Laboratoriya mashG’uloti №2 Mavzu: Molekulyar biologiyaning metodlari Mashg’ulotning maqsadi
Download 26.29 Kb.
|
2-laboratoriya
LABORATORIYA MAShG’ULOTI № 2 Mavzu: Molekulyar biologiyaning metodlari Mashg’ulotning maqsadi: Molekulyar biologiyaning tadqiqot metodlari, ularni xillari, amaliy ahamiyati va qo‘lanilishini o‘rganish. Biokimyoviy tadqiqotlarning asosiy usullari. Biokimyoning ish ob’yekti tirik organizm bo‘lganligi sababli undan biror moddani ajratib olishda murakkab usullardan foydalaniladi. Odatdagi fizik-kimyoviy tahlillar uchun bir qator qo‘shimcha jarayonlarni bajarish lozim bo‘ladi. Biologik materialdan moddalarni ajratib olish jarayoni tartibi taxminan quyidagicha: 1. Gomogenlash. 2. Ultrasentrifugalash. 3. Ekstraksiya. 4. Tahlil (issiqlik bilan ishlov berish, dializ, sedimentasiya, elektroforez, xromatografiya). Ajratib olish va tahlil qilish usuli biologik moddalarni xususiyatlariga bog‘liq. Ajratib olingan biologik materiallarni tekshirishda, qo‘yilgan maqsadga binoan moddalarni tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganiladi. Ularni miqdoriy aniqlashda turli xil fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy tahlil usullaridan, shuningdek ajratilgan birikmaning elektron qobig‘ini kvant-mexanik hisoblaridan foydalaniladi. Qo‘llaniladigan usullar biologik moddalarning tabiiy strukturasini saqlab qolish imkonini berishi kerak. Eksperiment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun biologik materialni osonlik bilan olish mumkin. Klinikada bu imkoniyat nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to‘qimalari va dori preparatlari ishlatiladi. Plazma, qon zardobi va boshqa biologik suyuqliklar har xil tabiiy moddalarning suvda erigan aralashmasidan iborat. Fermentlar esa tabiatan murakkab oqsillardan tashkil topganligi sababli, ularni aniqlashda biologik suyuqliklarga tarkibini o‘zgartiruvchi moddalar qo‘shilmaydi, bordi-yu ferment kontsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, suyultiriladi. Agarda biologik suyuqlikdagi ferment tekshirilayotgan moddani katalizlab, aniqlashga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan to‘xtatiladi. Odatda, bu maqsad uchun uch xlor sirka kislotasi, nitrat, fosfor volframli, sulfat kislotalari yoki termik ta`sir qo‘llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa oqsillar ham cho‘kmaga tushadi. Download 26.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling