Laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Oqsillarni cho’ktirish reakstiyalari


Download 49.44 Kb.
bet5/5
Sana29.09.2023
Hajmi49.44 Kb.
#1689835
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-laboratoriya oqsillardan 17.04.23

Ishning bajarilishi: Uchta probirka olib, 1- probirkaga 1 ml sulfat kislota, 2
- siga 1 ml nitrat kislota, 3 - siga esa 1 ml xlorid kislotadan quyiladi. Probirkalarni 45°ostida qiyshaytirib, probirka devori orqali oqsil eritmasidan solinadi. Kislota va oqsil chegarasida oq halqa hosil bo’ladi. Probirkalar sekinlik bilan chayqatiladi va 1-probirkaga qo’shimcha sulfat kislota, 2-siga nitrat kislota, 3-siga esa xlorid kislota qo’shiladi. Oqsil cho’kmasi sulfat va xlorid kislotada qayta erib ketadi, nitrat kislotada erimaydi. Bu reakstiya oqsilni tezlik bilan aniqlashda qo’llaniladi. Masalan, siydikdagi oqsilni bilish uchun shu reakstiya ko’llaniladi.
  1. Oqsilni organik kislotalar bilan cho’ktirish


Organik kislotalar ta’sirida oqsillar qaytmas cho’kadi. Har xil kislotalar turlicha ta’sir ko’rsatadi. Sulfosalistil va uchxlorsirka kislotalar esa boshqalariga nisbatan samarali ta’sir qiladi.
Uchxlorsirka kislota ta’sirida faqat oqsillar cho’kmaga tushadi. Sulfosalistil kislota esa oqsildan tashqari uning parchalanish mahsulotlari bo’lgan peptonlarni va polipeptidlarni ham cho’ktiradi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 10%-li sulfosalistil kislota, v) 10%-li uchxlorsirka kislota.
Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularga 2 ml dan oqsil eritmasidan quyiladi. Birinchi probirkaga 5 tomchi uchxlorsirka kislotadan, 2-siga esa shuncha miqdorda sulfosalistil kislotadan solinadi. Ikkala probirkadagi oqsil cho’kmaga tushadi.
  1. Oqsilni og`ir metall tuzlari bilan cho’ktirish


Oqsillar mis, ko’rg`oshin, simob, rux, kumush va boshqa og`ir metall tuzlari bilan cho’kmaga tushadi. Og`ir metall ionlari bilan oqsillarni cho’ktirilishi murakkab prostess hisoblanadi. Bunda avval suvda erimaydigan kompleks birikma hosil bo’ladi. Bu hosil bo’lgan birikma og`ir metall tuzlarining qo’shimcha miqdorida erib ketadi (AgNO3 va NgSI2 dan tashqari).
Og`ir metall tuzlari oqsil mistellisiga adsorbstiyalanib, elektr zaryadini o’zgartiradi (neytral holga kelguncha). Og`ir metall tuzlari beradigan denaturastiya oqsilning 2-lamchi va 3-lam-chi strukturalarida chuqur buzilishga olib keladi. Peptid bog`larining uzgarishiga asosan ular orasidagi bog`larning buzilishi sabab bo’ladi (asosan, disulfid bog`lari). Disulfid bog`ining vazifasi asosan oqsilning 2-lamchi va 3-lamchi strukturasini ushlab turish xisoblanadi. Shuning uchun bu bog`ning buzilishi oqsil strukturasining buzilishiga ya’ni oqsilning kaytmas denaturastiyasiga sababchi bo’ladi.
Og`ir metall tuzlarining qo’shimcha mikdorida cho’kmaning erib ketishiga sabab shuki, bunda og`ir metall ionlari oqsil mistellisiga adsorbstiyalanib, ularni
musbat zaryadlab qo’yadi, natijada bir xil zaryadlangan mistellidan zaryadlar itariladi. Bu esa cho’kmaning erib ketshiga olib keladi.
Reaktivlar: a) tuxum oksili eritmasi. b) 5%- li qo’rg`oshin astetat, v) 2,5%- li kumush nitrat. g) 5% li temir xlorid, d) 5%- li mis sulfat.
Ishning bajarilishi: To’rtta probirka olib, ularga 1 ml dan tuxum oqsili eritmasidan solinadi va tomchilatib og`ir metall tuzlarining eritmasidan solinadi: 1- probirkaga qo’rg`oshin astetat, 2-probirkaga mis sulfat, 3-probirkaga temir xlorid, to’rtinchi probirkaga kumush nitrat eritmalaridan cho’kma tushguncha solinadi. Keyin har bir probirkaga kerakli tuz eritmalaridan qo’shimcha solinadi, natijada uchchala probirkadagi cho’kmalar erib ketadi. To’rtinchi probirkadagi kumush nitrat solingan cho’kma erimaydi.
Download 49.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling