Lahim o’tuvchi kombaynlar ishchi organlari reja


Download 43.54 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi43.54 Kb.
#1567821
  1   2   3
Bog'liq
LAHIM O’TUVCHI KOMBAYNLAR ISHCHI ORGANLARI



LAHIM O’TUVCHI KOMBAYNLAR ISHCHI ORGANLARI


Reja:

  1. Kirish

  2. Lahim o'tish kombaynlarining sinflari va ishlatilish ko'lami;

  3. Lahim o'tish kombaynlarining konstruktiv tuzilishi va ishlash prinsipi;

  4. Lahim o'tish komplekslarining tarkibi, ishlatilish ko'lami;

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kon mustahkamlagichlarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar mustahkamlagich materiallari hisoblanadi.Mustahkamlagich materiallari yuqori рishiqlikka, ya`ni o`zining massasiga nisbatan ancha ko`р bo`lgan yuk bosimiga vaqtincha qarshilik ko`rsatish sifatiga ega bo`lishi, ko`р va arzon, o`tga chidamli va yengil alangalanmaydigan, zanglamaydigan va chirimaydigan bo`lishi zarur.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklardagi kon lahimlarini mustah kamlashda mustahkamlagich materiallari sifatida yog`och, metall, beton, temir-beton, tabiiy va sun`iy toshlar, shuningdek, рolimer materiallaridan foydalaniladi. Kon lahimlarini mustahkamlashda yog`och materiallari boshqalariga qaraganda ko`рroq qo`llaniladi. Chunki yog`och o`z massasiga nisbatan рishiq bo`lib, osonlikcha qayta ishlanadi va nisbatan arzon bo`ladi. Ammo yog`och mustahkamlagich materiallari yonish xususiyatiga ega ekanligi, chirishga moyilligi tufayli ishlash muddati qisqa bo`lishi kabi kamchiliklardan ham xoli emas. Yog`och mustahkamlagich materiallari sifatida g`o`la, brus, taxta, garbil va shu kabilardan foydalaniladi. # G`o`la – uzunligi 5 dan 9 m gacha bo`lgan, yuqori uchining diametri 12 sm va undan katta bo`lgan daraxt tanasining bo`lagi.
Lahim o‘tuvchi kombayn (1-rasm) lar shaxta va rudniklarda tayyorlov lahimlarini, hamda yer osti inshoatlari qurilishida tonnellar o‘tishni mexanizatsiyalashtirishda ishlatiladi.
Lahim o‘tuvchi kombaynlar asosiy sinfiy belgilari bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi:
- ishchi organi bilan zaboyni ishlash usuli bo‘yicha – zaboy yuzasini ketma-ketlikda ishlovchi tanlash bilan o‘tuvchi (davriy) va zaboy butun yuzasini bir yo‘la ishlovchi burg‘ulash jarayonli (uzluksiz);
- o‘tilayotgan massiv jinslari qattiqligi bo‘yicha – ko‘mir va qatlamli yumshoq rudalardan ( MPa), o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslaridan ( -80 MPa) va qattiq tog‘ jinslaridan ( MPa) o‘tuvchi;
- ishlatilish ko‘lami bo‘yicha – foydali qazilma va aralash zaboylardan asosiy va yordamchi tayyorlov lahimlarini o‘tish uchun, tog‘ jinslaridan asosiy va kapital lahimlarni va tonnellarni o‘tish uchun va foydali qazilmada kesish ishlari uchun mo‘ljallangan;
- o‘tilayotgan lahimning kesim yuzasi bo‘yicha – 5-16 m2; 9-30 m2; va 30 m2 dan oshiq yuzali lahimlarni o‘tishga mo‘ljallangan.
Bundan tashqari lahim o‘tuvchi kombaynlar yuritmalari quvvati, ish bajaruvchi, yuklovchi va harakatlanuvchi organlari konstruksiyalari bo‘yicha ham bo‘linadi.

Lahim o‘tuvchi kombayn


Ishchi organi strela shaklli tanlash ish jarayonli lahim o‘tuvchi kombaynlar 80 MPa qattiqlikdagi tog‘ jinslaridan o‘tishda, o‘tilayotgan lahimning yuzasi va shakl o‘zgarishi zaruriyati bo‘lgan hollarda hamda foydali qazilma va nokerak tog‘ jinslarini ajratib qazib olishda ishlatiladi.


Ishchi organi uzluksiz ishlovchi burg‘ulash jarayonli lahim o‘tish kombaynlari aylana yoki arka shaklli o‘zgarmas kesim yuzali lahimlarni o‘tishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan lahim o‘tuvchi kombaynlar ishchi organlari koronkali, diskli yoki kombinatsiyalashgan bo‘lishi mumkin.


Strela shaklli ishchi organlar: konussimon (a) va sferik (b) koronkali; (v)-
zaboyni ishlash sxemalari
Konussimon koronkalar (2-rasm) PK3R, 1GPKS, 4PP2M, 4PP5 kabi strela shaklli ishchi organiga ega bo‘lgan tanlash ish jarayonli lahim o‘tish kombaynlarida qo‘llaniladi.
Gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakatlanuvchi rukoyat (strela) da o‘rnatilgan turli tarafga aylanuvchi yarim sharlardan iborat sferik shaklli koronkalar (2-rasm, b) Vengriyada ishlab chiqarilgan «F» rusumli lahim o‘tish kombaynlarida qo‘llaniladi. Bunday ishchi organli kombaynlar yordamida to‘rtburchak, (2-rasm, v, 1-sxema), trapesiya (2-rasm, v, 2-sxema) va arka (2-rasm, v, 3-sxema) shaklli lahimlarni o‘tishi mumkin.
Burg‘ulash jarayonli lahim o‘tish kombaynlarida rotorli va planetar konstruksiyali ishchi organlar qo‘llanilgan.
Burg‘ulash jarayonli KRT va «Soyuz 19» rusumli zamonaviy lahim o‘tish kombaynlari bitta planshayba 1 dan tashkil topgan bir o‘qli rotorli ishchi organiga ega (3-rasm). Bu kombaynlarning ishchi organi 60-100 MPa qattiqlikdagi tog‘ jinslarida ishlovchi diskali sharoshka bilan jixozlangan.


. Burg‘ulash jarayonli ish bajaruvchi organlar: KRT (a) bir o‘qli kombayn rotorli



Download 43.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling