Laboratoriya ishlar texnikasi. Laboratoriyada ishlash vaqtida ehtiyot choralari Ishning maqsadi
Kimyoviy kechalrini pedagogik amaliyot vaqtida o’tkazish metodikasini ishlab chiqish
Download 125.95 Kb.
|
KSTI (2)
Kimyoviy kechalrini pedagogik amaliyot vaqtida o’tkazish metodikasini ishlab chiqish Sinfdan tashqi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning umumiy saviyasiga va tayyorgarligiga qarab o‘tkaziladi. O‘quvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh o’quvchilarni moddalarning o’zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar hosil qilish va kristallarni o’stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan kolleksiyalar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko’proq qiziqtiradi. Ikkinchi guruh o’quvchilarni moddalarning ancha murakkab o’zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullari anjumladan, eng muhim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik hayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda yechish qiziqtiradi. Qadimda ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘pi mexanik, issiqlik va qattiq moddalarni suvda erishiga asoslangan. Yegipt va Xitoy olimlari amaliy kimyoga eng ko‘p xissa qo‘shdilar. Yegiptda birinchi bo‘lib shisha, sopol mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Osiyo va Kavkazda kulolchilik taraqqiy etgan bo‘lib, mahsulotlar turli ranglarga bo‘yalgan, bundan tashqari mis va bronza taqinchoqlar yasalgan. Eramizdan oldingi 11-asrda Xitoyda qog‘oz, V1-asr boshida yuqori sifatli chinni ishlab chiqarilgan. Inson mineral moddalarni qayta ishlashdan avval organik moddalarni, o‘simlik va xayvonot mahsulotlarini oziq-ovqat sifatida qo‘llaganlar. Bu mahsulotlardan dori-darmon, bo‘yoqlar, teri oshlovchi va matolarni pardozlovchi moddalarini ola bilganlar. Zamonaviy kimyoning asosiy moddalari azot va sulfat kislotalari V1-asrda birinchi marta Arab alximiklari tomonidan kashf etiilgan.O‘rta asrlarda kimyoviy izlanishning laboratoriya usullari qo‘llanib, tajriba olib borish usullari va ko‘plab kimyoviy moddalar, birikmalar kashf etildi.Sinfdan tashqari mashg'ulotlar, sinfda o'tkaziladigan mashg'ulotlarning aksicha, butunlay ixtiyoriy asosda tashkil etiladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning ehtiyojidan va ijodiy ishga bo'lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o'rganiladigan dastur materialining kamini to'ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlatishga qaratilgan bo'ladi, bunda o'quvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. O'qituvchi esa asosan o'quvchilarning tashabbus va ijodiy faoliyatiga yordam berishi kerak. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uch shakli: guruh bo'lib ishlash, yalpi ishlash va yakka-yakka bo'lib ishlash shakllaridan foydalanish. Guruh bo'lib ishlash shakli-kimyo to'garagi,umumiy o'rta maktabda o'tkaziladigan sinfdan tashqari mashg'ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir sinf o'quvchilaridan iborat to'garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg'ulot: ko'rsatish, kimyo kechasi, kimyoviy ekskursiyalar, ijodiy konferensiya, olimpiada va hokazo. Yakka-yakka ayrim bolalar uchun olib boriladi.
Download 125.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling