Laboratoriya ishini bajarish 4-variant 16 ta kompyuter ta swich


Laboratoriya ishi boʻyicha savollar


Download 25.41 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi25.41 Kb.
#1601347
1   2
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi

Laboratoriya ishi boʻyicha savollar:
1. Tarmoq kammutatori vazifasi nimadan iborat?
2. Tarmoq ish holatida ekanligini qanday tekshirish mumkun?
3. Tarmoqni bogʻlovchi qurilmalar farqini sanab bering.
4. Hub va swich qurilmalaring ishlash tomoilini tushuntirib bering.
5. IP manzil deganda nimani tushunasiz?
1 ) Kommutator tarmoqning bir yoki bir nechta segmentlari chegarasida bir nechta tugunlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kommutator (svitch) kommutatsiya jadvali asosida axborot paketlarini uzatadi.

2 Demak tarmoq ish holatidaligini tekshirish usuli ushbu labaratoriya ishini bajarish ketma-ketligiga ko`ra 3ta boladi ya`ni bular:
1. Switch > CLI bo’limidan

Switch#ping 192.168.1.1
orqali

2. Laptop > Desktop > run bo’limida



Ping 192.168.1.2
buyruqlari orqali

3. Uchinchisi ikki kompyuter orasida maktub yuborish orqali ishlayotganini tekshirib korishim mumkin.

3 ) SWITCH (kommutator) - qurilmasi yordamida kichik
tarmoqlarda ishlash mumkin. HUB dan farqi, o‘tkazish
qobiliyati yuqoriligidir. Bunda bir nechta juft qurilmalar
ma‘lumot almashish imkoniyatiga ega.

HUB - qurilmasi aktiv qurilma bo‘lib uzatilayotgan


ma‘lumotlarni signal darajasini kuchaytirish imkoniyatiga
ega. Ko‘pincha HUB qurilmasi ishlatuvchilari ko‘p bo‘lmagan
lokal tarmoqlarda ishlatiladi (4, 8 ta). HUB umumiy shinaga
ega bo‘lib, agar portlar sonini oshiradigan bo‘lsak
ma‘lumotlarni uzatish qobiliyati kamayib ketadi.

ROUTER (marshrutizator) - qurilmasiham BRIDGE (ko‘prik)


qurilmasi kabi 2 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni
birlashtiradi yoki ajratadi. Farqi ROUTER (marshrutizator)
qurilmasi katta tarmoqlarda ishlatiladi.

BRIDGE (мост - ko‟prik) - qurilmasi 2 ta yoki undan ortiq


bo‘lgan tarmoqlarni bir biriga ulash uchun ishlatiladi (ko‘prik
vazifasini o‘taydi).

MODEM - Modemning bajaradigan asosiy ishi, raqamli


signallar ko‘rinishidagi ma‘lumotlarni kerakli tezlik va aniqlik
bilan uzatishdan iboratdir.
Va hokazolar shular jumlasidandir.

4 ) Hub - 1- portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari Hub’ning FIK kamayib boradi.


Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi.

5 )
Hozirgi vaqtda IP (Internet Protocol) haqida eshitmagan inson bo'lmasa kerak. Chunki internetga chiqadigan inson borki, IP haqida qandaydir tushunchasi mavjud. IP o'zi nima degan savolga javob bersak. IP bu biron ixtiyoriy qurilmaning internetdagi manzilidir. Ya'ni siz biron uyga borish uchun u uy manzilidan foydalanas. Sizdan chiqayotgan so'rov ham qaysidir manzilga yetib borib, sizning so'rovingizga javob qaytishi kerak bo'ladi. Mana shu manzil IP manzildir. Endi bugungi kunda biz IP ning IPv4 va IPv6 versiyalaridan foydalanamiz.
Download 25.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling