Laboratoriya ishini tashkil etish


Download 249.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi249.9 Kb.
#258778
  1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya mashgulot



Laboratoriya ishi №1 

Laboratoriya ishlarini tashkil etish: Tartibi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini va 

topshirish. Laboratoriya xonasidagi jixozlar bilan tanishish 

LABORATORIYA ISHINI TASHKIL ETISH 

        Talabalar  laboratoriya  mashg‘ulotlariga  uyda  asosiy  darsliklar,  ma’ruza 

matnlari  va  laboratoriya  ishlari  uchun  belgilangan  ko‘rsatmalar  asosida 

tayyorgarlik  ko‘radilar.  Talabalar  laboratoriya  ishiga  kirishi  bilan  xalat  kiyishi 

lozim. Ishni boshlashdan avval talabalar o‘qituvchiga ish tartibini va lozim bo‘lsa, 

shu ishga oid nazariy bilimlarini gapirib beradilar. Qoniqarli javob bergach, u ayni 

ish  uchun  kerakli  reaktiv  va  jihozlarning  (asbob)  aniq  nomi  hamda  miqdori 

ko‘rsatilgan  ro‘yxatni  o‘qituvchiga  ko‘rsatadi.  O‘qituvchi  ro‘yxatni  ko‘rib  chiqib, 

imzo  chekkach,  talabalarga  ishni  bajarishga  ruxsat  beradi.  Talabalar  ro‘yxatga 

binoan, ish uchun kerakli reaktiv va jihozlarni (asbob) laborantdan oladi. Ro‘yxat 

ish oxirigacha laborantda saqlanadi va jihozlar (asbob) laborantga topshiriladi. 

Ish  stolida  ortiqcha  narsalar  bo‘lmasligi,  uning  toza  yuzasida  zarur 

jihozlargina  terilgan  bo‘lishi  kerak.  Nihoyat,  yana  bir  marta  ish  tartibi  bilan 

tanishib chiqilgach, tajribani boshlashga ruxsat beriladi.  

Laboratori  jurnali uchun  alohida  daftar tutiladi.  Bu daftar  talabalar  ishining 

eng  yaxshi  ko‘rsatkichi  bo‘ladi.  Ish  natijalari  tajriba  davomida  bevosita 

laboratoriya jurnaliga o‘z vaqtida qayd qilib borilishi lozim. Laboratoriya jurnalini 

yuritish tartibi quyidagicha: 

 

Har  bir  mashg‘ulot  yangi  betdan  boshlab  yoziladi.  Unda  quyidagilar  qayd 



qilinadi: 

  mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;  



  mashg‘ulot mavzusi; 

  ish bajarilayotgan jihozlarning tasviri (sxemasi); 



  tajribani  bajarishning  qisqacha  bayoni  (ushbu  bayon  kitobdan 

ko‘chiriladi);  

  reaksiya tenglamalari; 



  reaksiya davomidagi fizik – kimyoviy o‘zgarishlar; 




   asosiy reaksiyalar mexanizmi;  

  xulosa. 



Tajriba tugagach, foydalanilgan reaktivlarni o‘z joyiga qo‘yish, shisha idish 

va  asboblarni  tozalab  yuvib,  laborantga  topshirish  lozim.  Foydalanilgan  jihozlar 

ba’zi  sabablarga  ko‘ra  tozalanmay  qolsa,  uni  gruppa  navbatchisi  laborant  bilan 

maxsus joyga yig‘ib qo‘yishi kerak.  




Download 249.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling