Laboratoriya mashg`uloti №3 mexanik uzatmali tebratma dastgohlarni ta’mirlashni о‘rganish
Download 209.34 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1.Nazariy malumotlar
- Nazorat savollari
LABORATORIYA MASHG`ULOTI № 3 MEXANIK UZATMALI TEBRATMA DASTGOHLARNI TA’MIRLASHNI О‘RGANISH. Ishning maqsadi: Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinini chegarasigacha mashina yog‘i tо‘ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz davrida yozgi yog‘lar qo’yilishni o’rganish va maxkamlashni bilish. 3.1.Nazariy malumotlar Tebratma -dastgohning konstruksiyasi 3.1-rasmda kо‘rsatilgan Tebratma-dastgoh tik о‘rnatilgan ramadan tuzilgan, betonli poydevorga о‘rnatiladi. Muvozanatlagich kallak bilan (teskari yuk bilan) reduktor ikkita krivoshipli bо‘ladi, unga teskari og‘irlik va ikkita shatunli traverslar mahkamlanadi. Elektrdvigatel valining (11) aylanishi pona tasmali uzatma (15) yordamida reduktorni (10) etakchi valga uzatiladi. Elektrdvigatelning almashtiriladigan shkivlari tebratma dastgohning turiga va uning yuk kо‘taruvchanligiga bog‘liq bо‘ladi, diametrlari 63mm.dan 450mm.gacha bо‘ladi. Reduktorning etakchi vali va shkivlarining diametri hamma turdagi tebratma dastgohlar uchun о‘zgarmaydi, reduktorning yuk kо‘taruvchanligi va burash momentiga bog‘liq bо‘ladi, tebratma dastgohlarni yuk kо‘taruvchanligi unga katta bо‘lmaganda, 315mm.dan 1250mm.gacha о‘zgaradi. 3.1-rasm.Tebratma- dastgoh: 1-muvozanatlagich boshchasi; 2-kallakni tо‘xtatuvchi qurilma; 3-muvozanatlagich tayanch podshipnik; 4-muvozanatlagich; 5-teskari og‘irlik; 6-osma traversning sferik podshipniki; 7-shatun; 8-krivoshipni teskari og‘irligi; 9-krivoship; 10- reduktor; 11-elektrdvigatel; 12-tormozli qо‘l dastak; 13-rama; 14-ustun; 15- ponasimon tasma; 16-poydevor . Ponasimon tasmali uzatmaning uzatishlar sonining о‘zgarishi 2,5 dan 5 gacha etganda, elektr dvigatel valining shkivlari almashtiriladi. Hamma turdagi tebratma dastgohda polirovkali shtokning yurish uzunligini о‘zgartirish maqsadida shatunni mahkamlash uchun krivoshipda teshiklar ochiladi. Polirovkali shtokning yurish yо‘lining uzunligi shatunning ostki barmog‘ini krivoshipni teshigiga qayta о‘rnatish bilan о‘zgartiriladi, bunda krishipning radiusi о‘zgaradi. Polirovkali shtokning yurish uzunligini quyidagicha aniqlash mumkin: Muvozanatlagichning tebranishlari soniga mos keladigan tavsifga ega bо‘lgan elektrdvigatelni tanlash yoki elektrdvigatel validagi shkiv diametrini о‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Tebratma dastgohning uzoq muddat ishlashi va avariya holatiga duchor bо‘lmasligi, uning muvozanatlanganligiga bog‘liq. Nomuvozanatli tebratma dastgohda plunjerni yuqoriga yurishida, qurilmaga quvurlardagi suyuqlik ustunining og‘irligi va shtanganing og‘irligi ta’sir qiladi. Plunjer pastga harakatlanganda elektrdvigatel yuksizlanadi va ishlatishda qatnashmaydi, bunda plunjer pastga shtanganing xususiy og‘irligi tasirida siljiydi. Bunday yukning ishorasini о‘zgaruvchanligi, qurilmaning uzoq muddat xizmat qilishiga va ayniqsa elektrdvigatelning ishiga salbiy tasir qiladi. Shuning uchun elektrdvigatelning о‘z muddatidan oldin eyilishga ta’sir etuvchi noqulay ta’sirlarni bartaraf etish uchun plunjerning har bir qо‘shaloq yurishdagi yuklamasi muvozanatlanadi. Bunday tebratma dastgohning muvozanatlanishini amalga oshirish uchun, muvozanatlagichning orqa uchiga qarshi og‘irlik osiladi yoki krivoshipga о‘rnatib tenglashtiriladi. Tebratma dastgoh shtangasini bir tekis yuklantirib, tо‘liq muvozanatlashtirish kerak, tebratma-dastgohning muvozanatlashtirishni uchta usuli amalda mavjud: muvozanatlagichli, rotorli va murakkabli. Doimiy ravishda reduktorning shotun va muvozanatlagich boshchasini, traverslarning, sharnirlarning va ishqalanadigan qismlarini moylab turish talab qilinadi. Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinini chegarasigacha mashina yog‘i tо‘ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz davrida yozgi yog‘lar qo’yiladi. Tebratma-dastgohning boshqa detallari konsistentni surtmalar bilan suriladi. Nazorat savollari: 1. Nasoslarning umumiy tavsiflarini keltiring? 2. Shtangali chuqurlik nasoslarni qо‘llanilishini izohlang? 3. Tebranma- dastgohlarni tuzilishini izohlang? 4. Shtangasiz nasoslarni shtangasiz nasoslardan farqini tushuntiring? jarayoniga –ajralish (separatsiya) deyiladi. Download 209.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling