Laboratoriya mashg’uloti. Donning orgonoleptik va fizik-kimyoviy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash


Bug’doy donining mutlaq (1000 ta don ) massasini aniqlash


Download 25.59 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi25.59 Kb.
#1209376
1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya mashg’uloti. Donning orgonoleptik va fizik-kimyov

Bug’doy donining mutlaq (1000 ta don ) massasini aniqlash
Bu ko’rsatkich donning yirikligi, unning shaffofligi, zichligi bilan ijobiy bog’langan, shuning uchun u donning texnologik xossalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Qobiqli (yormabop) donlarda mag’iz miqdori 1000 ta donning massasi kamayishi bilan birga kamayadi, bir vaqtning o’zida ularning qobiqdorligi oshadi. Navli un tortishda 1000 ta donning oirligi 40 g dan yuqori bo’lgan yirik frakstiyada, 1000 ta donnini oirligi 23 g dan kam bo’lgan mayda frakstiyaga nisbatan unning chiqishi 3 – 5 % ga yuqori bo’ladi.
Bug’doy donining naturasini aniqlash.
Donnig naturasi 1 litr donning grammlarda ifodalangan hajmiy og’irligi, shuningdek bir gektolitr donning qilogrammlarda ifodalangan oirligi. Donning naturasi asosan bir litrli purkada yoki yigirma litrli purkada anaqlanadi. Yigirma litrli purkada eksport uchun mo’jallangan donlarning naturasini tekshiriladi.
Donning hajmiy oirligi uning asosiy unboplik xossalarini baholovchi ko’rsatgich hisoblanadi: hajmiy og’irlik qanchalik yuqori bo’lsa, bu dondan shunchalaik ko’p un olish mumkin. Don tarkibida begona aralashmalar bo’lishi hajmiy oirlikni noto’ri ko’rsatadi, shuning uchun begona aralashamalarni ajratish maqsadida aniqlanayotgan don diametri 6 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Donning namligi yuqori bo’lsa, uning hajmiy og’irligi pasayadi. Don naturasining ko’rsatkichidan boliq holda asosiy ekinlarning donlari bo’yicha kategoriyalari aniqlangan.
Donning hajmiy oirligi bu 1 litr hajmdagi donning grammlarda ifodalangan og’irligidir. Donning hajmiy oirligi qanchalik katta bo’lsa, u shuncha yaxshi rivojlangan, yirik bo’ladi. Hajmiy og’irlik kattaligi donning shakliga, namligiga, yirikligiga, ifloslanganligi va aralashmalar turidan boliq. Agar hajmiy oirligi 740 g/litrdan kam bo’lganda unning chiqishi har bir 17 g/l, hattoki 13 g/l hajmiy og’irlikning pasayishiga 1 % dan kamayadi. Hajmiy oirligi 740 g/l dan yuqori bo’lganda uning ta’siri kamroq bo’ladi, hajmiy og’irligi kamayganda unning sifati yomonlashadi. Donning naturasi 1 litr donning grammlarda ifodalangan xajmiy og’irligi, shuningdek bir gektolitr donning kilogramlarda ifodalangan og’irligi.
Donning naturasi asosan bir litrli purkada yoki 20 litrli purkada aniqlanadi. 20 litrli purka eksport uchun mo’ljallangan donlarning naturasini tekshirish uchun ishlatiladi.

Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling