Laborotoriya ishi. Tokorlik dastgoxlarida ishlar bajarish


Download 326 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi326 Kb.
#1648726
  1   2
Bog'liq
6-7 lABARATORIYA ISHI


6-7 LABOROTORIYA ISHI.
TOKORLIK DASTGOXLARIDA ISHLAR BAJARISH.


1. Ishdan kuzatilgan maqsad:
1. Kesish rejimi elementlarini xisoblash metodikasi bilan tanishish.
2. TK-16 markali tokarlik stanogining tuzilishi va ishini o‘rganish.
3. Aniqlangan rejimga muvofiq mustaqil ravishda stanokda detal tayyorlash.
2. Kerakli uskuna va anjomlar.
1. TK-16 markali tokarlik stanogi,shtangul sirkul, zagatovkalar, turli xildagi keskichlar va parmalar.
3.Umumiy ma’lumotlar.
Tokarlik stanoklari sanoatda eng ko‘p tarqalgan metal kesish stanoklari xisoblanadi. Tokarlik stanoklari birinchi gruppa stanoklari bo‘lib ularga oddiy, vint qirqish, ko‘p keskichli, rezvolver, labovoy va kerusel stknoklari hamda avtomat va yarim avtomatlar kiradi. Tokarlik stanoklarida tashqi va ichki aylanma jismlarninig yuzalarini ishlashdan tashqari, teshiklarni kengaytirish, parmalash, zenkerlash, razvertkalash, tashqi va ichki rezbalarni o‘yish, konus va xosildor yuzalarni xosil qilish mumkin.
Tokarlik ishlarini bajarishda har xil keskichlar, parmalar, zenkerlar.razvertkalar, metchiklar va plashkilar ishlatiladi. Tokarlik stanoklarini xarakterlovchi asosiy o‘lchamlar markazlar orasidagi masofa va stanokdan markazlar orasigacha bo‘lgan masofalardir. Markazlar orasidan staninagacha bo‘lgan masofa ishlanadigan zagatovkaningsh maksimal radiusini ko‘rsatadi, markazlar orasidagi masofa esa (keyingi babkaning o‘ng chetki xolatida) ishlanadigan zagatovkaning mumkin bo‘lgan uzunligini bildiradi.

3. Tokarlik vint qirqish stanogining asosiy qismlari va ularning vazifalari.


Tokarlik stanoklari quyidagi asosiy qismlardan iborat.(1-rasm).

1-rasm. Tokorlik vint qirqish stanogining umumiy ko‘rinishi
A –oldingi babka, Б-ketingi babka, В- support, Г- stanina, Д- fartuk, Е- surish qutisi, И- boshqarish organlari
Stanina – stanokning asosiy qismlaridan bo‘lib, unga stanokning barcha uzellari o‘rnatiladi va maxkamlanadi. Staninaning yuqori qismida yo‘naltirgichlar bo‘lib, ularda support va keyingi babka joylashgan.
Keyingi babka - Keyingi babka staninaning o‘ng tomonida joylashgan. U uzun zagatovkalarni ishlashda markaz yordamida zagatovkaning o‘ng tomonidan tutib turish uchun hizmat qiladi, hamda parma, zenker, razvertkani qistirib zagatovkaga ishlov berishda foydalaniladi.
Oldingi babka Oldingi babka staninagi qo‘zg‘almaydigan qilib maxkamlangan quti bo‘lib, unga shpindelga har xil aylanish tezliklar beradigan tezliklar qutisi,
patron va boshqarish organlari joylashgan .
Support keskichni bo‘ylama ,ko‘ndalang va burchak hosil qilib yurgizishga hizmat qmladi. Cupport to‘rt qismdan iborat. Bo‘ylama va salazka, ostki va yuqori qismdan iborat. Supportning yuqorigi qismiga to‘rt pozitsiyali keskich- tutkich o‘rnatilgan.
Fartuk – supportning ostki qismiga maxkamlangan bo‘lib, surish vintining yoki surish valining aylanma harakatini supportning ilgarilangan harakatiga aylantirib beradi.
Surilish qutisi – uzatma qutisidan harakatni surilish vinti orqali olib, supportni bo‘ylama va ko‘ndalang surilish qiymatlarini o‘zgartirish uchun hizmat qiladi.
Boshqarish organlari- stanokning boshqarish dastalar, maxoviklar, va boshqa detallar yordamida bajariladi. Shpindel aylanishlar sonini rostlash detallari (rukoyatkalar), rezba qadamini rostlash dastasi , o‘naqay va chapaqay rezbaga o‘rnatish dastasi karetkani yurgizish maxovigi , supportning kshndalangiga surish dastasi, supportning karetkasini surish dastasi, supportning bo‘ylama va ko‘ndalang qo‘lda surish maxoviklari hamda boshqa dasta va knopkalar kiradi.



Download 326 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling