Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi


Download 125.95 Kb.
bet1/15
Sana09.04.2023
Hajmi125.95 Kb.
#1344663
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KSTI (2)


Laboratoriya ishlar texnikasi.Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi: Talabalarda o’quvchilarga havfsizlik texnikasi qoidalarini tanishtirish ma’suliyatini oshirish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, asbob va reaktivlar.

Nazariy ma’lumot
Kimyo fanini o‘qitishda talablarga muvofiq ravishda nazarya va amaliyotning uyg’unligini ta’minlash muhim masala hisoblanadi. Moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari orasidagi bog’lanishni ochib berishda kimyoviy eksperiment, demonstratsiya va laboratoriya tajribalari katta ahamiyatga egadir.
Kimyoviy tajribalar o‘quvchilarda nazariy bilimlarni mustahkamlaydi. Turli sifat va miqdoriy reaksiyalarning rang hamda miqdor o‘zgarishi bilan borishi, cho‘kma tushishi, gaz ajralishi bilan boradigan tajribalar o‘quvchilarda fanga katta qiziqish uyg’otadi. Laboratoriya tajribalari ekologik e’tiqodni, mehnatga to‘g’ri munosabatni shakllantiradi.
Ishning borishi:
Ishni bajarishda o‘quvchilar qo‘llanmadan foydalangan holda ish natijalarini quyidagi tarzda daftarga qayd qiladilar.
1. Mavzu
2. Ishning maqsadi
3. Kerakli asbob va reaktivlar
4. Ishning borish tartibi
5. Xulosa va ish natijalari.
Bunda talabalar laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari va texnika havfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqadilar hamda texnika havfsizligi daftariga qo‘l qo‘yadilar. Shuningdek talabalar shisha bilan ishlash qoidalarini o‘rganadilar va o‘zlari mustaqil ravishda shishadan turli shakllar yasashadilar.

Laboratoriya ishlarini bajarish tartib-qoidalari

  1. O‘qituvchi ko‘rsatmalarini aniq, tartibli, ehtiyotkorlik bilan bajaring.


  2. O‘qituvchi ruxsatisiz ish joyini bo‘sh qoldirmang.

  3. Asbob, material, jihozlarni o‘qituvchi ko‘rsatgan tartibda ish stolida joylashtiring.

  4. Keraksiz asboblarni ish stolida saqlamang.

  5. Ishni boshlashdan oldin, uning mazmuni bilan yaxshilab tanishing.

  6. O‘qituvchi ruxsatisiz elektr manbalarini ulamang.

  7. Ishlab bo‘lganingizdan so‘ng, ish joyingizni tartibga solib, o‘qituvchiga topshiring.

  8. Asboblardan birortasi ishlamay qolsa yoki sinsa, albatta o‘qituvchiga ayting.


Download 125.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling