Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon1


Download 18.04 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi18.04 Kb.
#1475283
Bog'liq
Lansetnik


Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon1
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Lansetniklar tropik va mo‘tadil iqlimli dengizlar, shu jumladan, Qora dengizda tarqalgan. Och pushti rangli shaffof, tanasining uzunligi 4–8 sm bo‘lib, ikki yoni yassi, oldingi va keyingi tomonlari biroz ingichkalashgan (57-rasm). Teri burmalari bilan qoplangan dum suzgichi esa qo‘sh tig‘li jarrohlik asbobi – lansetga o‘xshaydi. Lansetnik hayotining ko‘p qismini dengiz tubidagi qumga ko‘milgan holda o‘tkazadi. Qumdan faqat lansetnikning oldingi og‘iz tomoni chiqib turadi. Og‘iz teshigi 10–20 juft paypaslagich lar bilan o‘ralgan. Xordasi va muskullari. Lansetnik xordasi tanasining orqa tomoni bo‘ylab o‘tgan pishiq o‘qdan iborat. Xorda tig‘iz joylashgan maxsus hujayralardan iborat bo‘lib, ichki organlar uchun ta yanch

99 vazifasini o‘taydi; tanani egiluvchan qilib turadi. Lansetnik va unga o‘xshash tuban tuzilgan xordalilarning xordasi butun hayoti davomida saqla nib qoladi. Bosh miyasi va bosh skeleti bo‘lmaydi. Shuning uchun lansetniklar bosh skeletsiz xordalilar kenja tiðiga kiradi. Lansetnikning muskullari ikki yon tomonida tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan. Lansetnik juda oddiy harakatlanadi: tanasini u yoki bu yoniga egib suzib yuradi yoki qumni yorib ki rib oladi. Hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi maxsus chuqurcha – og‘iz oldi voronkasida joylashgan bo‘lib, paypaslagichlar bilan o‘ralgan. Paypaslagichlarning harakati tufayli suv og‘iz teshigiga haydaladi. Juda mayda plankton organizmlar suv oqimi bilan og‘iz orqali halqumga o‘tadi va uning devoriga ilakishib qoladi. Oziq luqmalari halqumdan ichakka tushib hazm bo‘ladi. Suv esa halqum devoridagi jabra teshiklari orqali chiqib ketadi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari dum suzgich ostida joylashgan orqa chiqarish teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish organlari. Lansetnik halqumi ikki yoni bo‘ylab juda ko‘p tirqishsimon jabra teshiklari joylashgan. Jabra teshiklarini tashqi tomondan qoplab turadigan teri burmalari jabraoldi bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Jabra teshiklari devori juda ko‘p mayda qon tomirlari – ka pillyarlar bilan qoplangan. Kapillyarlar devorida qon bilan suv o‘r tasida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Teri bur ma lari jabralarga qum kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qon aylanish sistemasi hamma xordalilarniki singari yopiq bo‘ladi. Lekin qon yagona qon aylanish sistemasi bo‘ylab harakatlanadi. Asosiy qon tomirlari qorin va orqa aortalardan iborat. Karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin qon aortasi orqali ol dinga, jabra kapillyarlariga oqadi. Jabralarda qon karbonat angidridni suvga berib, kislorod bilan to‘yinadi va orqa aortaga chiqadi. Bu tomirdan qon kichikroq tomirlar orqali tanaga tarqaladi. To‘qi malarda karbonat angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. Lansetnikning yuragi bo‘lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli tomirlarda qon oqib turadi. Ayirish organlari. Lansetnikning ayirish organlari halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan naychalardan iborat. Naychalar halqum bo‘ylab joylashgan jabraoldi bo‘shlig‘iga ochiladi. 28-§. Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon


100 Nerv sistemasi xorda ustida joylashgan, tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat. Nerv nayidan ichki organlar va tana sirtiga juda ko‘p nervlar tarqaladi. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Teri ostida nerv nayi bo‘ylab bir tekis joylashgan yorug‘lik sezuvchi hujayralar ko‘rish vazifasini bajaradi. Bu hujayralar faqat yorug‘likni sezadi. Bezovta bo‘lib qumdan chiqqan lansetnik yorug‘dan qochib, tezroq qumga ko‘milib oladi. Teri sirtida joylashgan nerv hujayralari kimyoviy va mexanik ta’sirlarni sezadi. Lansetnikning umurtqasiz hayvonlarga o‘xshashligi. Lansetnik ni rus olimi akademik A. O. Kovalevskiy kashf qilgan. Lansetnik tuzilishi ning ko‘p belgilari xordasining bo‘lishi, nerv sis te ma sining naysimon bo‘lib, tanasi orqa tomonida joy lashganligi bilan xordali hayvonlarga o‘xshaydi. Shuning bilan birga ayirish sistemasi va muskullarining tuzilishi, yuragi va bosh miya sining bo‘lmasligi bilan haqiqiy xordalilardan farq qiladi. Lan setnikning tuzilishini o‘rganish orqali hamma xordali hayvonlarning kelib chiqishini tushunib olish mumkin. Ko‘payishi. Lansetnik – ayrim jinsli hayvon. Jinsiy organlari jabra oldi bo‘shlig‘i yon tomonida juft-juft bo‘lib joylashgan. Yetilgan tuxumlari suvga tushib urug‘lanadi. Xordalilarning umumiy tavsifi. Xordalilarning tana bo‘ylab o‘tadigan o‘q skeleti – xordasi bo‘ladi. Xordalilarga 43 000 ga yaqin tur kiradi. Ular bosh skeletsizlar va bosh skeletlilar, ya’ni umurtqalilar kenja tiðlariga ajratiladi. Bosh skeletsizlarning bosh miyasi va bosh skeleti rivojlanmagan, skeleti xordadan ibo rat. Xorda hayoti davomida saqlanib qoladi. Bu kenja tiðga lansetniklar sinfi kiradi. Bosh skeletlilarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan, skeleti tog‘ay yoki suyakdan iborat; xorda faqat embrional rivojlanish davrida bo‘ladi. Ularga tog‘ayli va suyakli baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar kiradi.

1

Download 18.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling