Laboratoriya mashg’uloti. Donning orgonoleptik va fizik-kimyoviy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash
Donning naturasini 20 litrli purkada aniqlash
Download 25.59 Kb.
|
1-laboratoriya mashg’uloti. Donning orgonoleptik va fizik-kimyov
Donning naturasini 20 litrli purkada aniqlash.
Purkaning o’lchagich sig’imi 20 l ga mo’ljallangan. U ikkita rels ustida donni to’ldirish joyidan tarozigacha va teskari yo’nalishda osongina harakatlanadi. Purka to’ldirgich (quyuvchi varonka), tekislovchi pichoq, tarozi toshlari, don solinadigan idish (24 l) lardan tashkil topgan. Donni solishdan avval o’lchagich tayanchgacha harakatlantirilib tiraladi. Quyuvchi varonkaning pastki teshigi to’sgich yordamida yopiladi. Tarozi pallalarining to’xtashiga mo’ljallangan moslama bilan jihozlangan. Idishga 24 l don solinadi. Idish ko’tarilib, pastki to’sgich bilan yopilgan varonkaga don quyuladi. Shundan so’ng to’sgich ochilib, don o’lchagichni to’ldiradi. Tekislovchi pichoq siljitilib, ortiqcha don tushiriladi va don bilan to’ldirilgan o’lchagich tortiladi. O’lchashda hisobni osonlashtirish maqsadida kilogrammli toshlar pallaning pastki qavatiga, grammli toshlar esa yuqorigi qavatiga qo’yiladi. Donning har qaysi namunasi bo’yicha natura ikki marta aniqlanadi. 20 litrlik purkadan ikkita parallel nazorat va orbitraj aniqlashlar orasidagi farq suli uchun 35 g/l boshqa barcha ekin donlari uchun 20 g/l dan oshmasligi kerak. Bunda namunalar 10 g miqdordagi aniqlik bilan tortiladi. Donning naturasi GOST 10840 – 64 ―don naturasini aniqlash‖ bo’yicha berilgan usullarda aniqlanadi. Donning xajmiy oirligi donning asosiy unboplik xossalarini baholovchi ko’rsatkich hisoblanadi: xajmiy og’irlik qanchalik yuqori bo’lsa, bu dondan shunchalik ko’p un olish mumkin. Don tarkibidagi begona aralashmalar xajmiy oirlikni noto’ri ko’rsatadi, shuning uchun begona aralashmalarni ajratish maqsadida aniqlanayotgan don diametri 6 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Donning namligi yuqori bo’lsa, uning xajmiy oirligi pasayadi. Don naturasining ko’rsatkichidan bog’liq holda asosiy ekinlarning donlari bo’yicha kategoriyalari aniqlangan. Download 25.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling