Laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Oqsillarni cho’ktirish reakstiyalari


Download 49.44 Kb.
bet1/5
Sana29.09.2023
Hajmi49.44 Kb.
#1689835
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-laboratoriya oqsillardan 17.04.23

laboratoriya mashg`uloti

Mavzu: Oqsillarni cho’ktirish reakstiyalari


Ko’pgina omillar oqsil moddalarning fiziko-kimyoviy xossalariga ta’sir etib, uning makromolekulasi tuzilishida o’zgarishlarga olib keladi. Bu prostess denaturastiya nomi bilan ma’lum. Denaturastiya natijasida oqsil makromolekulasining aktiv konformastiyasi buziladi. Bu o’zgarish birinchinavbatda ikkilamchi va uchlamchi strukturalarga tegishli bo’lib, bunda kovalent bog`lar buzilmaydi.
Denaturadiyani yuzaga chiqaruvchi omillarni 2 ga: fizikaviy va kimyoviylarga bo’lish mumkin.
Fizikaviy omillarga yuqori temperatura, mexanik ta’sir, ultratovush bilan ta’sir etish, ionlashtiruvchi nurlanishlar kiradi. Kimyoviy omillarga og`ir metall ionlari bilan, mineral va organik kislotalar, ammoniyning neytral tuzlari, ishqoriy va ishqoriy-er metallari, organik erituvchilar va alkaloidlar bilan cho’ktirishlar kiradi. Mochevina, detergentlar va bir qancha bo’yovchi moddalar ham shunday natijani beradi.
Bir qancha fizik omillarning ta’sir kilish mexanizmi kimyoviy o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Masalan, ultratovush to’lqini va ionlashtiruvchi nurlanish oqsil makromolekulasining kimyoviy o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Oqsillarni cho’ktirish reakstiyasi qaytar va qaytmas bo’ladi. Qaytar cho’kishda oqsilning makromolekulasi chuqur denaturastiyaga uchramaydi, cho’kma boshlangich erituvchida (masalan, suvda) erishi mumkin. Qaytar cho’kish ammoniyniig neytral tuzlari, ishqoriy va ishqoriy-er metallar, spirt, asteton, efir va boshqa organik erituvchilar bilan cho’ktirilganda amalga oshadi.
Qaytmas cho’kishda oqsilning kuchli denaturastiyasi kuzatiladi. Bunda oqsil gidrofil xususiyatini yo’qotib, gidrofob bo’lib qoladi. Denaturastiyaga uchragan oqsil o’zining boshlang`ich fiziko-kimyoviy va biologik xossalarini qayta tiklayolmaydi. Qaytmas cho’kish yuqori temperatura, konstentrlangan mineral kislotalar, og`ir metall ionlari, alkaloidlar, detergentlar, bo’yovchi moddalar ta’sirida amalga oshadi.

  1. Download 49.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling