Lalmikorlikda ozuqa yetishtirishning resurstejamkor texnologiyari


Download 16.29 Kb.
bet1/3
Sana05.02.2023
Hajmi16.29 Kb.
#1168251
  1   2   3
Bog'liq
1-амалий машгулот



LALMIKORLIKDA OZUQA YETISHTIRISHNING RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYARI
FANIDAN AMALIY MASHG’ULOT TARQATMA MATERIALI


Tomchilatib sug‘orish usullari va turlari

Tizim quyidagi asosiy tarkibiy elementlardan tashkil topgan: suv olish va tozalash inshootlari; nasos stansiyasi, o’g’itlarni aralashtirish qurilmasi, sug’orish tarmog’i, aloqa liniyalari, avtomatlashtirish tizimi, ihota daraxtlari, dala yo’llari va boshqalar. Sug’orish tarmog’i polietilen yoki asbes sementdan tayyorlangan suv uzatish magistral quvuri, taqsimlash quvurlari, polietilendan tayyorlangan egiluvchan sug’orish quvuri va tomchilatgichlardan iborat bo’ladi


Magistral quvur sug’orishga beriladigan suvni nvsos stansiyasidan taqsimlash quvirigacha yetkazib berish uchun xizmat qiladi. U zanglamaydigan turli xil materiallardan tayyorlanadi. Bosim rostlagichi tizimda bosim ortib ketiishi va gidravlik zarba yuzaga kelishini oldini olish uchun bosimni kamaytirish va bir xilda tutib turishga xizmat qiladi. Ular gidravlik ko’rinishda yoki prujina tipida bo’lishi mumkin.
Bosim rostlagichlar taqsimlash quvuridan oldin o’rnatiladi va ular avtomatik tarzda ishlaydi. Bosim manometr yordamida nazorat qilib turiladi.
Taqsimlash (tarqatuvchi) quvurlari suvni magistral quvurdan tomizgichli shlanglarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ular, odatda, poliilendan tayyorlanadi va ichki diametri (32 mm dan 75 mm. gacha) zarur miqdordagi suvni o’tkaza oladigan holda tanlanadi. Taqsimlash quvurlari 0,7–1 m chuqurlikka, sug’orish quvurlari esa yer usti yoki tuproq ostiga joylashtiriladi.
So’nggi vaqtlarda Leyflet (Layflat) tipidagi egiluvchan quvurlardan keng foydalanilmoqda. Ular issiq va sovuqqa chidamli, 5yildan ortiq xizmat qiladi va 4 atm bosimiga bardosh beradi.
Mazkur quvurlar mavsum boshda ekin dalasida yer ustiga yotqiziladi va mavsum tugallanishi bilan yig’ishtirib olinadi.
Magistral quvur zarur miqdordagi suvni o’tkaza olish va yuqori bosimda ishlash qobiliyatiga ega bo’ladi. Odatda, diametri 110 va 75 mm bo’lgan quvurlardan foydalaniladi. Quvurlar, aksariyat hollarda, tuproq ostiga (0,5 m. gacha chuqurlikda) yotqiziladi. «Venturi» tipidagi injektor o’g’it eritmasini sug’orish suviga bir tekisda qo’shilishini ta’minlaydi.

Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling