Laminar va turbulent oqimlar. Reynolds soni
Download 218.82 Kb.
|
Biofizika- oqimlar
LAMINAR VA TURBULENT OQIMLAR. REYNOLDS SONIBahromova AsilaGruppa: 113Suyuqliklarning yuqorida ko‘rib o‘tilgan oqimi qatlamli yoki laminarSuyuqliklarning yuqorida ko‘rib o‘tilgan oqimi qatlamli yoki laminaroqimdir. Qovushoq suyuqlikning oqish tezligi oshirilsa, truba ko‘ndalang kesimiyuzi bo‘yicha bosim turlicha bo‘lgani sababli uyurma hosil bo‘la boshlaydi, bundaoqim uyurmali yoki turbulent bo‘lib qoladi. Turbulent oqimda zarrachalar tezligiturli joyda turlicha bo‘lib, uzluksiz va xaotik o‘zgarib turadi, harakat esanostatsionar bo‘ladi.Suyuqliklarning truba bo‘ylab oqishi suyuqlikning xossalariga, uning oqishtezligiga, trubalarning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, Reynolds soni bilan aniqlanadi:Bu erda ρs-suyuqlikning zichligi; D-trubaning diametri. Agar Reynolds soni biror kritik qiymatdan katta bo‘lsa (Re>Rekr) unda suyuqlik harakati turbulent bo‘ladi. Masalan, silliq devorli silindrik trubalarda Rekr2300 Reynolds soni suyuqlikning qovushoqligiga va zichligiga bog‘liq bo‘lgani sababli ularning kinematik qovushoqlik deb ataladigan nisbatlarini kiritish qulaydir: v= /s Bu tushunchadan foydalangan holda Reyngolds sonini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:Bu tushunchadan foydalangan holda Reyngolds sonini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:Kinematik qovushoqlik birligi sekundiga kvadrat metr (m2/s) SGS sistemasida Stoks (St); ular orasidagi bog‘lanish:1St=10-4m2/s Suyuqlik yoki gazlar oquvchanligiga ichki ishqalanish kuchlarining ta’sirSuyuqlik yoki gazlar oquvchanligiga ichki ishqalanish kuchlarining ta’sirxarakterini kinematik qovushoqlik dinamik qovushoqlikka nisbatan to‘laroqhisobga oladi. Masalan, suvning qovushoqligi havonikidan taxminan 100 martakatta, lekin suvning kinematik qovushoqligi havonikidan 10 marta kichik, shusababli qovushoqlik havoning oqimiga suvga qaraganda ko‘proq ta’sir ko‘rsatarekan.(2.17) dan ko‘rinadiki, suyuqlik yoki gazning oquvchanligi ahamiyatga olarli(2.17) dan ko‘rinadiki, suyuqlik yoki gazning oquvchanligi ahamiyatga olarlidarajada trubalarning o‘lchamiga bog‘liq. Keng trubalarda uncha katta bo‘lmagantezliklarda ham turbulent oqim yuz berishi mumkin. Masalan, 160C haroratdadiametri 2mm bo‘lgan trubada suvning oqish tezligi 127sm/s.dan ortiqroqbo‘lganda,2 sm. Diametrli trubada esa tezlik taxminan 12 sm/s. Bo‘lgandayoqturbulent oqim vujudga keladi. Bunday o‘lchamli trubalarda qonning oqishi tezligi50sm/s. Bo‘lgandayoq turbulent oqim yuz berishi lozim edi, lekin amalda 2smdiametrli trubada turbulent oqim ancha kichik tezliklardayoq yuz beradi.Arteriyalarda qon oqishi normal holda laminar oqim bo‘lib, klapanlarArteriyalarda qon oqishi normal holda laminar oqim bo‘lib, klapanlaryaqinida esa biroz turbulent oqim vujudga keladi. Patologiyada qonningqovushoqligi normadan kichik bo‘lganda Reynolds soni kritik qiymatidan oshibketadi va harakat turbulent bo‘lib qoladi.Turbulent oqim suyuqlikning oqishida qo‘shimcha energiya sarf bo‘lishigaolib keladi, qonning bunday oqishida esa yurakning qo‘shimcha ish bajarishga olibkeladi. Qonning turbulent oqim paytida hosil bo‘lgan shovqin esa kasalliklarnidiagnostika qilish maqsadlarida ishlatilishi mumkin. Bunday shovqinlar yelkaarteriyalari qon bosimini o‘lchab ko‘rishda eshitiladi. Havoning burun bo‘shlig‘idanormadagi oqim laminar bo‘ladi. Lekin yallig’lanish yoki normadan qandaydirboshqa chetlanishlar yuz berganida havoning oqimi turbulent bo‘lib, nafas olishsistemasi muskullarining qo‘shimcha ish bajarishiga olib keladiReynolds soni o‘xshashlik kriteriyidir. Gidro va aerodinamik sistemalarning,Reynolds soni o‘xshashlik kriteriyidir. Gidro va aerodinamik sistemalarning,xususan, qon aylanish sistemalarini modellashtirishda Reynolds soni model uchunham asl nusxanikidek bo‘lishi shart, aks holda ular orasida moslik bo‘lmaydi. Busuyuqlik yoki gazlarning o‘zida harakat qilayotgan jism atrofini aylanib o‘tishinimodellashtirishga ham taalluqlidir. (2.17) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, modelo‘lchamlarining asl nusxa o‘lchamlariga nibatan kamaytirilishi, gaz yoki suyuqlikmodeli oqim tezligini oshirish yoki kinematik qovushoqligini kamaytirish bilankompensatsiyalanishi lozim.Foydalanilgan adabiyotlar:
Download 218.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling