vtulka, 3- rolik, 4-ichki zveno, 5-sirtqi zveno.
Zanjir elementlarning eyilishi zvenolarning uzunligini ortishiga va qo‘shimcha dinamik kuchlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa uzatmalarning notekis 66
ishlashiga sabab bo‘ladi. Zanjirli uzatmalarning har xil mashinalarida, transportda, ximiya sanoatida, stanoksozlikda, ko‘tarish tashish mashinalarida, tasmali uzatmalarning foydali ish koeffitsenti etarli darajada ishonchli bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda mashina va mexanizm yuritmalarida ishlatiladigan vtulka-rolikli, vtulkali va tishli zanjirlarning hamma o‘lchamlari standartlashgan va ixchamlangan holda ishlab chiqariladi. Vtulka rolikli zanjir rolikli zvenoga preslab o‘rnatilgan vtulka va vtulkaga uning atrofida bemalol aylanadigan qilib kiydirilgan rolikdan iborat. Zanjir yulduzchali roliklar sifatida ilashadi. Rolikning yulduzcha tishiga tekkanda aylanib ketishi sirpanish ishqalanishini dumalab ishqalanishga aylantiradi. Bu hol tishlarning eyilishini susaytiradi va uzatma ishini yaxshilaydi. Katta tezlik va nagruzka bilan ishlatiladigan uzatmalarda bunday zanjirning ko‘p qatorli turi ishlatiladi. Vtulka zanjirining vtulka rolikli zanjirdan farqi shuki unda vtulka ustiga kiydirilgan rolik bulmaydi. Buning natijasida zanjirning og‘irligi va tannarxi kamayadi. Biroq vtulkali zanjirdan u bilan ilashishda bo‘lgan yulduzchalarning tishlari tez eyiladi.
SHuning uchun ulardan kam nagruzkali va harakat tezliki nisbatan kichik uzatmalar foydalanish tavsiya etiladi. Tishli zanjirlar ikki uchida tishga o‘xshash chiziqlar bo‘lgan plastika majmuyidan iborat. YUlduzchalarning tishlari plastikni tishi orasiga joylashgan holda ilashishda bo‘ladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling