Laboratoriya mashg`uloti №3 mexanik uzatmali tebratma dastgohlarni ta’mirlashni о‘rganish


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2022
Hajmi209.34 Kb.
#999293
Bog'liq
LABORATORIYA 3



LABORATORIYA MASHG`ULOTI № 3 
 MEXANIK UZATMALI TEBRATMA DASTGOHLARNI TA’MIRLASHNI 
О‘RGANISH. 
 
 Ishning maqsadi: Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinini 
chegarasigacha mashina yog‘i tо‘ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz 
davrida yozgi yog‘lar qo’yilishni o’rganish va maxkamlashni bilish. 
3.1.Nazariy malumotlar 
Tebratma -dastgohning konstruksiyasi 3.1-rasmda kо‘rsatilgan
Tebratma-dastgoh tik о‘rnatilgan ramadan tuzilgan, betonli poydevorga
о‘rnatiladi. Muvozanatlagich kallak bilan (teskari yuk bilan) reduktor ikkita
krivoshipli bо‘ladi, unga teskari og‘irlik va ikkita shatunli traverslar
mahkamlanadi.
Elektrdvigatel valining (11) aylanishi pona tasmali uzatma (15) yordamida 
reduktorni (10) etakchi valga uzatiladi. Elektrdvigatelning almashtiriladigan 
shkivlari tebratma dastgohning turiga va uning yuk kо‘taruvchanligiga bog‘liq 
bо‘ladi, diametrlari 63mm.dan 450mm.gacha bо‘ladi. 
Reduktorning etakchi vali va shkivlarining diametri hamma turdagi tebratma 
dastgohlar uchun о‘zgarmaydi, reduktorning yuk kо‘taruvchanligi va burash 
momentiga bog‘liq bо‘ladi, tebratma dastgohlarni yuk kо‘taruvchanligi unga katta 
bо‘lmaganda, 315mm.dan 1250mm.gacha о‘zgaradi.
3.1-rasm.Tebratma- dastgoh: 
1-muvozanatlagich boshchasi; 2-kallakni tо‘xtatuvchi qurilma; 3-muvozanatlagich 
tayanch podshipnik; 4-muvozanatlagich; 5-teskari og‘irlik; 6-osma traversning 
sferik podshipniki; 7-shatun; 8-krivoshipni teskari og‘irligi; 9-krivoship; 10-


reduktor; 11-elektrdvigatel; 12-tormozli qо‘l dastak; 13-rama; 14-ustun; 15-
ponasimon tasma; 16-poydevor . 
Ponasimon tasmali uzatmaning uzatishlar sonining о‘zgarishi 2,5 dan 5 
gacha etganda, elektr dvigatel valining shkivlari almashtiriladi.
Hamma turdagi tebratma dastgohda polirovkali shtokning yurish uzunligini 
о‘zgartirish maqsadida shatunni mahkamlash uchun krivoshipda teshiklar
ochiladi.
Polirovkali shtokning yurish yо‘lining uzunligi shatunning ostki barmog‘ini 
krivoshipni teshigiga qayta о‘rnatish bilan о‘zgartiriladi, bunda krishipning radiusi 
о‘zgaradi. Polirovkali shtokning yurish uzunligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Muvozanatlagichning tebranishlari soniga mos keladigan tavsifga ega 
bо‘lgan elektrdvigatelni tanlash yoki elektrdvigatel validagi shkiv diametrini 
о‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Tebratma dastgohning uzoq muddat ishlashi va avariya holatiga duchor 
bо‘lmasligi, uning muvozanatlanganligiga bog‘liq. Nomuvozanatli tebratma 
dastgohda plunjerni yuqoriga yurishida, qurilmaga quvurlardagi suyuqlik 
ustunining og‘irligi va shtanganing og‘irligi ta’sir qiladi.
Plunjer pastga harakatlanganda elektrdvigatel yuksizlanadi va ishlatishda
qatnashmaydi, bunda plunjer pastga shtanganing xususiy og‘irligi tasirida siljiydi. 
Bunday yukning ishorasini о‘zgaruvchanligi, qurilmaning uzoq muddat xizmat 
qilishiga va ayniqsa elektrdvigatelning ishiga salbiy tasir qiladi. Shuning uchun
elektrdvigatelning о‘z muddatidan oldin eyilishga ta’sir etuvchi noqulay ta’sirlarni 
bartaraf etish uchun plunjerning har bir qо‘shaloq yurishdagi yuklamasi 
muvozanatlanadi. Bunday tebratma dastgohning muvozanatlanishini amalga 
oshirish uchun, muvozanatlagichning orqa uchiga qarshi og‘irlik osiladi yoki 
krivoshipga о‘rnatib tenglashtiriladi.
Tebratma dastgoh shtangasini bir tekis yuklantirib, tо‘liq 
muvozanatlashtirish kerak, tebratma-dastgohning muvozanatlashtirishni uchta 
usuli amalda mavjud: muvozanatlagichli, rotorli va murakkabli.
Doimiy ravishda reduktorning shotun va muvozanatlagich boshchasini, 
traverslarning, sharnirlarning va ishqalanadigan qismlarini moylab turish talab
qilinadi.
Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinini chegarasigacha mashina 
yog‘i tо‘ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz davrida yozgi yog‘lar 
qo’yiladi. Tebratma-dastgohning boshqa detallari konsistentni surtmalar bilan
suriladi. 


Nazorat savollari: 
1. Nasoslarning umumiy tavsiflarini keltiring? 
2. Shtangali chuqurlik nasoslarni qо‘llanilishini izohlang? 
3. Tebranma- dastgohlarni tuzilishini izohlang? 
4. Shtangasiz nasoslarni shtangasiz nasoslardan farqini tushuntiring?
jarayoniga –ajralish (separatsiya) deyiladi.

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling