Lalarning musiqiy ta’limi fanidan oraliq nazorat ishi


Download 57.29 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi57.29 Kb.
#109383
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

SIRTQI BO‘LIMI

MAKTABGACHA TA’LIM yo‘nalishi


II BOSQICH 181 - GURUH TALABASI

Otayev Irodaning

" bоlalarning musiqiy ta’limi "

fanidan
ORALIQ NAZORAT ISHI

4-semestr

II – variant

1. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining rivojlanish tizimi

2. Jismoniy tayyorgarlik

3. Jismoniy tarbiyalash
1. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining rivojlanish tizimi

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini har tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib, voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari bo‘lajak yosh avlodni turli nazariy bilimlarni, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixiy qonuniyatlari, metodlari, vositalarini o‘rgatish hamda jismoniy tarbiyaning xususiyatlari haqida atroflicha va chuqur bilimlar berish bilan birga ularni kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy a hamiyat kasb etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda. Jismoniy tarbiya ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, shuningdek, ijtimoiy madaniyat darajasi jismoniy tarbiyaning maqsadiga umumiy yo‘nalish beradi. L.Tolstoyning mashhur so‘zi bilan aytganda: “Ma’nan sog‘lom bo‘lish uchun jisman bardam bo‘lmoq kerak”. Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat a hamiyatiga molik masala hisoblanib, u ko‘p millatli vatanimizda tug‘ilib o‘sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday ezgu maqsaddir. Farzandlarimizda dastlabki jismoniy madaniyat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, ularda





jismoniy sifatlar shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganish mazkur o‘quv predmetining maqsadini tashkil yetadi. O‘quv predmetining o‘ziga xos xususiyati bolaning tug‘ilganidan boshlab 7 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanishi va jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Barcha fanlarning mazmunini o‘rganish, aniqlash, tahlil qilish, ma’lum xulosalar chiqarish maqsadida uning mohiyatini belgilovchi asosiy tushunchalarga tayaniladi. Jismoniy tarbiya nazariyasida quyidagi asosiy tushunchalar farqlanadi: jismoniy rivojlanish, jismoniy takomillashuv, jismoniy madaniyat, jismoniy ta’lim va tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy mashqlar, harakat faolligi, harakat faoliyati, sport, jismoniy holat, jismoniy rekreatsiya(tiklanish), jismoniy reabilitatsiya. Bu tushunchalar mazmunini tushunish talabalarga ongli va ijodiy ravishda pedagogikaga oid manbalarni o‘rganish, amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada bajarish imkonini beradi. Quyida biz mazkur tushunchalarning har birini izohlashga harakat qilamiz: Jismoniy rivojlanish - bola organizmining individual hayoti davomida morfofunksional xususiyatlari va ularga asoslangan holda ruhiy-jismoniy sifatlarining shakllanishi hamda o‘zgarib borish jarayonidir.

Tor ma’noda “jismoniy rivojlanish” organizmning antropometrik hamda biometrik o‘lchovlar orqali aniqlanadigan (o‘sish, vazn ko‘rsatkichlari, ko‘krak qafasi hajmi, qomat holati, umurtqa pog‘onasi egiluvchanligi, tovon o‘lc hami, dinamometriya va hk.) morfofunksional xususiyatlar jamlanmasini anglatadi. Keng ma’noda esa ruhiy- jismoniy xususiyatlar (tezlik, kuch, egiluvchanlik, epchillik, chaqqonlik chidamlilik)ning rivojlanishini anglatadi.

Jismoniy barkamollik (kamolot) jismoniy rivojlanganlikning o‘lchov ko‘rsatkichi. U hayot faoliyatining mehnat hamda turmush tarzi talabalariga to‘liq javob beradigan: mukammal jismoniy tayyorgarlik hamda o‘zaro uyg‘un holatdagi ruhiy-jismoniy rivojlanishni nazarda tutadi. Jismoniy barkamollik organizmning biologik ishonchliligi, yuqori tarzdagi individual jismoniy qobiliyat asosida yetuklik hamda mustahkam sog‘lik negizida uzoq umr ko‘rish holatlarida namoyon bo‘ladi. Farzandlarimizning jismoniy barkamolligi mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning asosiy negizini tashkil yetadigan har tomonlama yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash va voyaga yetkazish jarayonining asosiy bo‘g‘ini sifatida muhim a hamiyat kasb yetadi.

Jismoniy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining tarkibiy qismi, ijtimoiy faoliyatning bo‘g‘ini sifatida salomatlikni mustahkamlash hamda inson jismoniy qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan, moddiy hamda ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan, insonning jamiyatda faol faoliyat olib borishi, sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lishi, jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur bo‘ladigan madaniyat ko‘rinishi hisoblanadi. Istalgan madaniyatning o‘ziga xos xususiyati uning ijodiy asosga qurilganligidadir. Ishonch bilan aytish mumkinki, jismoniy madaniyat deganda jismoniy mashqlar orqali inson tabiatini o‘zgartirish, takomillashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat tushuniladi. Jismoniy madaniyat inson tanasini ”madaniyatlashtirish”ga qaratilganligi bilan

diqqatga sazovordir. Shu sababli, tana “madaniyati”ni shakllantirish bilan birga bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish muhim hisoblanadi. Insonning u yoki bu kasalligi-psixikasi va tanasidagi rivojlanishning oqsashi uchun to‘lovdir. Bola tug‘ilishidan boshlab uning sotsiumda rivojlanish erkinligi chegaralangan bo‘ladi. Faoliyat erkinligining chegaralanishi turli kasalliklarga olib keladi. Salomatlikka erishish uchun bolani uni o‘rab turgan atrof- muhitga moslashtirish hamda uyg‘unlikda yashashga yordam berish kerak.Jismoniy madaniyat juda keng tushuncha bo‘lib, jismoniy tarbiya bilan c hambarchas bog‘langandir.

Jismoniy tarbiya jismoniy barkamolikka erishish maqsadida harakat ko‘nikmalari hamda ruhiy-jismoniy xususiyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatdir. Jismoniy tarbiya bolaning jismoniy madaniyatini shakllantirishda asosiy a hamiyat kasb etishi bilan bir qatorda unga umuminsoniy hamda milliy madaniy qadriyatlarni berish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya insonni har tomonlama rivojiga munosib hissa qo‘shib, uning ruhiy, ma’naviy, axloqiy taraqqiyotiga asos bo‘ladi. Shuningdek, insonlar orasidagi o‘zaro ijtimoiy munosobatlar, do‘stlik, mehribonlik, insonparvarlik, oqibat, saxovat kabi xususiyatlarni mustahkamlaydi. Maqsadi har tomonlama yetuk, barkamol yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish.
2. Jismoniy tayyorgarlik

Ijtimoiy mehnat va sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha tadbirlar aholining sog‘lom turmush tarzini yaratish, ularning mehnat qobiliyatini oshirish hamda sog‘lom yashashga qaratilgan.

Inson salomatligi tufayli uzoq yillar sog‘lom bo‘lib, ish faoliyatini saqlab qola bilishi muhim. Shu sababdan, kishilarning sog‘lig‘ini mus- tahkamlash, mehnat qobiliyatlarini takomillashtirish va mehnat samarador- ligini oshirish yo‘lida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berilmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston- da jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (1999-yil 27-may) faqat sportnigina rivojlantirish, u bilan bog‘liq, bo‘lgan muammolarni (sport inshootlarini yaxshilash, kadrlar tayyorlash, xalqaro sport anjumanlarida ishtirok etib, g‘alaba- larga erishish va h.k.) hal qilish bilan chegaralanadi. Aholining salomat- ligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamol- ligini ta’minlash, mehnatkash ishchi-xizmatchi va ziyolilarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish ham muhimdir.

Mamlakatda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashti- rishning asosiy maqsadi insonlarning doimo sog‘lom bo‘lishi, bolalikdan jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga odatlantirish, yoshlarni sportga safar- bar etish, sportchilarning jahon sport maydonlarida ishtirok etishi hamda yu- tuqlarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston shuhratini jahonda yoyishiga qaratilgan. Ikkinchi tomondan esa, hozirgi davr texnika taraqqiyoti natijasida ko‘pchilikning o‘tirib ishlashi, ijod qilishi kam harakat qilishiga olib kel- moqda. Bu, o‘z navbatida, qon aylanish tizimining o‘ta susayishi, ya’ni gi-

podinamiya kasalligiga chalinishiga sabab bo‘lmoqda.

Uchinchidan esa, tamaki chekish, turli giyohlar va spirtli ichimliklarni “totib ko‘rish”, turli xil yuqumli kasalliklar (gripp turlari) hamda shunga o‘xshash turli salbiy holat orqali kasalga chalinish ko‘paymoqda.

To‘rtinchidan, maktabgacha tarbiya muassasalari, barcha turdagi o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslarining saviyasi pastligi, ommaviy sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya sport tadbirlariga yoshlarni omma- viy ravishda jalb etishining qoniqarsizligi, 60-70 foiz o‘quvchi - yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya dasturi talablari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari normativlarini o‘z vaqtida bajara olmasligi ma’lum bo‘lmoqda.

Yuqorida ta’kidlangan eng muhim muammolar negiziga jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish hamda jismoniy tayyorgarlik kabi ijtimoiy- tarbiyaviy jarayonlarning chuqur singib ketmaganligi namoyon bo‘lmoqda.

Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi shundan iboratki, bu har bir inson, ayniqsa aqliy va jismoniy soha ishchi - xizmatchilari va o‘quvchi

-yoshlarning har qanday mehnatga yaroqliligi (qobiliyati), jismonan baquvvat, chiniqqan, bo‘lishidagi faol harakatlardir. Bunday amaliy faoliyatlar faqat jismoniy mehnat va jismoniy mashqlarni bajarish yo‘li bilan vujudga keladi va mustahkamlanadi.

Xalq orasida «Sog‘liq pulga topilmaydi» degan gap bor. Bu haqiqat- dir. Kasallikka chalingan kishilar buni yaxshi idrok etishadi.

Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino sog‘liqni saqlash va uni mustahkam- lashda jismoniy mashqlarni (badan tarbiya) har qanday doridan ustun qo‘yadi.

Inson salomatligi haqida mulohaza yuritilsa, albatta uni doimo saq- lash, imkoniyat darajasida rivojlantirish lozim bo‘ladi. Bunda jismoniy tay- yorgarlik eng ustuvor tadbir bo‘lmog‘i zarur.

Jismoniy tayyorgarlikda shug‘ullanuvchilarning (tarbiyalanuvchi- lar) eng avvalo yoshi, jinsi va jismoniy holati (kasal yoki sog‘) e’tiborga olinadi. Shu asosda beriladigan (bajariladigan) mashqlarning turkumi, miqdori va bajarish usullari belgilanadi.

Ta’kidlanganidek, shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy holatlariga qarab o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning ko‘lami g‘oyat keng. Ularning har biri alohida mavzudir. Shu sababdan jismoniy tayyorgar- likning umumiy xususiyatlarigagina to‘xtalamiz.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda, har bir shug‘ullanuvchi- ning jismonan barkamolligi tushuniladi, ya’ni tez harakat qilish, turli xil mehnatlarni yengil bajara olish, yengil, chaqqon, kuchli va boshqa jis- moniy sifatlarga ega bo‘lishlik. Bunday fazilatlar va jismoniy sifatlarga ega bo‘lish uchun esa har doim jismoniy tarbiya va sport bilan shu- g‘ullanish lozim bo‘ladi. Bunda kundalik rejimga (ertalab, kechki bo‘sh payt, dam olish kuni va h.k.) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini kiritish shart.
Umumta’lim o‘rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kol- lejlari va oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya dasrlari umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini to‘la bera olmaydi. Chunki haftada 1-2 soatlik darslar mushak va bo‘g‘inlarga to‘la kuch berib, ularning hara- katchanligini butun hafta davomida saqlashini ta’minlay olmaydi. Jismo- niy tayyorgarlikka ega bo‘lish uchun esa har kuni ertalab va kechki payt

da jismoniy tarbiya va sportning u yoki bu turi bilan astoydil shug‘ul- lanish zarur. Buning o‘rnini sport to‘garaklari va sport musobaqalarigina bosishi mumkin. Ya’ni jismoniy tayyorgarlikning asosiy yo‘li har kungi jismoniy tarbiya yoki sport to‘garaklari mashg‘ulotlari (haftada 2-3 mar- ta) hisoblanadi.



Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida umumiy jismoniy tay- yorgarlikning asosiy manbalari sifatida gimnastika, yengil atletika, suv- da suzish, futbol, sport o‘yinlari, xalq milliy harakatli o‘yinlari, sayohat- lar (turizm) va boshqa vositalarni tan olinadi.

O‘quvchi-yoshlar va talabalar yuqorida bayon etilgan jismoniy tarbiya vositalarini (sport turlari) darslar, mashg‘ulotlar va musobaqalar orqali yaxshi tasavvur etishadi. Qolaversa, sport turlari bo‘yicha davlat tilida nashr etilayotgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ko‘paymoqda. Shu sababdan, ularning umumiy jismoniy tayyogralikni tarbiyalashdagi mo- hiyatlari haqida batafsil to‘xtalishga hojat yo‘q.

Xulosa qilib aytganda, umumiy jismoniy tayyorgarlikning belgisi va natijalari quyidagi yo‘nalishlarda ma’lum bo‘ladi, ya’ni:

  1. Jismoniy mehnat qilishda tezda toliqmaslik, charchamaslik.

  2. Ob-havoning issiq-sovug‘iga chiday olish.

  3. Turli xil kasalliklarga chalinmaslik.

  4. Jismoniy mashqlarni (qo‘lda tortilish, tirsaklarni yotgan holda bukib-yozish, tosh ko‘tarish, tez yugurish) erkin bajara olish.

  5. Futbol, basketbol, voleybol, tennis kabi sport o‘yinlarida ishtirok etish.

  6. O‘zi sevgan sport turi bilan doimiy shug‘ullanish.

  7. O‘rta va uzoq masofalarga yugurishda charchamaslik, chi- dash, suvda ko‘p suzish va h.k.

3. Jismoniy tarbiyalash

Kichik yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim bir bо‘limi sanalib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish, ularni har tomonlama jismoniy tar-biyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiyaning vazi-fasi, bola sog‘lig‘ini saqlash, jismoniy sifatlarini о‘stirish, yosh avlodni aqliy va jismoniy mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlashdir. Bu g‘oya azal-azaldan ota-bobolarimiz ma’naviyatida aks etib kelmoqsa. Jumla-dan, xalq ijodida «Alpomish», «Gо‘rо‘g‘li» kabi dostonlarda ham о‘z ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbekning (Alpomishning) jismoniy mashq qilish, tabiat qо‘ynida voyaga yetgani, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi.

«Alpinbiyning bobosidan qolgan о‘n tо‘rt botmon parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shu о‘n tо‘rt botmon yoyni qо‘lida kо‘tarib, uni tortib qо‘yib yubordi. Yoyning uchi yashinday bо‘lib ket-di. Askar tog‘ining katta chо‘qqisini yulib keldi. Ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiqlar yig‘ilib aytdi: Dunyoda bir kam tо‘qson alp edi, alplarning

boshlig‘i Rustam doston, oxiri bu Alpomish alp bо‘lsin». Yuqoridagi fikrlardan kо‘rinib turibdiki, shaxsning jismoniy kamoloti kishilar tarixiy ta-raqqiyotining barcha jabhalarida ulug‘langan va qadrlangan.

Jismoniy tarbiya tо‘g‘risidagi ta’limot pedagogi-kaning tarkibiy qismidir. Pedagogika fanining bu sohasiga taallukli ba’zi bir hodisalarni ta’riflashda «jismoniy madaniyat», «jismoniy rivojlanish» singa-ri asosiy tushunchalardan ham foydalaniladi.

«Jismoniy madaniyat» tushunchasiga xalq madaniya-tining bir kismi sifatida qaraladi. Jismoniy mada­niyat kishilik jamiyati tomonidan tо‘plangan moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi, undan kishilarning jismoniy kamoloti uchun foydalaniladi.

Jismoniy madaniyat tushunchasiga quyidagilar ki-radi:

— mehnat va turmushdagi ozodalik;

— kiyim, bino va xonalarning tozaligi;

— shaxsiy gigiyena va kun tartibiga odatlanish, kun davomida tо‘g‘ri faoliyat va dam olish, uyqu, ovqatlanish shunga о‘xshashlar;

— tabiiy sharoitda organizmni chiniqtirish: havo, Quyosh va suv yordamida;

— jismoniy mashqlar.

Jismoniy rivojlanish - odam organizmidagi shakl va vazifalarning о‘zgarishi, muskullarning or-tishi, bо‘yning о‘sishini ifodalaydigan biologik ja-rayondir.

Jismoniy rivojlanish hayot qonunlari muhit va organizmning birligi asosida amalga oshadi.

Jismoniy tarbiya — kishi organizmini morfolo-gik va funksional takomillashishi, uning jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, harakat malakalari va kо‘nikmalarini shakllantirish hamda ular bilan bog‘liq bо‘lgan bilimlarni hosil qilish va mustahkamlashga yо‘naltirilgan pedagogik jarayondir.

Jismoniy tarbiya bola organizmining funksional imkoniyatlarini oshirib, uning aqliy faoliyatini mu-vaffaqiyat bilan bajarishga kо‘maklashadi, qо‘l panja-larining harakatlanishi, nutkni harakatga keltiruvchi markazning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.

Kun tartibidagi gigiyenik va chiniqtiruvchi muola-jalarni bajarish orqali bolaning bilim doirasi ken-gayadi, aqliy faolligi ortadi, u jasurlik, halollik, batartiblik, qat’iylik, mustaqillik va shunga о‘xshash ijobiy xulq meyorlari va qoidalarini ham egallab oladi. Jismoniy tarbiya mashqlari aksariyat hollarda butun guruh bilan bajariladi. Jismoniy tarbiyaga oid mashg‘ulotlarda, harakatli о‘yinlarda bolalarda jamoat-chilik, uyushqoqlik intizomlilik kabi xislatlar shakl-lanadi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiya bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Jismoniy mashqlar orqali bola-lar yengil, chiroyli, ifodali harakat qilishga о‘rganadilar, bu sо‘zsiz, bolalarda estetik hisni tar-, biyalaydi.

Bolaning sog‘lom va jismonan baquvvat va chidamli bо‘lishi uning*ish qobiliyatini о‘stiradi.

Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari jami-yat ehtiyojlari bilan belgilanadi. Bu ehtiyoj ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqadi. Bu maqsad о‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni, intellektual salohiyatni, jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan, har tomonlama yetuk rivojlangan shaxsnishakllantirishdan iborat.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda, ularning yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Jadal о‘sish va rivojlanish maktabga­cha yoshdagi bola organizmining о‘ziga xos xususiyatidir. Ammo sistema va vazifalarning shakllanishi hali tu-gallanmagan bо‘ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bо‘ladi. Demak, bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi vazifalar birinchi da-rajali hisoblanadi.

Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar: bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmining shakl va funksiyalarini uyg‘un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr kо‘rishini ta’minlash.

Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bo-lalarga xos bо‘lgan о‘ta qabul qiluvchanlikni, sharoit-ning о‘zgarishiga yengil moslanish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyati-ni yaratadi, chunonchi, kerakli kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik kuchli-lik, muvozanat, kо‘z bilan chamalash kо‘nikmalar)ni tar­biyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni о‘zlashtirish. Boladagi harakat kо‘nikmalari: yurish, yugurish, velosiped uchish va h.k. nisbatan yengil shakl-lanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini oson-lashtiradi.

Tarbiyaviy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy muhitga sport mashg‘ulotlarga muhabbat, ular­ning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqtarni bajarishda xarakter xususiyatlari (uyushqoqlik, kam-tarlik, kо‘ngilchanlik va h.k.) va akliy vaziyatlar (halollik, haqqoniylik, о‘rtoklik hissi, о‘zaro yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, fizkultura asboblari-ni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan baja-rishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilat-lar (botirlik, qat’iylik, о‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, dadillik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.

Bizning jamiyatimizda jismoniy tarbiya davlat-ning ona va bola tо‘g‘risidagi g‘amxо‘rligiga, mehnat-kashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib bo-rishi, moddiy farovonligining о‘sishiga asoslanadi.



Gigiyenik sharoitlar. Bolalarning jismoniy tо‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik sharoit (bino, maydoncha,

jihozlar, kiyim-bosh, poyabzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojtantirish va orga-nizmni chiniqtirishni о‘z ichiga oladi) albatga, baja-rish zarur. Shu bilan birga tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash ishlarini olib borish talab etiladi.

Bog‘chada har bir guruhlar uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havodan nafas olishi imkonini beradigan da-rajada katta, yorug‘, quruq va issiq, derazalari janubi -sharqqa qaragan bо‘lishi kerak.

Guruh xonasining balandligi 3—3,5 m bо‘lib, har bir bolaga bino sathidan 0,5 m2 joy, taxminan 3 m3 havo tо‘gri kelishi xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bо‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bо‘lishi kerak. Guruxda tartib bо‘lishiga rioya qilish kerak. Xona yorug‘ligini tо‘sadigan og‘ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq mebel, umuman, ortiqcha narsalar bо‘lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta’lim-tarbiya talab iga, bola­larning bо‘ylariga va gavda tuzilishiga moye bо‘lishi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qо‘yilgan maxsus meyorga javob beri sh i lozim.

Bolalarning stol, stullari ancha mustahkam va yen-gil, tuzilishi sodda hamda oson yuviladigan bо‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap tomondan tushadigan qilib, joylashtirilishi lozim. Yumshoq va kо‘rgazmali qurollar' ham gigiyenik talablarga javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda tashqi kо‘rinishi silliq bо‘lishi kerak. Tarbiyachi о‘z guruhining gigiyenik sha-roiti uchun javobgardir. Xonani bolalar sayrga, mu-siqa mashg‘ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, dereza va zal fortochkalari esa yil fayellaridan qati nazar, doimo ochiq bо‘lishi kerak.

Bog‘cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun ajra-tilgan alohida maydoncha bо‘lishi kerak. Maydonchada bolalarni harakatlanish uchun joy (tekis maydoncha)

qum, suv, qurilish meteriallari, aynan о‘ynaladigan о‘yinlar uchun joy, ijodiy о‘yinlar va turli о‘yinchoklar bilan о‘ynaladigan о‘yinlar uchun joy ajra­tiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar, tirmashib chiqish uchun devorchalar (uch, tо‘rt va olti burchakli), muvozanat saqlash uchun xoda, tepalikka sakrash, uloqtirish mashkdari uchun jihozlar bо‘lishi kerak.

Yomg‘ir va quyoshdan saqlash uchun yopiq oynalar bо‘ladi. Maydoncha har doim ozoda, tartibli bо‘lishi za­rur. Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushlik, kech-ki ovqat) osoyishta utishi kerak. Oqilona tashkil etilgan ovqatlanish bolalarning о‘sib borayotgan orga­nizmi uchun ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, u barcha tо‘qimalarning meyorli о‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.

