Ketma-ketli registr kirishdagi ma’lumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumot yozishdan avval registr dastlabki holatga (0) o‘rnatiladi. JK-triggerlar asosidagi to‘rt razryadli ketma-ketli siljitish registri funktsional sxemasi 9.2-rasmda keltirilgan. Registr tarkibiga kiruvchi razryadli triggerlar o‘zaro ulanganligi sababli, bunday registr yuqorida aytib o‘tilgan mikroamallardan tashqari saqlanayotgan ma’lumotni o‘nga siljitish amalini ham bajaradi.
Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog‘onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qo‘llaniladi. Bu esa sinxrosingnal berilishi bilan ma’lumotni faqat bitta razryadga siljitishni kafolatlaydi. Ko‘p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda ma’lumotni chapga surish talab etiladi. Ma’lumotlarni ikkala yo‘nalishda siljitish imkoniga ega bo‘lgan ketma-ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi. Universal registr K555IR11 tsokolevkasi 9.3-rasmda keltirilgan.
9.1-rasm. Parallel registr shartli belgisi (a) va uning sxemasi (b).
9.2-rasm. To‘rt razryadli ketma-ketli siljitish registri funktsional sxemasi.
Nazorat savollari
RS-trigerlar haqida tushuncha bering
RS-trigerning ishlash prinsipini tushuntirib bering
RS-Trigger prinsipial sxemasi keltiring
Sinxron RS-trigerlar haqida tushuncha bering
Asinxron RS-trigerlar haqida tushuncha bering
RS-trigerning avfzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
D-trigerlar haqida tushuncha bering
D -trigerning ishlash prinsipini tushuntirib bering
D -Trigger prinsipial sxemasi keltiring
D-trigerning avfzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
T-trigerlar haqida tushuncha bering
T -trigerning ishlash prinsipini tushuntirib bering
T -Trigger prinsipial sxemasi keltiring
T-trigerning avfzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |