Laboratoriya mashg’uloti-13 Pomidor konservasini tayyorlash va sifatini aniqlash. Ishning maqsadi
Download 197.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Topshiriqni bajarish. Har bir kichik guruh bir navdagi pomidordan pomidori
pastasi tayyorlaydi. Buning uchun 15 kg dan pomidor olib, qirg’ichdan o’tkaziladi va 5 minut davomida olovda qaynatiladi. Shundan so’ng sovutilib, yirik ko’zli setkalardan o’tkazilib, urug’i va po’stlog’idan ajratiladi. Zich matodan tikib tayyorlab qo’yilgan toza va sterillangan qoplarga solinib, suvsizlantirish uchun tog’araga qo’yib qo’yiladi. Vaqti-vaqti bilan ajralib chiqqan suvi olib turiladi. Qop ichidagi bosim bir oz kamaygach, qoplar osib qo’yiladi. Suvsizlangan pomidordan vaqti-vaqti bilan namuna olinib, refraktometrda quruq modda miqdori aniqlanadi. Quruq modda miqdori 39-40 % ga yetgach, mahsulot zanglamaydigan metaldan tayyorlangan tog’araga solinadi va aralashtirib turgan holda qaynash haroratiga yetkaziladi. 15 minut qaynatilib, toza, bug’lab sterillangan bankalarga ustidan bir choy qoshiq o’simlik yog’i quyib joylanadi va steril qopqoqlar bilan qopqoqlanadi. Pomidor pastasining sifati uning tashqi ko’rinishi, hidi, ta'mi va tarkibidagi quruq moddalar miqdoriga qarab aniqlanadi. Pomidor pastasining rangi, hidi va ta'mi pishgan pomidorga xos, quruq modda miqdori esa 40 % bo’lishi kerak. Olingan natijalar quyidagi jadvalga kiritiladi: Download 197.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling