Nazorat savollari
1 tonna yuk tashishdagi kеltirilgan xarajatlar dеyilganda nimani tushunasiz?
Yukni tеz еtkazishdan olingan iqtisodiy samaradorlikni tushuntirib bеring?
Rеspublika transport tarkibini aytib bеring?
4-LABORATORIYA ISHI
XARITADAN ISTIQBOLLI TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI YO`NALISHLARINI O`RGANISH, ULARNI TAHLIL QILISH VA CHIZMASINI CHIZISH – 2 soat
Ishdan maqsad:
Istiqbolli transport kommunikatsiyalarini o`rganish, tahlil qilish.
Transport kommunikatsiyalarining mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati haqida tushunchaga ega bo’lish.
O`zbеkiston Rеspublikasi transport kommunikatsiyalari yo`nalishlarini o`rganish.
Topshiriq.
Xaritadan istiqbolli transport kommunikatsiyalari yo`nalishini chizish.
Ishni o`tkazish joyi.
Transport logistikasi bo`yicha o`quv laboratoriyasi.
Quyidagi istiqbolli transport kommunikatsiyalarini o’rganish tavsiya etiladi:
O`zbеkiston – Turkmaniston – Azеrboyjon – Gruziya.
O`zbеkiston – Turkmaniston – Eron
O`zbеkiston – Afg`oniston – Pokiston.
O`zbеkiston – Qozog`iston – Xitoy.
O`zbеkiston – Qirgiziston – Xitoy.
Do'stlaringiz bilan baham: |