Laboratoriya mashg’uloti №9 mavzu №9: bug’doy mikroflorasini aniqlash. 2-soat
Download 234.13 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA MASHG’ULOTI № 9
LABORATORIYA MASHG’ULOTI №9 MAVZU №9: BUG’DOY MIKROFLORASINI ANIQLASH. 2-soat Ishning maqsadi: bug’doy mikroflorasini aniqlash. Talabalarni don va don maxsulotlarini don va don maxsulotlarini zararkunandalar bilan zararlanganligini umumiy yig‘indisini aniqlash ishlari bilan tanishtirish. Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar va reaktivlar: adabiyotlar, jadvallar, kalkulyator. Ishning bajarilishi tartibi: Zararlanganlik tirik xashoratlar va toshkanalar mavjudligi bilan belgilanadi. Bu texnologik kо‘rsatkich xisoblanib, donning saqlashga chidamliligi va uni kelgusida buzilish extimolini tavsiflaydi. Dondagi bu kо‘rsatkichni baxolash Rossiyaning 13586.6-93 “Don. Zararkunandalardan zararlanganlikni aniqlash usullari” DS bilan (О‘zbekistonda xam 132586.6-93) “Don. Zararkunandalardan zararlanganlikni aniqlash usullari” DS bilan aniqlanadi. Ifloslanganlik tirik va о‘lik xashoratlar va toshkanalar mavjudligi bilan aniqlanadi. Bu gigiyenik kо‘rsatkich bо‘lib, donning oziq-ovqat maqsadlariga yaroqlilik darajasini inspeksiyasi tomonidan 1996 yil 18-oktabrida tasdiqlangan “Don, urug‘liklar, dukkakli ekinlar, yorma, un va kepaklarda zararkunandalarni aniqlash usullari” tо‘g‘risidagi xujjatga muvofiq amalga oshiriladi. Don zaxiralarning zarakunandalar (xashoratlar va toshkanalar) bilan zararlanganligini bildiruvchi kо‘rsatkich ilk marotaba “Oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat maxsulotlari sifati xamda xavfsizligiga oid gigiyenik talablar. SANPiP 2.3.2.560-96” ga 1998 yil 1-yanvardan (RASXNVNIIZ don maxsulotlarini zararkunandalardan ximoya qilish va sanitar qо‘riqlash laboratoriyasi tavsiya bilan) kiritilgandir. Zararlanganlik (ifloslanganlik) xashoratlarning (zararkunandalarning) 1 kg donda bо‘lgan umumiy yig‘indisi (ZUY) bilan ifolanadi. Misol: Ikki don partiyasini zararlanganlik umumiy yig‘indisi aniqlaymiz. Birinchi partiya donda о‘rtacha namunaning taxlili bо‘yicha (1kg donda) 15ta pichanxо‘rak va 26ta un toshkanasi borligi aniqlangan. Ikkinchi partiyada esa 1 kg donda ombor uzuntumshug‘idan 2 ta va g‘alla parmalovchi qо‘ng‘izdan 3ta topilgan. Ushbu ikki partiyani baxolash va ularni о‘zaro taqqoslash uchun G.A.Zakladnoy ZUY uslubini qо‘llashni tavsiya etdi. Shartli birlik sifatida bizda eng kо‘p tarqalgan don zararkunanlaridan biri bо‘lmish bitta sholi uzuntumshug‘ining keltiradigan zarari ekvivalent qilib qabul qilinadi. Don omborlarining boshqa xashoratlari uchun, ular keltiradigan zarar sholi uzuntumshug‘i zarari bilan о‘lchanib ularning zararkunandalik koeffitsenti aniqlanadi. Shunday qilib, istalgan don partiyasining zararlanganligi va ifloslanganligi qiyosiy birliklarda yoki amalda 1 kg dondagi sholi uzuntumshug‘ining shartli miqdoriga nisbatan baxolanadi. ZUY quyidagi formula bо‘yicha xisoblanadi: ZUY don/kilogramm=Σ (Pv*Kv), bunda: Pv-xar bir zararkunandaning о‘rtacha yig‘indisi (dona/kilogramm); Kv-tur keltiradigan zarar koeffitsiyenti. Misolimizdagi ikki partiyadagi zararlanganlik (ifloslanganlikni) tavsiflovchi raqamlarni qо‘yamiz, ular uchun ZUYni xisoblab chiqamiz. 1-partiya: (15*0,1)+(26*0,05)=2,8 dona/kg; 2-partiya: (2*1,5)+(3*1,7)=8,1 dona/kg. Demak:olingan natijalardan kо‘rinib turibdiki ikkinchi partiyada zararlanganlik va ifloslanganlik darajasi birinchisiga qaraganda ancha yuqori ekan. Gigiyena muammolaridan xalos bо‘lish uchun aytib о‘tishimiz kerak, SanPiN 2.3.2.500-96 oziq-ovqat maqsadlariga ishlatiladigan don, shu jumladan, bug‘doy, suli, tritikale, javdar, arpa, tariq, grechixa, sholi, makkajо‘xori, oq jо‘xori donlarning zararkunandalardan zararlanganligi ZUY bо‘yicha 15 dona/kilogramm darajasida belgilangan. Un va yorma ifloslanganlikka yо‘l qо‘yilmaydi. Belgilangan normativlardan ortiqcha zararlangan donni oziq-ovqat maqsadlarida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ishlatish, albatta, mumkin emas. Ammo Rossiyaning “Don zaxiralari zararkunandalariga qarshi kurash bо‘yicha yо‘riqnoma”si, asosida, ZUY maksimal darajada yо‘l qо‘yiladigan darajadan (MMD) yuqori bо‘lsa, ammo 1kg donda 90 donadan oshmasa, bunday donni xashoratlar bilan zararlanmagan toza donga qо‘shish yо‘li bilan xamda zararkunandalar miqdorini MMD (maksimum mumkin bо‘lgan daraja)gacha tushirish sharti bilan bilan donni oziq-ovqat maqsadida ishlatishga yо‘l qо‘yilishi ta’kidlangan. Ifloslanish MMD dan yuqori bо‘lgan donni (A, foizlarda) qancha toza donga aralashtirish kerakligini quyidagi formula bо‘yicha xisoblab chiqsa bо‘ladi: A=1500 ZUY Ammo ZUY 1kg donda 90 donadan kо‘p bо‘lsa, uni xatto toza donga qо‘shib xam oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish mumkin emas. ZUY kabi qulay kо‘rsatkich asosida don partiyasining xashoratlar va toshkanalardan zararlanganligini darajalar bо‘yicha tavsiflash imkoniyati paydo bо‘ladi va u Rossiyaning 13486.6-93 DSiga kiritilgan. ZUY kabi qulay kо‘rsatkich asosida don ratiyasining xasharotlar va toshkanalardan zararlanganligini darajalar bо‘yicha tafsiflash imkoniyati paydo bо‘ladi va u Rossiyaning 13486.6-93DSiga kiritilgan va 15- jadvalda ana shu gradatsiya keltirilgan. Download 234.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling