Lahim o’tuvchi kombaynlar ishchi organlari reja


Lahim o‘tuvchi kombaynlar ishchi organlariga tushadigan yuklamani hisoblash


Download 43.54 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi43.54 Kb.
#1567821
1   2   3
Bog'liq
LAHIM O’TUVCHI KOMBAYNLAR ISHCHI ORGANLARI

Lahim o‘tuvchi kombaynlar ishchi organlariga tushadigan yuklamani hisoblash.


Ishchi organi strela shaklli tanlash ish jarayoniga ega bo‘lgan lahim o‘tuvchi kombaynlarning turlari ikki xil: GPKS va 4PP kombaynlari bazalarida ishlab chiqarilgan.
Hozirgi vaqtda ishchi organi strela shaklli tanlash ish jarayoniga ega bo‘lgan lahim o‘tuvchi kombaynlar (4-rasm) samarali ishlatilmoqda. Kombaynning ishchi organi 1 konussimon koronka (yoki sferik yarim shar), strela va yuritmadan iborat. Ishchi organ qo‘zg‘aluvchan sharnir orqali ramaga biriktirilgan. Ishchi organning gorizontal va vertikal harakatlarini 4 ta gidrosilindr (2 ta gorizontal va 2 ta vertikal) lar boshqaradilar. Kombayn gusenitsali 3 harakatlanish organiga ega bo‘lib, har bir gusenitsa alohida yuritmaga eshadir. Yuklash organi 4 ikkita qamrovchi panjalar bilan jixozlangan. Panjalar yordamida qamrab olinayotgan tog‘ jinsi mashina markazida joylashgan kurakli konveyer 5 yordamida lentali qayta yuklagich 6 ga uzatiladi. Lentali qayta yuklagich transport vositasiga yuklab beradi.
GPKS turkumidagi kombaynlari ko‘mir va aralash zaboylardan lahim o‘tishga mo‘ljallangan, ishlatilish ko‘lami: tog‘ jinsining qattiqligi f=4-5, lahimning kesim yuzasi 4,7-15 m3, qatlamning yotish burchagi 20-250. Bu kombaynlarning GPKSP – lentali qayta yuklagichga ega relsli transport bilan birga ishlatiluvchi (s peregrujatelem); GPKSV – vosstayuщiylar o‘tishga mo‘ljallangan; GPKSN – 250 gacha qiya lahimlarni o‘tiuvchi (naklonnыx); GPKSG – o‘tuvchi-qazuvchi (suv bilan aralashtirib qazish), qayta yuklash organi bo‘lmaydi; GPKS – gusenitsalari kengaytirilgan yumshoq zaminli lahimlarni o‘tuvchi.


1GPKS lahim o‘tuvchi kombayni


4PP-2 kombayni bazasida ishlab chiqarilgan lahim o‘tuvchi kombaynlar ko‘mir va aralash zaboylardan o‘tadi. Ishlatilish ko‘lami; tog‘ jinsining qattiqligi f 6, lahimning kesim yuzasi 9-25 m3, qatlamning yotish burchagi ±250. Bu kombaynlarning bazasida 4PP-2V (vosstayuщiy o‘tish uchun), 4PP-2N (-250 gacha yuqoridan nishablikka o‘tuvchi), 4PP-2Щ (krovlyadan bexosdan ko‘mir tushib ketish xavfi bor shaxtalarda ishlovchi), 4PP-2S (kaliyli shaxtalarda ishlovchi), 4PP-4 (f=6-8 qattiqlikdagi tog‘ jinslaridan o‘tuvchi), 4PP-2U (faqat ko‘mirdan o‘tuvchi).
Ishchi organi strela shaklli tanlash ish jarayoniga ega bo‘lgan lahim o‘tuvchi kombaynlarning o‘rnatilgan quvvatlari 75-350 kVt, massalari 19-70 t ni tashkil etadi.
Strela shaklli ishchi organ bilan zaboyni ishlash aniq kon-geologik sharoitga moslab olib boriladi (3-rasm). Ishlash sxemasini tog‘ jinsining fizik-mexaniq xususiyatlaridan kelib chiqib oldindan yoki ish jarayonida mashinist malakasidan kelib chiqib tanlanadi.

Download 43.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling