Laboratoriya ishini bajarishda kerak bo‘ladigan Electronics Workbench dasturining komponentlari


Download 22.8 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1385946
Bog'liq
1-laboratoriya


1-LABORATORIYA ISHI


Laboratoriya ishini bajarishda kerak bo‘ladigan Electronics Workbench dasturining komponentlari
Laboratoriya ishini bajarishda quyidagi komponentlardan foydalaniladi:
sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori;
kalit;
voltmetr va ampermetr;
vaqt relesi;
ossillograf;
rezistorlar;
tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori.
Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori (1.1-rasm) uchta chiqishga ega: umumiy (ер), musbat (+), manfiy (-).

1.1-rasm. Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori

Generatorning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilsa uning oynasi ochiladi (1.2-rasm).





1.2-rasm. Kuchlanishlar generatorining oynasi





  1. Ochilgan oynaning yuqori qismida kerakli shakldagi signalning tasviri bosiladi va uning quyidagi parametrlari o‘rnatiladi:

  2. Chastota Frequency maydonida Hz, kHz yoki MHz larda o‘rnatiladi;

  3. Signal shaklining simmetrikligi Duty cycle parametri orqali beriladi;

  4. Signal o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining amplitudasi μV, mV, V yoki kV larda Amplitude maydonida ko‘rsatiladi;

Agar zarur bo‘lsa signal o‘zgarmas tashkil etuvchisining amplitudasi Offse maydonida ko‘rsatiladi.
Kalitning tasviri 1.3-rasmda ko‘rsatilgan.



1.3-расм. Kalit

Kalitni almashtirib ulash uchun kvadrat qavs ichida ko‘rsatilgan klavisha bosiladi, masalan [probel].


Voltmetr va ampermetr 1.4-rasmda ko‘rsatilgan. Ularning ichki qarshiliklari xossalarida beriladi.





1.4-расм. Voltmetr va ampermetr

Vaqt relesi (1.5-rasm) ulanish vaqti (on) va uzilish vaqti (off) parametrlariga ega.





1.5-расм. Вақт релеси

Ossillograf (1.6-rasm) ikkita kanalga va to‘rtta kirishga ega.







1.6-расм. Ossillograf

Uning kirishlari quyidagilar:


Umumiy (yer);
Tashqi sinxronizatsiya ;
A kanal;
B kanal.

Ossillografning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilganda uning oynasi hosil bo‘ladi (1.7-rasm).





1.7-rasm. Ossillografning oynasi


Oynadagi Expend tugmasini bosish yo‘li ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishga o‘tkazish mumkin (1.8-rasm).







1.8-rasm. Ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishdagi oynasi

Ossillografning Time base qismida uning ishlash rejimini beruvchi Y/T, B/A, A/B ulab-uzgichlar joylashgan. Y/T rejimida kirishlar A va B, abssissa o‘qi vaqt bo‘ladi, vaqtning qadami beriladi. B/A yoki A/B rejimida ossillografning og‘diruvchi plastinalariga A va V kirish kanallaridan kuchlanish beriladi.


Kuchlanish bo‘yicha masshtablar Channel A va Channel V sohalarida o‘rnatiladi. Pastda kirish ulab-uzgichlari AC (o‘zgaruvchan)/0(nol)/DC(o‘zgarmas) joylashgan.
Bir omli rezistorlar (1.9-rasm) sxema tarmoqlarida qiymati tokka teng bo‘lgan kuchlanish olish uchun ishlatiladi.



1.9-rasm. Bir omli qarshilik

Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori (1.10-rasm) qiymati tokka teng yoki proporsional bo‘lgan kuchlanish olish uchun foydalaniladi. Bunda, bir omli qarshilikdan farqli ravishda tadqiq qilinayotgan zanjirga qo‘shimcha qarshilik kiritilmaydi.





1.10-rasm. Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori
Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling