1.1. Radiuslari bir xil bo’lgan aylana uzunligi, doira yuzasi va sharning hajmini hisoblang.
1.2. Katetlari berilgan to’g’ri burchakli uchburchakning perimetri va yuzasini hisoblang.
1.3. Uchlarining koordinatalari berilgan uchburchakning perimetri va yuzasini hisoblang.
1.4. Uchta berilgan haqiqiy sonlar uchun o’rtacha geometrik qiymatini kasr qismini hisoblang.
1.5. Berilgan A butun sonni ikki xonali toq son ekanligini aniqlang.
1.6. Berilgan uchta sonning eng kattasini aniqlang.
1.7. Ikkita to’g’ri to’rtburchak o’zini tomonlari bilan berilgan. Birinchi to’g’ri to’rtburchak to’lig’icha ikkinchisining ichida joylashishini aniqlang.
1.8. Qiymatlari ma’lum bo’lgan a, b, c sonlarni shunday joylashtiringki a, b, c lar mos ravishda eng kichik, o’rtacha va eng katta qiymatli tartibda joylashsin.
1.9. ax4 + bx2 + c = 0 bikvadrat tenglamani yeching.
1.10. Koordinatalari (x, y) berilgan nuqtaning qaysi chorakda yotganini aniqlang.
MASSIV VA GRAFIKAGA DOIR DASTURINI TUZISH
Ishdan maqsad: Talabalarda pascal muhitiga sodda masala dasturlarini kiritish va ulami tahrirlash. pascal muhitiga shartli operatorlar yordamida masalani yechish dasturini tuzishni o’rganish.
Masalaning qo’yilishi: Pascal muhitiga sodda masala dasturlarini kiritish va ulami tahrirlash, pascal muhitiga shartli operatorlar yordamida masalani yechish dasturini tuzish.
Nazariy qism
Ko‘pincha ma’lum bir oiladagi qiymatlarni (haftaning kunlari-dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba yoki yilning fasllari- qish, bahor, yoz, kuz kabi) qabul qiladigan kattaliklar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Zarur bo‘lsa, yangi tip orqali bu qiymatlarni aniqlash va foydalanish mumkin. Bu ish umumiy ko‘rinishda
type tip nomi = ( elementlar ro ‘yxati) ;
tarzida tashkil qilinadi. Masalan:
type KUN = dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, uakshanba) ; var X: KUN;
Do'stlaringiz bilan baham: |