Laboratoriya ishi№4
Download 18.6 Kb.
|
LABORATORIYA ISHI-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR
- 4.ISHNI MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI.
- OLINGAN NATIJALAR
- XULOSA Olingan natija asosida o’z fikringizni ayting. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
LABORATORIYA ISHI№ 4Mavzu: Chuyan va alyumin slindr blokini nuqsonlarini aniqlash va darzlarni tiklash . 1.ISHNING MAQSADI: Slindrlarlar blokini nuqsonlarini aniqlash va darzlarini tiklash texnologiyasini o’rganish. 2. MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR. 2.1.Ish joyidagi jihozlar bilan tanishing. 2.2.Detallarni nazorat qilish va tekshirish bo’yicha o’lchash ishlarini bajaring. 2.3.Slindrlarlar blokini nuqsonlarini aniqlang. 2.4.Slindrlarlar blokini darzlarini tiklash texnologiyasini tuzing. 3.ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR: 3.1. Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli xil slindr bloklari. 3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar va lupa (x30) 3.3. Pnevmatik pribor. 3.4. O’lchash ishlari olib borish uchun verstak.. 4.ISHNI MAZMUNI VA BAJARISH TARTIBI. Ichki yonuv dvigatellarining asosiy detali hisoblanadigan slindrlar bloki murakkab konstruksiyaga ega. Slindrlar blokini tayyorlashning, demak, ularni tiklashning o’ziga xos tomoni, ular o’lachamlarining yuqori aniqlikda tayyorlanishini va tekislik hamda o’tqazish teshiklarining o’zaro aniq joylashivuni ta’minlashdan iborat. Masalan, o’zak va tayanch teshiklarining o’qlari slindrlar gilzasi teshiklarining o’qlariga nisbatan perpendikulyarlikdan og’ganligi; o’zak tayanch teshiklarining konussimonligi va ovalligi; slindrlar kallagi ostidagi yuzaning tekislikdan og’ishi. Silindrlar blokida uchraydigan nuqsonlar: bloknong o’yilishlari; gilza o’tiradigan uyalar orasidagi peremichkalar va gilza o’tqaziladigan joylardagi darzlar; tub tayanch teshiklarining deformasiyalanishi, yeyilishi va noo’qdoshligi; gilza o’tqaziladigan joylarning deformasiyalanishi yoki yeyilishi; rezbali teshiklarning shikastlanishi; turtkich teshiklarining yeyilishi; yuqori sirtning tob tashlashi; taqsimlash vali vtulkasi kiradigan teshikning yeyilishi va boshqa nuqsonlardan iborat.Tiklanadigan slindrlar blokida bir qancha nuqsonlar mavjud bo’lib, ularning asosiy sirtlarini tiklash uchun texnikaviy shartlar quyidagi jadvalda keltirilgan. 1-javal slindrlar blokining asosiy sirtlariga ishlov berish aniqligining texnik shartlari
Slindrlar bloki devorlaridagi darzlar payvandlab berkitiladi yoki epoksid kompozitsiya surkab yamaladi. Payvandlashdan oldin darzlarning uchlarida 4-6 mm diametrli teshiklar parmalanadi, so’ngra devor qalinligining 80% chuqurligida 90120º burchak ostida butun uzunligi bo’yicha silliqlash mashinasi bilan ishlov beriladi. Daezlarni yamashni qizdirib ham, qizdirmasdan ham bajarish mumkin.Slindrlarning cho’yan bloki 600-650º C gacha qizdirilib, so’ngra atsetilen-kislorod alangasida payvandlab yamaladi, bunda qo’shimcha material sifatida diametri 5 mm li cho’yan chiviq ishlatiladi. Slindrlar bloki payvandlangach, maxsus termosda asta-sekin sovitiladi. Darzlarni qizdirmasdan temir nikelli PANCH-11 simi bilan yoki MNCH-1, OZCH-1, ANCH-1,TSCH-3 va G’CH-4 markali rangli metal elektrodlari bilan, shuningdek, 1,2 mm diametrli MNJKT kukun sim bilan argon muxitida payvandlash mumkin. Slindrlar gilzasi uchun ochilgan uyalar orasida paydo bo’lgan darzlar gaz alangasida FPSH-2 flyus qatlami ostida 49-1-10-02 LOMNA kavshari bilan eritib to’ldiriladi. Alyuminiy qotishmasidan yasalgan slindrlar blokidagi darzlar o’zgaruvchan tok bilan argon muhitida UDG-301 yoki UDG-501 qurilmasi yordamida eritib to’ldiriladi. Qo’shimcha material sifatida diametri 4-6 mm li AK alyuminiy qotishmasidan yasalgan simdan foydalaniladi. Payvandlanadigan joy oldindan 300ºC gacha qizdiriladi, payvandlangach, payvand joyi asbest list bilan yopib, slindrlar bloki sekin sovitiladi. Payvand choklar metal oqmalaridan va oksidlardan asosiy metal tekisligi bir tekis bo’lguncha silliqlash mashinasi bilan tozalanadi. Teshilgan joylar metal yamoq quyib payvandlanadi, chokning germetikligini ta’minlash maqsadida ustidan epoksid kompozitsiya surkaladi. Bu jarayon quyidagi tartibda bajariladigan amallardan iborat: qo’yiladigan yamoq va teshilgan joy atrofi 40-50 mm atrofida metal yaltillab ko’ringuncha tozalanadi; metal yamoq teshikning atrofini 20-25 mmberkitib turadigan qilib payvandlanadi; atseton bilan yog’sizlantiriladi; teshik atrofiga 40-50 mm enlikda ikki-uch qatlam qilib epoksid kompozitsiya surkaladi; quritiladi. 5.OLINGAN NATIJALAR. 2-jadval
XULOSA Olingan natija asosida o’z fikringizni ayting. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR. Ish joyidagi jihozlarni nomlari bilan sanab bering. Asosiy detallarni o’lchash asbobi yordamida o’lchab bering. Slindrlar bloki tiklash texnologiyasini aytib bering. Download 18.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling