Laboratoriya mashg’uloti-13 Pomidor konservasini tayyorlash va sifatini aniqlash. Ishning maqsadi


Download 197.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi197.77 Kb.
#205908
1   2   3   4   5
Topshiriqni bajarish. Har bir kichik guruh bir navdagi pomidordan pomidori 

pastasi tayyorlaydi. Buning uchun 15 kg dan pomidor olib, qirg’ichdan o’tkaziladi va 5 

minut davomida olovda qaynatiladi. Shundan so’ng sovutilib, yirik ko’zli setkalardan 

o’tkazilib,  urug’i  va  po’stlog’idan  ajratiladi.  Zich  matodan  tikib  tayyorlab  qo’yilgan 

toza  va  sterillangan  qoplarga  solinib,  suvsizlantirish  uchun  tog’araga  qo’yib 

qo’yiladi.  Vaqti-vaqti  bilan  ajralib  chiqqan  suvi  olib  turiladi.  Qop  ichidagi  bosim 

bir oz kamaygach, qoplar osib qo’yiladi. Suvsizlangan pomidordan vaqti-vaqti bilan 

namuna  olinib,  refraktometrda  quruq  modda  miqdori  aniqlanadi.  Quruq  modda 

miqdori  39-40  %  ga  yetgach,  mahsulot  zanglamaydigan  metaldan  tayyorlangan 

tog’araga solinadi va aralashtirib turgan holda qaynash haroratiga yetkaziladi. 15 minut 

qaynatilib,  toza,  bug’lab  sterillangan  bankalarga  ustidan  bir  choy  qoshiq  o’simlik 

yog’i quyib joylanadi va steril qopqoqlar bilan qopqoqlanadi. 

Pomidor  pastasining  sifati  uning  tashqi  ko’rinishi,  hidi,  ta'mi  va  tarkibidagi 

quruq moddalar miqdoriga qarab aniqlanadi. 

Pomidor pastasining rangi, hidi va ta'mi pishgan pomidorga xos, quruq modda 

miqdori esa 40 % bo’lishi kerak. Olingan natijalar quyidagi jadvalga kiritiladi: 




Download 197.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling