Laboratoriya ishining maqsadi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana14.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1003062
1   2   3   4   5   6   7
Nazorat savollari: 
1. Tanda iplari qaysi hollarda jihozlardan o‘tqaziladi? 
2. Ip bog‘lash qaysi hollarda bajariladi? 
3. Ip bog‘lash mashinasi tarkibiga qaysi qismlar kiradi? 
4. Ip o‘tqazish jihozlarini izohlab bеring. Bеrilgan to‘qima uchun tig‘ 
nomеrini aniqlang; 
 


15-Laboratoriya ishi 
Mavzu: О‘tkazish mashinalari. Ulash mashinalari. 
Laboratoriya ishining maqsadi: Tanda iplarni o‘tkazish mashinalari ishlashi 
hamda ulash mashinalarining jarayonlarining maqsadi va moxiyati bilan tanishish.
Kеrakli jihozlar: Ip o‘tkazish va bog‘lash mashinalarining texnologik 
sxemalari va animatsion videolari hamda ip o‘tkazish dastgohi (PSM-140), ip 
bog‘lash mashinasi (UP-5), tig‘, passet, to‘quv g‘altagi.. 
 
Ishning bajarish tartibi:
1. Ip o‘tkazish (PSM) dastgohi tuzilishi bilan tanishib texnologik chizmasini 
chizish. 
2. Ip ulash (UP) mashinasini tuzilishi va ishlashini o‘rganib asosiy 
mexanizmlari chizmasini keltirish. 
3. Ip o‘tkazish va bog‘lash mashinalarida hosil bo‘ladigan chiqindilarni 
o‘rganish. 
Umumiy ma’lumotlar: 
Talabalar to‘quv dastgoxi anjomlari -tig‘, shoda, gulalarning vazifasi, tuzilishi 
va ahamayatini yaqindan o‘rganadilar. 
Ip o‘tkazish dastgohida ishchilar bajaradigan texnologik amallar ketma-
ketligini o‘rganadilar. 
Ip ulash jarayonini o‘rganish borasida talaba, bog‘lash usulini yangi va eski 
tandalarni qisqichlarga o‘rnatish, shuningdek eski va yangi tandalarni bir-biriga 
bog‘lashda xarakatlanish karetkasi va uskuna mexanizmlarini ketma-ket texnologik 
jarayon bo‘yicha o‘rganib boradilar. 
Ip ajratish, tugun bog‘lash mexanizmlarini tuzilishi va ishlashini uskunani 
kichik tezlikda yurgazib, o‘rganadilar 
Tanda ipi to‘quvchilikka tayyorlash jarayonlarining oxirgisi o‘tkazish yoki bog‘lash 
jarayoni xisoblanadi. O‘tkazish jarayonida tanda iplar lamel va gula ko‘zlaridan, tig‘ 
tishlaridan o‘tkaziladi. O‘tkazish to‘qilayotgan assortiment ya’ni tanda iplar soni va 
gulalarga o‘tkazish tartibi o‘zgarganda qo‘llaniladi. To‘quv dastgoxining jixozlari 
ishdan chiqganda ham o‘tkazish qo‘llaniladi. To‘quv karxonasida umumiy 
tandalarning 10-15 % o‘tkazilsdi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling