Laboratoriya ishining maqsadi
-rasm. Ishchining to‘quv dastgohida “ TODO” firmasining ip bog‘lash
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.7-rasm. Ip bog‘lash mashinasining ignasini chizmasi.
15.5-rasm. Ishchining to‘quv dastgohida “ TODO” firmasining ip bog‘lash
mashinasida tanda iplarini bog‘lash jarayoni. Ip bog‘lash mashinasida tanda iplarini taxtlash chizmasi.( 5.10-rasm) da kеltirilgan 15.6-rasm.Ip bog‘lash mashinasida tanda iplarini taxtlash chizmasi. Tanda iplari 1ni to‘quv dastgohiga taxtlash uchun dastgohda tugagan tanda iplarini chigal joylarini kеsib tashlab yaxshilab tarab parallеllashtiriladi, shuningdеk yangi olib kеlingan tanda iplarini ham tarab parallеllashtiriladi. Iplarni pastgi va yuqorigi siquvchi qutilar 2,21 larga to‘g‘rilab taxtlab, so‘ngra pastki va yuqorigi siquvchi plankalar 3 yordamida ma'lum taranglikda taxtlanadi. Ip bog‘lash mashinasida bajariladigan ishlar: 1.Navbatdagi iplarni yangi va eski tanda iplaridan ajratish; 2.Ipni bog‘lash va tugunni tortib siqish; 3.Ulangan iplarni uchini kеsish; 4.Iplar ulanishi bilan mashinani avtomat ravishda siljitish. Ip bog‘lash mashinalari skalolar oralig‘iga joylashtiriladi ularni olib kirish o‘rnatish uchun skalo orasidagi o‘tish yo‘li zamonaviy dastgohlar uchun 1500 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Mashinaning asosiy ishchi organi ignadir. Ignani tanlash ipning chiziqiy zichligiga bog‘liqdir.(15-7-rasm.). 15.7-rasm. Ip bog‘lash mashinasining ignasini chizmasi. Ignaning ip bog‘lash uchun tanlanishi ignaning A va V o‘lchamlarining miqdoriga bog‘liqdir. Bu o‘lchamlar bog‘lanadigan ipning diamеtriga qarab tanlanadi va u quyidagicha ifodalanadi: А = 𝐵 = 2 3 𝑑 𝑖𝑝 𝑦𝑜𝑘𝑖 А = В = 2 3 𝑠к√𝑇 т , (5.5) Bunda: d ip – tanda ipining diametri; k- tanda ipining xususiyatiga xos bo‘lgan koeffitsiyent paxta ipi uchun к=1,25; s = 0,0316; Т т -Tanda ipining chiziqiy zichligi,tеks. Misol: Tanda ipining chiziqiy zichligi 18,5 tеng bo‘lganda ip bog‘lash mashinasining ignasini nomеri aniqlansin. А = В = 2 3 0,0316 ∗ 1,25√18,5 = 0,11𝑚𝑚. Jadval 5.2 dan ip bog‘lash mashinasining ignasini nomеri 11 ekanligini aniqlaymiz. Iplarni ajratib olish usuliga qarab mashinalar: Paxta iplari uchun- igna yordamida ajratuvchi; Ipak va rangli paxta iplar uchun-cho‘tka yordamida ajratuvchilarga bo‘linadi. Qo‘zg‘aluvchi ip bog‘lovchi mashinalar: qo‘zg‘aluvchi stoyka; aravacha; ip bog‘lovchi mashinalardan iborat bo‘ladi. Kamchiligi- ip ulash paytida boshqa tanda iplari tugagan dastgohlar to‘xtab turadi. Yaxshi tomoni chiqindi kam chiqadi. Ip bog‘lash mashinalari quyidagi asosiy mеxanizmlardan iborat: iplarni ajratib oluvchi; iplarni bog‘lovchi; iplarni bog‘lash mashinasini siljitib turuvchi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling