Laboratoriya ishini tashkil etish


KO‘NGILSIZ HODISALAR RO‘Y BERGANDA DASTLABKI


Download 249.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi249.9 Kb.
#258778
1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya mashgulot

KO‘NGILSIZ HODISALAR RO‘Y BERGANDA DASTLABKI 

TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH 

 

Laboratoriyada  ishlash  tartibi  puxta o‘rganilgan  bo‘lsa,  ko‘ngilsiz  hodisalar 



ro‘y  bermaydi.  Bordi-yu,  biron hodisa  yuz  bergudek bo‘lsa,  uning  oldini olish va 

dastlabki  tibbiy  yordam  ko‘rsatishni  bilish  maqsadga  muvofiqdir.  Buning  uchun 

quyidagilarga rioya qilish kerak:  

   YOng‘in  chiqib,  teri  bir  oz  kuysa,  kuygan  joyni  avvalo  kaliy 



permanganatning  kuchsiz  eritmasi  bilan  yuvib,  so‘ngra  osh  tuzining  to‘yingan 

eritmasi shimdirilgan paxta qo‘yib bog‘lash kerak.  

   Kislota  ta’sirida  kuygan  joy  avvalo  suv  bilan,  so‘ngra  suyultirilgan 



soda eritmasi bilan yaxshilab yuviladi. 

   Ishqor  ta’sirida  kuygan  joy  avvalo  qayta-qayta  suv  bilan,  so‘ngra 



sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan (3%) eritmasi bilan yuviladi.  


   Xlor,  brom  yoki  kislota  bug‘lari  bilan  zaharlanganda  tezda  ochiq 

havoga chiqish kerak. 

   Ko‘zga  kislota  sachrasa,  ko‘zni  avval  suv,  so‘ngra  3%  li  soda 



eritmasi va nihoyat, borat kislotaning to‘yingan eritmasi bilan yuvish kerak. 

  Fenoldan  kuygan  joy  teri  rangi  normal  holatga  kelguncha  glitserin 



shimdirilgan paxta bilan artiladi.  

   SHisha  sinig‘i  bilan  jarohatlanganda,  avvalo,  jarohatni  shisha 



siniqlaridan  tozalash,  so‘ng  yod  surtib,  jarohatni  sterillangan  bint  bilan  bog‘lash 

kerak.  Ko‘p  qon  ketish  xavfi  bo‘lsa,  jarohatlangan  joydan  yuqoriroqni  elastik 

qisqich bilan bog‘lanadi. Qon to‘xtashi bilan qisqich olib tashlanadi. 

  Tasodifan  og‘iz  orqali  reaktivlar  bilan  zaharlanib  qolinsa,  ko‘p  suv 



ichish kerak. Yod bilan zaharlanganda soda, kofe, choy ichish kerak. Metallarning 

tuzlari bilan zaharlanganda tuxum yutish, atala, qatiq yoki sut ichish lozim. 

  Laboratoriya dori qutichasida quyidagi dori - darmonlar bo‘lishi shart: 



bint,  tibbiy  paxta,  kuyganga  qo‘yiladigan  malham  dori,  yod  eritmasi,  spirt, 

kanakunjut moyi, kaliy permanganat, temir (III)-xlorid, mochevina, tanin, borat va 

sirka  kislota  eritmalari,  novshadil  spirt,  oq  streptotsid,  glitserin,  leykoplastir, 

kollodiy, pipetka, vazelin, pinset, rezina jgut, kompress qog‘oz va boshqalar. 

  Sentrifuga, aralashtirgich va shunga o‘xshash asboblar bilan ishlashda 



shu  asboblarning  yo‘riqnoma  qoidalariga  rioya  qilish  zarur.  Bunday  asboblarni 

nazoratiz  qoldirish  yoki  ularni  nazorat  qilib  turishni  boshqalarga  topshirish 

mumkin emas.  

  Singan  shisha  qoldiqlarini  cho‘tka  yoki  supurgi  bilan  tozalab  yig‘ish 



lozim. 

 

Jarohatlanish, kuyish va umuman, zaharlanishning hamma hollarida 



dastlabki tibbiy yordami ko‘rsatilgandan so‘ng darhol shifokorga murojaat etish 

zarur. 

Download 249.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling