Laboratoriya mashg`uloti. №2. Mavzu: Tindirish apparatlarni texnologik parametrlarini aniqlash. Mashg`ulot rejasi


Download 25.99 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi25.99 Kb.
#1848513
Bog'liq
2-laboratoriya


Laboratoriya mashg`uloti. №2.
Mavzu: Tindirish apparatlarni texnologik parametrlarini aniqlash.
Mashg`ulot rejasi:
1. Tindirgichlar haqida umumiy ma`lumot
2. Tindirgichlarning ishlash prinsiplari
Mashg‘ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan suvlarni tindirish apparatlarida tindirish uchun, uning texnologik parametrlarini aniqlashni o‘rganish.
Tayanch iboralar: gidravlik yiriklik, gorizontal va vertical tindirgichlar, silindr,
Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko‘rgazmali qurollar.
1.Probirkalar 2.Organik shisha idishlar. 3.Plakatlar
Topshiriqlar:
1.Tajriba mashg‘ulotni o‘tkazish uchun namunalarni tayrlash.
2.Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma bilan tanishish;
3.Tindirish apparatini ko‘rsatkichlarin aniqlash
Ishning nazariy asoslari:
VI.Tajriba mashg‘ulotini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar
Suvda erimaydigan uncha ko‘p bo‘lmagan bekorchi qo‘shimchalarni ajratib olish tindirish deb ataladi. Bunda og‘ir zarrachalar cho‘kadi, yengillari esa suvning yuziga qalqib chiqadi. Suv tindirladigan inshootlar tindirgichlar deb ataladi. Suv tindirilayotganda harakat yo‘nalishiga qarab ular bo‘ylanma , ko‘ngdalang va radial tindirgichlarga bo‘linadi. Oqova suv tindirilayotganda suvning yuzasiga qalqib chiqadigan moddlarning nomiga qarab ular yog‘ tutgich, neft tutgich va hokazo deb yuritiladi.
Beshta silindrga oqova suv 50-100mldan quyiladi va tindiriladi.Tindirish uchun 10 minutdan 30 minutgacha vaqt ketadi.Har bir silindrdagi suvning tindirish uchun belgilangan vaqt tugagandan keyin suvni chayqalatmay ustidan pipetka yordamida ozroq namuna olib uning loyqaligi Snellen asbobida tekshirib ko‘riladi. Har bir silindrdagi suvning tinuvchanligi shu suvning loyqaligini ko‘rsatadi va u quyidagi formuladan foydalanib hisoblab chiqariladi:

Bunda: Mg-dastavval olingan suvning loyqaligi, mg/l;
-suvning belgilangan vaqt ichida tindirilgandan keyingi loyqaligi, mg/l;
Loyqaning o‘lchamlari gidravlik yiriklik (I0)deb ataluvchi qiymat, ya’ni suvdagi zarrachalarning tinch turgan holatdagi cho‘kish tezligi bilan ifodalanadi.
Gidravlik yiriklik quyidagi formuladan foydalanilib hisoblab chiqariladi:

bunda: h-silindrdagi suvning balandligi, mm;
-cho‘kish uchun ketgan vaqt , sek.
Olingan natijalar jadvalga yoziladi. Cho‘kmaga tushish egri chizig‘ini chizish uchun foydalaniladigan tajribaviy ma’lumotlar.

Silindrning tartib raqami

Dastlab olingan suvning loyqaligi Mg, mg/l

Tindirilgandan keyingi loyqalik ,mg/l

Tinuvchanlik
Pi

gidrovlik yiriklik
Ii

Suvning silindrdagi balandligi, h

Tindirish uchun ketgan vaqt,






















Jadvalga keltirilgan ma’lumotlardan cho‘kma tushish egri chizig‘i f(U) chiziladi va shulardan foydalanib gidravlik yirikli topiladi. Bu qiymat oqova suvning tozalangandan keyingi loyqaligi ga qarab , biz uchun kerakli bo‘lgan tindirish samarasi ni hisoblab chiqarishga imkon beradi:

bu yerda: Mk –suvning tindirlgandan keyingi ruxsat etilgan loyqaligi, mg/m
Shundan keyin tindirgichning parametrlari (ko‘rsatgichlari) quyidagi tartibda hisoblab topiladi.
1.Qancha suv sarf qilinishi ( m3 /soat) berilgan bo‘lsa, gorizontal tindirgichning umumiy yuzasi (m2 ) quyidagi ifoda orqali hisoblab topiladi:

bu yerda: -oqim tezligining vertikal holda ta’sirini e’tiborga oluvchi koeffitsent:
( )= ; bunda
-tindirgichdagi suvning harakatini o‘rtacha tezligi , mm/sek
2.Tindirgichning kengligi quyidagicha topiladi:

bu yerda: - tindirgichning chuqurligi, m
3.Tindirgichning uzunligi quyidagi ifoda orqali topiladi.

4.Suv loyiqalanyotgan tindirgichda qancha vaqt bo‘lish T0 (soat) quyidagi ifoda yordamida topiladi:



Rasm: Gorzantal qum ushlagichning sxemasi:

  1. suv kiritish quvurchasi;

  2. qum ushlagich;

  3. qum yig`gich;

  4. suv chiqarish quvurchasi;



Rasm: Gorzantal to`siqli qum ushlagichning semasi:



Mashg‘ulotning bajarganligi to‘g‘risida talabaning hisoboti:
1.Tindirish apparatlari to‘g‘risida tushuncha bering.
2.Tindirish apparatini chizmasini chizing.
3.Tindirish jarayonining borish to‘g‘risida ma’lumot bering.
Download 25.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling