Laboratoriya mashg`uloti №7 Bajarish muddati: 2019-yil. Mashg`ulot uchun ajratilgan soat: 2


Download 1.93 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1520706
Bog'liq
Axrabjonova Xumora 7-laboratoriya ishi


Laboratoriya mashg`uloti №7
Bajarish muddati:.______________2019-yil.
Mashg`ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat.
Laboratoriya jihozlari: Adobe Photoshop dasturi.
Mavzu: Adobe Photoshop dasturida turli uskunalar bilan tasvirlar yaratish.
Ishning maqsadi: Adobe Photoshop dasturida turli uskunalarning vazifalari imkoniyatlari bilan tanishish.
Nazariy qism:

Abode Photoshop tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo`shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog`larni o`chirish, eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash mumkin. Rasmlarga matn kiritish qo`shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o`tish, suratdagi ranglarni o`zgartirishi, almashtirishi mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo`lib, u gazeta va jurnallarni turli tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.


Adobe Photoshop tasvir tahrirlagichi juda murakkab programmadir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar xolos. Optsiyalar panelida Brush (mo`yqalam) uslubini tanlash uchun strelkasi ustiga bosiladi (1-rasm). Har bir piktogramma ustidagi raqamlar mo`yqalamning qalinligini piksellarda ko`rsatadi. Agar siz istalgan mo`yqalam ustiga olib borsangiz shu mo`yqalamning qalinligi va turi haqida ma’lumot chiqadi. Mo`yqalam panelini yopish uchun paneldan tashqaridagi ekranning istalgan joyiga bosiladi va avtomatik tarzda panel yopiladi. Mode(Aralashtirish rejimi) bo`limini tanlanadi, hamda Opacity ((2-rasm) (Shaffoflik)(Neprozrachnost)) bo`limini foiz ko`rsatkichida Brush (Kist) uskunasi uchun tanlanadi. Agar ko`rsatilgan qism parametri 100% ni tashkil qilsa mo`yqalam shtrixi pastki piksellarni mutloq qoplaydi.



1-rasm. Mo`yqalam shaklini tanlash paneli.
Eslatma: faqatgina shaffof bo`lmagan qatlamlarni rangini o`zgartirish uchun Layers (Qatlam (Sloi)) palitrasida Lock transparent pixels (Zafiksirovat prozrachno`e tochki) ustiga bayroqchani o`rnatiladi.





2-rasm. Opacity parametrini belgilash paneli

Photoshop 7.0 programmasi yordamida biz bir qancha standart mo`yqalamlar yoki o`zimiz o`lchamlarini va ko`rinishini kiritgan holda juda qiziqarli rassomchilik ishlarini amalga oshirishimiz mumkin.


Rasmlar bilaan ishlash uchun yangi protsessor o`ta qiziqarli bo`lgan rasmlarni yaratish imkonini beradi. Photoshop 7.0 programmasida standart va avvaldan foydalanuvchi kiritgan rasmlarni nusxalab unga sayqal berish, shu bilan birga tasvirga xo`l va quruq mo`yqalam usullarida bezak berish mumkin. Mo`yqalam paketiga barg va o`tlarni tasvirini yaratadigan maxsus effect mo`qalamlari kiritildi. Maxsus original tasvirlarni yaratish uchun skanerdan o`tkazilgan rasm va matnlarni orqa fon sifatida shaffof ko`rinishda tasvirga kiritish mumkin. Photoshop 7.0 programmasi protsessori faqat yangi tasvir yaratish imkoniyatlari bilan cheklanib qolmay, balki boshqaruvning soddalashgani e’tiborga olingan.
TOPSHIRIQLAR:

1. Adobe Photoshop dasturida “Ufq” (Градиент) uskunasi yordamida fon hosil qiling.


2. Adobe Photoshop dasturida “Matn” (Текст) uskunasi yordamida familiya va ismingizni yozing.
3. Kiritilgan matn uchun turli ranglarni qo`llang.


TOPSHIRIQLARNING BAJARILISHI:


1-topshiriq:
Adobe Photoshop dasturini ishga tushiramiz va uskunalar panelidagi Градиент uskunasi yordamida bayroq ko`rinishidagi fonni hosil qilamiz.

2-topshiriq:
Hosil bo`lgan fonga Текст uskunasi yordamida “O`zbekiston” matnini yozamiz.


3-topshiriq:
Har bir kiritgan matnimiz uchun “Sloi” oynasidagi “Sloi 1” yorlig`iga sichqonchaning o`ng tugmasini bosib “Параметры наложение” bo`limiga kiramiz va u yerdagi tugmalar orqali hosil qilgan matnimizga rang beramiz, soya qo`shishimiz mumkin.





XULOSA
Men bu laboratoriya mashg`ulotida Adobe Photoshop dasturining asosan Градиент va Текст uskunalari bilan ishladim. Ular orqali turli fon hosil qilishni, hosil bo`lgan fonga matn yozishni, yozilgan matnlarga turli rang, shakl, ko`rinish berishni o`rgandim. Bu amallarni o`qituvchimiz yordamida bajardik va esda saqlab qolamiz. Chunki bu dastur va unda hosil qilishimiz mumkin bo`lgan shakl va rasmlar bizga kelajak hayotimizda kerak bo`ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



  1. “Kompyuter grafikasi” U.S. Jo`rayev, D.B. Abdurahimov uslubiy qo`llanma. Guliston 2016.

  2. Internet ma’lumotlari:

Ziyo izlagan qalblar uchun kutubxona.

  1. M. Aripov, B. Begalov, U. Begimqulov, M. Mamarajabov “Axborot texnologiyalari”, Toshkent – “Noshir” – 2009

  2. Internet saytlari: google.com



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling