Laboratoriya mashg`uloti №7 Bajarish muddati: 2019-yil. Mashg`ulot uchun ajratilgan soat: 2
Download 1.93 Mb.
|
Axrabjonova Xumora 7-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
- 1-rasm. Mo`yqalam shaklini tanlash paneli. Eslatma
- TOPSHIRIQLARNING BAJARILISHI: 1-topshiriq
- XULOSA
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Laboratoriya mashg`uloti №7 Bajarish muddati:.______________2019-yil. Mashg`ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat. Laboratoriya jihozlari: Adobe Photoshop dasturi. Mavzu: Adobe Photoshop dasturida turli uskunalar bilan tasvirlar yaratish. Ishning maqsadi: Adobe Photoshop dasturida turli uskunalarning vazifalari imkoniyatlari bilan tanishish. Nazariy qism: Abode Photoshop tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo`shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog`larni o`chirish, eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash mumkin. Rasmlarga matn kiritish qo`shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o`tish, suratdagi ranglarni o`zgartirishi, almashtirishi mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo`lib, u gazeta va jurnallarni turli tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Adobe Photoshop tasvir tahrirlagichi juda murakkab programmadir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar xolos. Optsiyalar panelida Brush (mo`yqalam) uslubini tanlash uchun strelkasi ustiga bosiladi (1-rasm). Har bir piktogramma ustidagi raqamlar mo`yqalamning qalinligini piksellarda ko`rsatadi. Agar siz istalgan mo`yqalam ustiga olib borsangiz shu mo`yqalamning qalinligi va turi haqida ma’lumot chiqadi. Mo`yqalam panelini yopish uchun paneldan tashqaridagi ekranning istalgan joyiga bosiladi va avtomatik tarzda panel yopiladi. Mode(Aralashtirish rejimi) bo`limini tanlanadi, hamda Opacity ((2-rasm) (Shaffoflik)(Neprozrachnost)) bo`limini foiz ko`rsatkichida Brush (Kist) uskunasi uchun tanlanadi. Agar ko`rsatilgan qism parametri 100% ni tashkil qilsa mo`yqalam shtrixi pastki piksellarni mutloq qoplaydi. 1-rasm. Mo`yqalam shaklini tanlash paneli. Eslatma: faqatgina shaffof bo`lmagan qatlamlarni rangini o`zgartirish uchun Layers (Qatlam (Sloi)) palitrasida Lock transparent pixels (Zafiksirovat prozrachno`e tochki) ustiga bayroqchani o`rnatiladi. 2-rasm. Opacity parametrini belgilash paneli Photoshop 7.0 programmasi yordamida biz bir qancha standart mo`yqalamlar yoki o`zimiz o`lchamlarini va ko`rinishini kiritgan holda juda qiziqarli rassomchilik ishlarini amalga oshirishimiz mumkin. Rasmlar bilaan ishlash uchun yangi protsessor o`ta qiziqarli bo`lgan rasmlarni yaratish imkonini beradi. Photoshop 7.0 programmasida standart va avvaldan foydalanuvchi kiritgan rasmlarni nusxalab unga sayqal berish, shu bilan birga tasvirga xo`l va quruq mo`yqalam usullarida bezak berish mumkin. Mo`yqalam paketiga barg va o`tlarni tasvirini yaratadigan maxsus effect mo`qalamlari kiritildi. Maxsus original tasvirlarni yaratish uchun skanerdan o`tkazilgan rasm va matnlarni orqa fon sifatida shaffof ko`rinishda tasvirga kiritish mumkin. Photoshop 7.0 programmasi protsessori faqat yangi tasvir yaratish imkoniyatlari bilan cheklanib qolmay, balki boshqaruvning soddalashgani e’tiborga olingan. TOPSHIRIQLAR: 1. Adobe Photoshop dasturida “Ufq” (Градиент) uskunasi yordamida fon hosil qiling. 2. Adobe Photoshop dasturida “Matn” (Текст) uskunasi yordamida familiya va ismingizni yozing. 3. Kiritilgan matn uchun turli ranglarni qo`llang. TOPSHIRIQLARNING BAJARILISHI: 1-topshiriq: Adobe Photoshop dasturini ishga tushiramiz va uskunalar panelidagi Градиент uskunasi yordamida bayroq ko`rinishidagi fonni hosil qilamiz. 2-topshiriq: Hosil bo`lgan fonga Текст uskunasi yordamida “O`zbekiston” matnini yozamiz. 3-topshiriq: Har bir kiritgan matnimiz uchun “Sloi” oynasidagi “Sloi 1” yorlig`iga sichqonchaning o`ng tugmasini bosib “Параметры наложение” bo`limiga kiramiz va u yerdagi tugmalar orqali hosil qilgan matnimizga rang beramiz, soya qo`shishimiz mumkin. XULOSA Men bu laboratoriya mashg`ulotida Adobe Photoshop dasturining asosan Градиент va Текст uskunalari bilan ishladim. Ular orqali turli fon hosil qilishni, hosil bo`lgan fonga matn yozishni, yozilgan matnlarga turli rang, shakl, ko`rinish berishni o`rgandim. Bu amallarni o`qituvchimiz yordamida bajardik va esda saqlab qolamiz. Chunki bu dastur va unda hosil qilishimiz mumkin bo`lgan shakl va rasmlar bizga kelajak hayotimizda kerak bo`ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI “Kompyuter grafikasi” U.S. Jo`rayev, D.B. Abdurahimov uslubiy qo`llanma. Guliston 2016. Internet ma’lumotlari: Ziyo izlagan qalblar uchun kutubxona. M. Aripov, B. Begalov, U. Begimqulov, M. Mamarajabov “Axborot texnologiyalari”, Toshkent – “Noshir” – 2009 Internet saytlari: google.com Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling