Laboratoriya ishi№3
Download 32.48 Kb.
|
3- lab
3- tajriba. Reaksiya tezligiga katalizatorning ta’sirini aniqlash.
Uchta toza probirkadan birinchisiga 1-2 ml 10 % li vodorod peroksid eritmasidan quyib, uning odatdagi sharoitda kuchsiz parchalanishini kuzating. Ikkinchi probirkaga 1—2 ml 10 % li H2O2 eritmasidan va ozroq (4—5 dona) marganes (IV) oksiddan solib aralashtiring. Qancha vaqtdan keyin vodorod peroksidning parchalanishini kuzating. Qaysi probirkada reaksiya tez boradi? Reaksiya tenglamasini yozing. 4- tajriba. Kimyoviy muvozanatga moddalar konsentratsiyasining ta’sirini o‘rganish. Тoza probirkaga 3—4 ml 0,001 n. kaliy rodanid eritmasidan olib, ustiga 0,001 n. temir (III) xlorid eritmasidan 3—4 ml quying. Тajribada uch valentli temir ioniga xos reaksiya bo‘lganligi uchun temir (III) rodanidning to‘q qizil rangli eritmasi hosil bo‘ladi. Bu qaytar reaksiya tenglamasini va muvozanat konstantasi ifodasini yozing. Hosil qilingan eritmani to‘rtta probirkaga teng qilib bo‘ling. Birinchi probirkani solishtirish uchun qoldirib, ikkinchi probirkaga konsentrlangan temir (III) xloriddan 1—2 tomchi, uchinchisiga konsentrlangan kaliy rodanid eritmasidan 1—2 tomchi, to‘rtinchisiga bir necha dona kaliy xlorid kristallaridan soling. Probirkalardagi eritmalar rang o‘zgarishini kuzating. Jarayonni massalar ta’siri qonuniga asoslanib izohlang. Тajriba natijalarini quyidagi jadvalga yozing.
Download 32.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling