Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Shamchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
Shamchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish
Shamchalarni quyidagi bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish mumkin: Liofilizatsiyalangan shamchalar. Bunday shamchalar katta tashqi yuzaga va yuqori g‘ovaklikka ega bo‘lganligi sababli to‘g‘ri ichak shilliq qavatidagi juda kam miqdordagi sekretsiya hisobiga ham oson parchalanadi va eriydi. Natijada shamcha tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda shuncha tez va ko‘p miqdorda qonga so‘riladi. Qolaversa, bunday shamchalar tayyorlashda dori va yordamchi moddalardan tayyorlangan suvli suspenziyalar va emulsiyalar qoliplarga quyilgandan so‘ng, chuqur muzlatish uchun qoldiriladi (liofilizatsiya). G‘ovak shamchalar. Shamchalar bilan to‘g‘i ichak shilliq qavatining muloqotini yaxshilash va buning natijasida shamcha tarkibidagi dori moddasini shamcha tarkibidan ajralib chiqishini osonlashtirish uchun g‘ovak shamchalar taklif qilindi, bunda 600 mm.s.u. teng bosim ostida suyultirilgan shamcha massasi qoliplarga quyiladi. Kovak yoki ichi bo‘sh shamchalar. Shamcha tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddani shamcha tarkibidan tezroq va to‘liqroq ajralib chiqishi uchun kovak yoki ichi bo‘sh shamchalarga dori moddasining eritmasi, suspenziyasi yoki emulsiyasini quyish orqali kovak yoki ichi bo‘sh shamchalarni olish mumkin. Ko‘p qavatli shamchalar. Bir qancha davlatlarda ikki yoki ko‘p qavatli shamchalar texnologiyasi bo‘yicha patentlar olingan bo‘lib, bu shamchalarning qobiqlari past suyuqlanish haroratiga ega bo‘lgan, o‘z tarkibida mahalliy ta’sir etish xossasiga ega bo‘lgan dori moddasini saqlagan (anestezin, belladonna ekstrakti) asoslardan tayyorlanadi. O‘zagiga esa organizmga rezorbtiv ta’sir ko‘rsatadigan dori moddasi kiritiladi. O‘zak sifatida yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘lgan asoslardan foydalaniladi. Plyonka bilan qoplangan shamchalar. Dori moddasini rektal yo‘l bilan organizmga kiritishda uni kerakli organ va to‘qimalarga etkazib berilishini ta’minlash va nazorat qilish uchun, shamchalarni yupqa plenka bilan qoplash mumkin bo‘ladi. Natijada faol komponent diffuziyasi birmuncha sekinlashsada, kerakli organ va to‘qimaga to‘laroq etib boradi. Shamchalarni kapsulaga o‘rash orqali ham xuddi shunday natijalarga erishish mumkin. Bo‘yalgan shamchalar. Har xil farmakologik guruhlarga mansub bo‘lgan dori moddalarini alohida-alohida ranglarga bo‘yash orqali ularni oksidlanishiga, shuningdek tarkibdagi komponentlarning strukturasini buzilishiga (destruksiya) sabab bo‘ladigan yorug‘lik nurlarining ma’lum bir spektrlaridan saqlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling