Stabilizatorlar – jelatina ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab, ma’lum vaqtga qadar saqlanilishida, uning fizik-kimyoviy turg’unligini taminlaydi. Bu maqsadda: fizik-kimyoviy jihatdan dispers tizimlar (MS hosilalari, PVP, bentonitlar, tvin-80 va boshqalar, kimyoviy moddalar qaysiki, gidrolitik jarayonlarni to’xtatuvchi moddalar (kislotalar, ishqorlar, bufer tizimlar); shuningdek, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini to’xtatuvchi moddalar (natriy metabisulfit, tiomochevina, trilon B va boshqalar) ishlatiladi.
Konservantlar – (Ye200 - E299). Ma’lumki, jelatina massasi mikroorganizmlarning yashashi va ko’payishi uchun eng qo’lay muhitdir. Jelatinaning mikrobiologik turg’unligini ta’minlash maqsadida unga konservantlar qo’shiladi. Bu maqsadda asosan salitsil kislotasi (0,12% gacha) va kaliy (natriy) metabilulfit (0,2% gacha) aralashmasi, benzoy kislotasi va natriy benzoat (0,05 - 0,1%), metilparaben (napagin, 0,1 - 0,5%, CAS № 99-76-3, Ye218) va etilparaben (napazol, CAS № 12047-8, Ye214) hamda sorbin kislotasi ishlatilishi mumkin.
Тozalangan suv – (CAS № 7732-18-5, FM 42Uz-0511-2002).
Yordamchi xom ashyolar – jelatinaning hosil bo’lishi yoki boshqa maqsadlar uchun qo’shiladigan moddalar. Ayrim chetlanishlardan tashqari deyarli barcha jelatina kapsulalarining estetikligini ta’minlash maqsadida hamda har xil nomdagi dorilarni ishlab chiqarishda ularni rangi bo’yicha farqlashda rang beruvchi moddalar (Ye100-Ye199) qo’shiladi. Rang beruvchilar kapsulada 50 mkg dan oshmasligi talab etiladi. Bo’yovchi moddalar sifatida tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan: eozin, eritrozin, qizil 2S kislotasi, tropeolin 00, indigotin, indigo, bo’yalgan shakar (ruberozum, flavorozum, serulezum) va ularning turli nisbatdagi aralashmalari qo’shiladi. Asosan tabiiy mahsulotlar (karbin kislotasi, xlorofil (Ye140), β-karotin (Ye160a) va boshqalar), noorganik moddalar (temir oksidlari) va organik bo’yovchilardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |