Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad


Download 289 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi289 Kb.
#1358820
Bog'liq
LABARATORIYA ISHI 5 (1)


LABARATORIYA ISHI № 5
Shina yechish va yig‘ish jihozining tuzilishini o’rganish.

  1. Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad:

  1. Shinomantaj jihozlarining tuzilishi va ishlashini o’rganish.

  2. Shinalarni muvozanatlash stendini ishlatish bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lish.

  3. Shinalarni avtomobildan yechish va o’rnatish aravachalarini ishlatishni o’rganish.

  1. Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jihozlar:

  1. Shinomantaj stendi

  2. Muvozanatlash stendi

  3. G'ildiraklarni yechish-o‘rnatish aravachasi.

  1. Umumiy ma’lumot: G‘ildiraklarni ajratish-yig’ish jarayonidagi qo’l mehnatini yengillatishda qo’zg’almas shinamontaj jihozlardan foydalaniladi, Yuritma turiga qarab, bunday jihozlar mexanik, gidravlik va pnevmatik bo’ladi.


5.1-rasm. 1850 markali shinomantaj va СВ1950 markali muvozanatlash stendi.
Avtomobil servisi korxonalari uchun texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan xilma-xil shinamontaj va muvozanatlsh qurilmalari ishlab chiqarilmoqda. Quyida shularning ayrimlari bilan tanib ishlatish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lamiz. (shinomantaj ustoxonasida)
Yuk avtomobillarining shinasini demontaj qilish uchun Sh-509, TSKB-2467, StKB-2422, StKBSh-501 M-turdagi gidravlik yuritmali jihozlar ishlab chiqarilgan. Sh-509 turdagi jihoz 7,50-12 dan 12-20 gacha bo’lgan o’lchamdagi shinalarni demontaj qilish uchun mo’ljallangan. Buning uchun g’ildirak shinasi bilan (kameradan havosini chiqarib yuborib) vertikal holatda (gidravlik ko’targich yordamida markazga to’g’rilab) pnevmatik patron bilan mahkamlanadi. Mexanik qurilma yordamida qulflash halqasi yechib olinadi. Bort halqasi 140 kN ga etadigan kuch bilan keriladi va echib olinadi. So’ngra, shinaga yechgich panjaralarini (g’ildirak diski xoshiyasi bilan bort orasiga) pona qilib qo’yiladi, bort g’ildirak xoshiyasidan (215 kN kuch bilan) ajratiladi va shina diskdan surib siljitiladi.
Yuk avtomobillarining g’ildiraklari yig’ilgan holatda (ayniqsa, juflanganlari) katta og’irlikka ega. Shuning uchun ularni yechib olish va o’rnatish ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi. Bu ishlarni yengillatish uchun avtomobil g’ildiraklarini echib olish, o’rnatish hamda ularni ta’mirlash sexlariga yetkazish uchun maxsus aravachalardan (5.2-rasm) foydalaniladi.

5.2-rasm. COMPAC WD 1600 rusumli g'ildiraklarni yechish-o’rnatish aravachasi
COMPAC WD 1600 gidravlik g'ildiraklarni yechish-o’rnatish aravachasi- yuk ko'tarish qobiliyati 1600 kg, diametri 1250 mm dan 2400 mm, kengligi 1050 mm bo’lgan g'ildiraklarni avtomobildan yechish va o’rnatish uchun ishlatiladi. umumiy o'lchamlari: 1400x1300x650 mm, og'irligi 158 kg.
Shina yechish va yig‘ish jihozining tuzilishini o’rganish mavzusidagi
labaratoriya mashg‘ulotidan
Hisobot

  1. Shinalarni yechish va yig‘ish jihozini ishlatish bo‘yicha olgan bilimingizni (shinomantaj ustoxonasida) boshqalarga aniq va ravon tushuntirish.

  2. Shinalarni muvozanatlash tartibini tushuntirish.

  3. Auditoriya va ustoxonada olinadigan bilimlar farqini izohlang, rasmlar orqali boyiting.

  4. Xulosa.

Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling