LABORATORIYA MASHG’ULOTI-13
Pomidor konservasini tayyorlash va sifatini
aniqlash.
Ishning maqsadi: tabiiy sabzavot konservalari tayyorlashni o’rganish va
ularning sifatini standart talablari asosida aniqlash.
Jihozlar: Turli pomologik navdagi pomidorlar, ko’katlar, sarimsoq piyoz, tuz,
shakar, pomidor sharbati, 10 kg gacha o’lchaydigan tarozi, texnik tarozilar,
emallangan idishlar, 1-82-2000 yoki 1-82-3000 tipidagi shisha idishiar (1 litrli
bankalar bo’lishi ham mumkin), elektr yoki gaz plitalari, emallangan kastryul yoki
tog’oralar, organoleptik kartalari, tayyor mahsulot uchun standartlar.
Topshiriq: 2—3 pomologik navdagi pomidorlardan «Tabiiy butun
pomidorlar» konservasini tayyorlash, tayyor mahsulot sifatini va uning standart
talablariga mos kelishini tekshirish.