Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Jelatin glitserinli va sovun glitserinli asoslar
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovun glitserinli asoslar
- Polietilenoksidlar
Jelatin glitserinli va sovun glitserinli asoslar. Bu asoslar garchand DF tarkibiga kiritilgan bo‘lsada, ular shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarishda kamdan-kam holatlarda ishlatiladi.
Shamcha asoslari yetarli tuzilish-mexanik xossalariga ega bo‘lishi uchun ularning tarkibiga alyuminiy stearat, magniy stearat va boshqa yog‘ kislotalarining tuzlari, shuningdek tvinlar, T-2, 1-raqamli emulgatorlar, bentonit, glyukoza, kraxmal va aerosil qo‘shiladi. Bu turdagi asoslarni tayyorlash uchun 1 qism jelatin, 5 qism glitserin va 2 qism suvdan foydalaniladi. Sovun glitserinli asoslar – bu turdagi asoslar ko‘proq ichni yumshatish, bo‘shashtirish yoki surish uchun ishlatiladi. Uni tayyorlash uchun suv hammomida qizdirilgan holda 60 g glitserinda 2,6 g natriy gidrokarbonat kristallari eritiladi. So‘ng oz-ozdan 5 g stearin kislotasi qo‘shib aralashtiriladi. Karbonat angidrid gazini ajralib chiqishi hisobiga massadagi ko‘pik yo‘qoladi. Natriy gidrokarbonat va stearin kislotasi asosida olingan sovun glitserinli asos Avstriya va Polsha farmakopeyalariga kiritilgan bo‘lib, boshqa davlatlar farmakopeyalarida ham (AQSH, Vengriya va Gollandiya) tibbiyot sovuni va glitserin ishtirokidagi shu turdagi asoslar amaliyotga tatbiq qilingan. Polietilenoksidlar – ularning konsistensiyasi polimerizatsiya darajasiga bog‘liq. Korxona sharoitida shamchalar kerakli tuzilish va o‘lchamga ega bo‘lgan qoliplarga quyish va presslash usullari orqali tayyorlanadi (ko‘proq quyish usulida). Buning uchun quyish usulida shamcha tayyorlash uchun zarur bo‘lgan bino, asbob-uskuna va personallar sanitariya gigienik qoidalarga rioya qilingan holda tozalanadi va qayta ishlanadi. Asos 60-700C haroratda 40 daqiqa davomida reaktorda yaxshilab aralashtirilib, latun to‘r yoki beltingdan iborat druk filtr orqali filtrlanadi. So‘ng suyuqlanish harorati va to‘liq deformatsiya vaqti aniqlanib, siqilgan havo yordamida reaktorga o‘tkaziladi. Suvda eriydigan dori moddalaridan shamcha tayyorlashda dori moddasi suvli eritma ko‘rinishida, yog‘da eriydigan dori moddalaridan shamchalar tayyorlashda dori moddalarining yog‘dagi eritmalari, suvda ham yog‘da ham erimaydigan dori moddalaridan shamchalar tayyorlashda esa dori moddalari suspenziya ko‘rinishida asos tarkibiga kiritiladi. Bu suvli, yog‘li eritmalar yoki suspenziyalar shartli ravishda konsentratlar deb ataladi. Suvda eriydigan moddalardan shamchalar tayyorlashda 450C haroratgacha qizdirilgan suvda dori moddasi eritilsa, yog‘da eriydigan moddalardan shamchalar tayyorlashda esa suyuq holatgacha suyultirilgan yog‘larda dori moddalari eritiladi. Hosil bo‘lgan konsentratlar byaz filtri orqali filtrlanadi va asos bilan aralashtiriladi. Suvda ham, yog‘da ham erimaydigan dori moddalaridan shamchalar tayyorlashda oldindan maydalangan dori moddasi reaktorda 1:1 nisbatdagi, 40-500C haroratgacha qizdirilgan asos bilan yaxshilab aralashtiriladi va kolloid tegirmonda tuyuladi. Termolyabil moddalardan shamcha tayyorlashda esa uch juvali mazaterkadan foydalaniladi. Shuningdek, sifatli suspenziya olish uchun rotorli-pulsatsion apparat yoki tishli-rotatsion nasosdan foydalaniladi. Bu jarayon 2-4 soat davom etishi mumkin. Shakl berilgan shamchalar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha organoleptik tahlildan o‘tkazilib, boshqa ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi va 10-150C haroratda 2-3 soat davomida qo‘shimcha ravishda havo yordamida moylovchi va sovituvchi komponentlardan tozalanadi. Tayyor shamchalar yarim avtomat yordamida qadoqlash va o‘rash uchun o‘tkaziladi. Shamchalar 5 donadan qadoqlanadi va 2 qadoq ya’ni 10 tadan qilib qutilarga joylashtiriladi. Qutining ichiga qo‘llashga doir ko‘rsatma solinadi, etiketkasida esa seriya nomeri va yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi. Tayyor mahsulot quruq va salqin joyda, yorug‘likdan himoya qilingan holda, 200C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling