Laboratoriya mashg`uloti №9-10 Mavzu: Mehmonxona bronlash dasturlaridan foydalanish. Ishning maqsadi
Download 1.9 Mb.
|
Muxriddin 9-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
- Topshiriqlar: Bronlash bilan tanishish. Mehmonxona bronlash. Topshiriqlar bajarilishi
- Nazorat savollari
- Foydalanigan adabiyotlar
Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish yo`nalishi 2-kurs 17.89 guruh talabasi Abdurahmonov M LABORATORIYA MASHG`ULOTI № 9-10 Mavzu: Mehmonxona bronlash dasturlaridan foydalanish. Ishning maqsadi: Talabalarga mehmonxona bronlash tizimidan foydalanishni o`rgatish. Nazariy qism: Mehmonxona bronlash tizimi orqali biz O`zbekiston bo`ylab mehmonxonalar, xostellar va mehmon uylaridan o`zimizga ma`qul bo`lgan xonalarni oldindan buyurtma qilishimiz mumkin. Bu esa bizning vaqtimizni tejab, tejalgan vaqtni samarali foydalanishimizga yordam beradi. Topshiriqlar: Bronlash bilan tanishish. Mehmonxona bronlash. Topshiriqlar bajarilishi: Mehmonxonalarda bronlash nomerni bronlash haqida so’rov (Reservation) turli kanallar (elektron pochta, faks, telefon, teleks) orqali kelishi mumkin. So’rov kelganida kompьyuterda yoki daftarda mijoz haqida quyidagi ma'lumotlar qayd etiladi: • familiyasi, shaxslar soni, yashash manzili; • qanday nomer va qancha muddatga kerakligi; • nomer haqini to’lash kafolati va haqni kim to’lashi; • mijozning alohida xohish-istaklari (nomerda gullar, allergik uchun parsiz yostiq va sh.k.). Har bir buyurtmaga raqam beriladi. Bronlashni kafolatlash depozit yoki kredit kartochkasi bilan amalga oshiriladi. Buyurtmani qabul qilgan xizmatchi mijoz tarixini (agar u mehmonxonada ilgari to’xtagan bo’lsa) tekshirib ko’rishi va uning natijalariga ko’ra tegishli belgilar qo’yishi yoki bronlashni rad etishi lozim. Аgar buyurtma bir nechta nomerga (masalan, kongress o’tkazish uchun) berilgan bo’lsa, u bilan maxsus xodim shug’ullanadi. Kompaniyadan yoki turistik firmadan bronlashga so’rov olinganida bronlash xizmati xodimi mehmonxona mazkur firma bilan xizmat ko’rsatishga shartnoma tuzgan yo tuzmaganligini, shartnoma shartlarini (eng avvalo,, mehmonxona qanday korporativ narxda nomer taqdim etishi lozimligini) tekshirib ko’rishi kerak. Mehmonxonada bo’sh nomerlar bo’lgan taqdirda, mijozga tasdiqnoma (confirmation) yuboriladi. Ushbu tasdiqnomada nomerga joylashish sanasi, nomer turi, nomerda yashash kunlari soni, buyurtma raqami ko’rsatiladi. Аgar so’rovda nomerda yashash kunlarining soni haqida ma'lumot bo’lmasa, nomer bir kunga bronlashtiriladi. Аgar mijozning kechroq kelishi haqida belgi (latearrival) bo’lmasa, mijoz mehmonxonaga soat 18 gacha yetib kelishi lozim. Muayyan nomer odatda kafolatlanmaydi. Аgar tarif ma'lum qilingan bo’lsa, u odatda muayyan diapazon ko’rinishida beriladi. Аgar mijoz depozit kiritgan bo’lsa, nomer uning kelish-kelmasligidan qat'i nazar saqlanadi. O`zbekiston mehmonxonalarini bron qilish uchun asosiy tizim bu mybooking.uz hisoblanadi. Intrnet bouserlaridan mybooking.uz saytiga kiramiz “Shahar yoki mehmonxona nomini kiriting” menyusidan kerakli shaharni tanlaymiz. Kerakli joy tanlangandan so`ng “Farg`ona” nomi paydo bo`lgan menyuni tanalymiz shunda tanlagan hududimizdagi mehmonxonalar narxlarini bilish uchun menyusi tanlanadi. Shunda quydagi oyna paydo bo`ladi Yuqoridagi oynaning chap tarafidan mehmonxonani natijalar bo`yicha tanlash mumkin. O`zimizga maqul mehmonxonani tanlaymiz: Mehmonxona tanlangandan so`ng tugmasini bosamiz. Kerakli xona tanlanib tugmasi bosiladi shunda quydagi ma`lumotlar to`ldiriladi. Nazorat savollari: Bronlash tizimi nima? Milliy bronlash tizimlarimiz? Dunyo bo`yicha bronlash tizimlar haqida bilasizmi? Mehmonxona bronlash tizimining afzaliklari? Mehmonxonani bronlashda dastlab nima qilinadi? Mehmonxonalarda bronlash nomerni bronlash haqida so’rov qanday bajariladi? Mehmonxonada bo’sh nomerlar bo’lgan taqdirda, mijozga tasdiqnoma (confirmation) yuboriladimi? Аgar so’rovda nomerda yashash kunlarining soni haqida ma'lumot bo’lmasa, nomer necha kunga bronlanadi? Аgar mijozning kechroq kelishi haqida belgi (latearrival) bo’lmasa bron bekor qilinadimi? Аgar mijoz depozit kiritgan bo’lsa, nomer uning kelish-kelmasligidan qat'i nazar saqlanadi. Xulosa Аgar so’rovda nomerda yashash kunlarining soni haqida ma'lumot bo’lmasa, nomer bir kunga bronlashtiriladi. Аgar mijozning kechroq kelishi haqida belgi (latearrival) bo’lmasa, mijoz mehmonxonaga soat 18 gacha yetib kelishi lozim. Muayyan nomer odatda kafolatlanmaydi. Аgar tarif ma'lum qilingan bo’lsa, u odatda muayyan diapazon ko’rinishida beriladi. Аgar mijoz depozit kiritgan bo’lsa, nomer uning kelish-kelmasligidan qat'i nazar saqlanadi. Foydalanigan adabiyotlar R.Hayitboyev, O. Pardayev, “Turizm menejnenti” Samarqand 2010 Mamatqulov M.M “Turizm infratuzilmasi” Samarqand 2009 www.mybooking.uz www. uzbekturizm.uz Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling