Laboratoriya mashg‘ulot -1
Mavzu: Tipaviy figura uchun erkaklar pidjagi bazali konstruksiyasini hisoblash va qurish
Ishdan maqsad: Tipaviy figura uchun erkaklar pidjagi bazali konstruksiyasini hisoblash va qurish old, ort bo’lak Erkaklar pidjagi texnik modelini ishlab chiqish haqida o’rgatish va bilim berish
Ishni bajarish tartibi:
1. Asosiy konstruksiyasini qurish uchun dastlabki malu`motlar
2. Asosiy konstiruksiya hisoblash va qurish usullari tahlili
3. Erkaklar pidjagi konstruksi bazis turini qurish
4. Erkaklar pidjagi texnik rasmni chizish
5. Erkaklar pidjagi tashqi ko’rinishiga tavsif berish,
6. Erkaklar pidjagi detallar spetsifikatsiyasini ishlab chiqish.
1-rasm. Erkaklar pidjagi modeli
2-rasm. Erkaklar pidjagi texnik rasm
Erkaklar pidjagi tashqi ko`rinishiga tavsif
Klassik uslubida tikilgan erkaklar pidjagi. Silueti nim yopishgan. Taqilmasi bir bortli, 2 ta tugmali. Bort pastki burchaklari aylanasimon shaklda (1-2-rasmlar).
Old bo`laklarida vitochkalari mavjud bo`lib, yon bo`laklari bilan alohida bichilgan. Old bo`lakda listochkali ko`krak cho`ntagiga va qopqoqli qirqma cho`ntaklariga ishlov berilgan.
Ort bo`lak o`rta chokli bo`lib, shu chok davomida kesim joylashgan.
Yenglari o`tkazma ikki chokli. Yeng uchlarida ochiq kesimlarga ishlov berilgan.Kesim uchta tugma bilan bezatilgan.
Pidjak astarida avralik gazlamadan ikki mag`izli ichki cho`ntaklarga ishlov berilgan.
Bort ziylariga “sof ziy” usuli bilan ishlov berilgan.
Erkaklar pidjagi
Old bo`lak
Ort yon bo`lak
Ort bo`lak
Ustki yeng
Ostki yeng
Adip
Ustki yoqa
Ostki yoqa
Qopqoqli qirqma cho`ntak qopqog`i
Qopqoqli qirqma cho`ntak astari
Qopqoqli qirqma cho`ntak mag`zi
Qopqoqli qirqma cho`ntak ko`rinmasi
Qopqoqli qirqma cho`ntak xaltasi
Listochkali qirqma cho`ntak listochkasi
Listochkali qirqma cho`ntak ko`rinmasi
Listochkali qirqma cho`ntak xaltasi
Astar
Do'stlaringiz bilan baham: |