Ovqatlanishda meyordan har qanday chetga chiqish bo­lalar organizmi, hayotiy faoliyatiga tezda ta’sir qiladi va bola qanchalik kichik bо‘lsa, u eng kichik bu-zilishga ham shunchatik kuchli ta’sir kо‘rsatadi.

Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyishga о‘rgatish ularga ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabat uyg‘otishga yordam beradi. 2 yoshdan boshlab qoshiqdan foydalanishga о‘rgatish, 4 yoshdan sanchiqdan, 5 yoshdan pichoqdan foydalanish ma-lakalarini tarbiyalab borish zarur.

Ovqatlanish vaqtida bolalarga tarbiya berish, ular-ni koyish yaramaydi. Bu holat bolalarning asabini bu-zadi, ishtahasini bо‘g‘adi. Bir bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalar diqqatini tortmasligi lozim.



Uyqu. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy to­mondan tarbiyalashdagi muhim vazifa asab sistemasi gi-giyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta aha­miyatga ega. Uyqu miya katta yarim sharlarining meyorli ishlashi uchun zarur bо‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi.

Yaxshi va uzoq davom etgan uyqu asab sistemasi to-liqishining oldini oluvchi asosiy vositadir.

Bolalarni yaxshi uxlatish uchun ularga kuchli qо‘zg‘atadigan aqliy va jismoniy ish qildirmaslik, uyqudan oldin salbiy hislarni uyg‘otmaslik lozim, bunday muomala natijasida bolaning miya yarim sharla-rida yuqori qо‘zg‘alish о‘chog‘i hosil bо‘ladi.

Sayr. Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bо‘lishi ularning sog‘ligi va jismoniy rivojlanishiga har tomonlama ijobiy ta’sir etadi. Bolaning ochiq havoda bо‘lishi natijasida qon aylanishi yaxshilanadi. Haroratning о‘zgarib turishi havoning namligi shamol ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi. Organizmning faolligi yanada ortadi, harakatlar, jis­moniy sifatlar takomillashadi.

Chiniqtirish. Bola organizmini chiniqtirish degan-da, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilyk kо‘rsatish, hayotiy sharoitlarning о‘zgarishiga tez mos-lashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tad-birlar tizimi tushuniladi.

Chiniqtirishning asosiy tamoyillari sistemali-lik, doimiylik va*shaxsning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishdir. Chiniqtirishning asosiy vositalari tabiat in’omlari: havo, suv va Quyosh vannasidir.

Kun tartibi va uni о‘tkazish metodikasi. Kun tarti-bi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan muvofiq taqsimlanishidir.

Kun tartibini tashkil etuvchi barcha qismlarni (ovqatlanish, uyqu, о‘yin, mashg‘ulot, sayr) bir meyorda takrorlash natijasida bolalarda faoliyatning bir tu-ridan ikkinchi turiga utishni yengillashtiruvchi mustahkam kо‘nikma hosil bо‘ladi.

Kun tartibiga qо‘yilgan asosiy talablar. Kun tar­tibini tashkil etish gigiyenik omil, ya’ni bolalar sog‘lig‘ini saqlash, о‘zini yaxshi his etishi ham sanita­riya-gigiyena talablariga rioya qilish kabi vazifalar bilan cheklanadi.

Kun tartibini tuzishda yil fasllari ham e’tiborga



olinadi. Kun tartibiga qо‘yiladigan yana bir talab bo­lalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishdir.

Shunday qilib, jismoniy tarbiya muammosini hal etishda, avvalo, sanitariya - gigiyena omillariga, tabi-atning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari Quyosh, havo va suv, gimnastika, о‘yin kabi vositalarga katta ahamiyat berish kо‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim omili hisoblanadi.
Download 57.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling